Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

TO'QQIZINCHI BOB

111

Martin  Iden  oshiqlarga  xos  sabrsizlik  bi­

lan  dengiz  safaridan  Kaliforniyaga  shoshilardi. 

Bundan  sakkiz oy muqaddam u  bor-yo‘q pulini 

harjlab  bolib,  Sulaymon  orollarining  allaqaysi 

yeriga  ko‘milgan  xazinani  qidirgani  ketayotgan 

kemaga  yollangan  edi.  Uzoq  davom  etgan  be- 

huda qidiruvlardan keyin bu tashabbus muvaf- 

faqiyatsiz deb topildi,  Avstraliyada kema hay’ati 

bilan  hisob-kitob  qilindi,  Martin  esa  darhol 

San-Fransiskoga ketayotgan  kemaga  ishga yol- 

landi. Bu sakkiz oy mobaynida quruqlikda uzoq- 

roq yashash uchun yetarli pul ishlab olish bilan 

birga,  ayni vaqtda,  har bir bo'sh daqiqani g‘ani- 

mat bilib,  mashg4ilotlarini ham ancha-muncha 

ildamlatib qo^gan edi.

Uning  zehni  juda  o‘tkir  edi,  buning  ustiga, 

Martindagi tug'ma tirishqoqlik va Rufga bolgan 

muhabbat tuyg4isi unga madad berardi.  U Ruf- 

dan  olgan  grammatika  darsligini  bir  necha  bor 

sinchiklab  o‘qib  chiqib,  nihoyat,  uni  mukam- 

mal o‘zlashtirib oldi.  Endi u matroslar nutqidagi 

xatolarni  sezar,  ularning  talaffuzidagi  va  jum- 

la  tuzishidagi  xatolarini  o'zicha  tuzatardi.  Mar­

tin  quloqlari  so'zlarni  nihoyatda  sezgirlik  bilan 

eshitayotganini va o'zida grammatikaga qobiliyat 

vujudga  kelganini  mamnuniyat  bilan  his  qilar- 

di. Ba’zi paytlarda о‘zinin g og'zidan ham noto‘g‘ri 

iboralar  chiqib  ketardi,  lekin  shunga  qaramay, 

har  qanday  noto'g'ri  tuzilgan  jumla  misoli  to- 

vushlari bir-biriga moslashmagan musiqa singa- 

ri uning quloglga g'aliz bolib eshitilardi. Noto‘g‘ri




112

Jek  London

gapirishdan xalos bolish uchun, chamasi, fursat 

kerak bolsa kerak.

Grammatikani  o'zlashtirib  bolgach,  u  lug‘at- 

ga  o'tdi  va  har  kuni  yigirmatadan  yangi  so‘zni 

o'zlashtirishni odat qilib oldi. Bu mushkul vazifa 

edi.  U vaxtada yo shturval oldida turganda yod- 

lagan  so‘zlarini  takrorlar,  takrorlaganda  ham 

to‘g‘ri talaffuz etib takrorlardi.  U  Rufning jamiki 

nasihatlarini yodida saqladi, natijada oradan bir 

oz vaqt o'tgach,  inglizchani zobitlardan ham,  bu 

qaltis  ishga  mablag'  yaratgan  kayutadagi jentl- 

menlardan  ham  durustroq va yaxshiroq gapira- 

digan bolganini payqab, taajjub qila boshladi.

Ko‘zlari baliqniki singari ma’nosiz norvegiyalik 

kapitanda,  ittifoqo,  Shekspirning  asarlar  to‘pla- 

mi  topilib  qoldi,  kapitan  ularni  varaqlab  ham 

ko'rmagan  edi,  albatta;  Martin  kitob  egasining 

kirlarini yuvib berib turish evaziga bu qimmatba- 

ho  kitoblardan  foydalanishga ijozat  oldi.  Sheks- 

pir fojialarining o'ziga juda ma’qul bolgan ayrim 

joylarini  u  osongina yodlab  oldi va  ancha vaqt­

gacha  Shekspirga  shu  qadar  shaydo  bo lib yur- 

diki,  butun  olam  uning  ko‘ziga  Yelizaveta  teat- 

ridagi  obrazlar  va  manzaralarda  namoyon  bola 

boshladi,  fikr  va  mulohazalari  esa  o‘z-o‘zidan 

oq  she’r bilan  ifodalana boshladi.  Bu  hoi uning 

tinglash  qobiliyatini  kuchaytirish  uchun  foyda- 

li  mashg4ilot  boldi  va  Martinning  nutqini  kam 

uchraydigan eski iboralar bilan boyitgan bolishi- 

ga  qaramay,  unga  ingliz  tilining  ulugVorligini 

qadrlashga o'rgatdi.

Bu  sakkiz  oyni  Martin juda  samarali  o‘tkaz- 

di.  U  so‘z  boyligini  oshirdi,  aql-zakovati  yana





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish