Martin Iden
99
ketardi. Qiz ovozidagi musiqiylik, uning
dorligi - madaniyatli va oliyjanob kishilarga xos
bolgan bu sifat uni maftun qilardi. Martin uning
ovozini eshitarkan, beixtiyor yowoyi qabila ayol-
larining bo‘g‘iq ovozlarini, portdagi fohishalar-
ning shang'illab gapirishini, fabrikalarda ishlov-
chi, o‘z sinfiga man sub xotin-qizlaming yoqimsiz
ovozlarini esladi. Shu zahotiyoq uni xayol surib
ketib, tasawurida turli ayollarning qiyofalari
birin-ketin namoyon bolaverdi, Martin ularni
Ruf bilan taqqoslarkan, qizni qurshagan yorqin
shu la gardishi yana ham porloq nur socha bosh
ladi. Lekin u Rufning ovozigagina shaydo emas
edi, Ruf o‘zi o'qiyotgan kitobning tub mohiyatiga
chuqur tushunishini, shoirona fikr go‘zalligiga
o‘z munosabatini darhol bildirishini Martin zo‘r
mamnuniyat bilan e’tirof etardi. Qiz unga «Malika»
kitobidan ko‘p o'qirdi, bunday paytlarda Martin
ko'pincha uning ko'zlarida yosh pay do bolganini
ko‘rardi - qiz go‘zallikni shu qadar chuqur his
qilardi. Bunday paytlarda Martin o‘zida butun
olamni mushohada qila olish darajasiga ko‘taril-
gan ilohiy kuch borligini his qilardi; u qizga tikilib,
uning ovozini eshitarkan, go у о hayotning o‘zini
mushohada qilayotganday va uning eng maxfiy
sirlarini o'rganayotganday bolardi. So‘ng, hissi-
yotning shu cho'qqisiga chiqib olgach, muhabbat
shu ekanligini va uning jahonda eng buyuk nar
sa ekanligini tushuna boshlardi. Martinning bir
vaqtlar o‘z boshidan kechirgan quvonchli kunlari
- aysh-ishratlar, xotinlar navozishi, qimor oyin-
lari, jismoniy kurashga havas uning qalb ko'zi
oldidan birin-ketin o‘ta boshladi, lekin bularning
ohang-
100
Jek London
hammasi, hozir uni qamrab olgan hissiyotlar ol-
dida nihoyat darajada qabih va olchoq ko'rinardi.
Ruf yuz berayotgan hodisalaming mohiyati-
ga tushunmasdi. Ishq-muhabbat bobida hali
hech qanday tajribasi yo‘q edi. U faqat kitobdan
o'qigan narsalarnigina bilardi, kitoblarda bolsa
muallifning ijodiy xayoli har doim oddiy hayot
hodisalarini qanday bolsa shunday emas, bal-
ki go'zal qilib tasvirlardi; bu beo'xshov matros
qizning qalbiga uchqun tashlaganini, bu uch-
qun bir kun kelib, uni kuydirib yuboradigan
yorqin alangaga aylanishini xayoliga ham kel-
tirmasdi. Shu paytgacha bu alanga biron marta
ham uni kuydirgani yo‘q edi. Uning muhabbat
haqidagi tasawuri sof mujarrad holida, «mu-
habbat» so'zining o‘zi esa unga yulduzlaming
munis shulasini, dengiz sathining xiyolgina ji-
mirlab, mavjlanib turishini, mayin yoz tongidagi
sarin shabnamni eslatardi. Uning tasawurida
muhabbat - mehribonlikdan, gullarning muat-
tar hidi bilan tolgan, osoyishta va sokin xilvat
go‘shada sevikli yoriga xizmat qilishdan ibo-
rat edi. Muhabbat po ‘rtanalaridan, uning yor
qalbini kuydirib kul sahrosiga aylantiruvchi
dahshatli haroratidan qizning xabari yo‘q edi.
U dunyoda va o‘z vujudiga yashiringan qudrat-
li kuchlar haqida hech nima bilmas, hayotning
teran sirlari xom xayol pardasi ortida yashirinib
yotardi. Otasi bilan onasi o‘rtasidagi er-xotinlik
munosabatini u ishqiy qovushishning eng mu-
kammal namunasi deb bilardi, shuning uchun
ham, bir kun kelib, hech qanday hayajonsiz va
iztirobsiz, o‘z sevgan kishim bilan xuddi shun-
Do'stlaringiz bilan baham: |