Martin Iden
101
day osoyishta hayot kechira boshlayman,
o‘sha kunni xotirjamlik bilan kutib o'tirardi.
Shunday qilib, u Martin Idenga o‘zi uchun
yangi va g'ayrioddiy, ajib bir maxluq deb qarar
va Martin uning dilida uyg'otgan o'sha g‘ayrita-
biiy hislami shu yangilikdan, shu g'ayrioddiylik-
dan deb bilardi. Bu tabiiy hoi edi. Qiz hayvonot
bog'ida vahshiy hayvonlami yoki bo‘ron paytida
daraxtlarning egilishini ko'rganda, chaqmoq cha-
qinidan seskanib ketgan paytlarida ham, aynan
shunday narsani his qilardi. Bu singari tabiat
hodisalarida allaqanday samoviy qudrat mavjud
edi, shubhasiz, Martin ham shunday samoviy
qudratdan xoli emas edi. U qizga dengiz nafasini,
bepoyon yerlarning nash’asini olib keldi. Tropik
olkalar quyoshining shu Iasi uning yonoqlarida
aks etar, metin mushaklarida esa ibtidoiy ha
yot qudrati bor edi. Martinning a’zoyi badanini
yamoq va chandiqlar qoplagan edi; bularga u Ruf
tasawuridan chetda, qizga notanish yovuz kishi-
lar va yovuz hodisalar dunyosida yoliqqan edi. U
hali rom qilinmagan yowoyi odam edi, shuning
uchun ham Ruf yigitning unga itoat etishidan
pinhona mamnun edi. Xullas, qizning dilida bu
yowoyi odamni qolga o'rgatish istagi uyg'ondi.
Bu ongsiz istak edi, shuning uchun ham, Mar
tinni o'z otasi, ya’ni, Ruf kamolot namunasi deb
hisoblagan odam kabi bolishini istagani xayoli-
ga ham kelmasdi. Qiz qalbida Martin uyg‘otgan
jo‘shqin samoviy hissiyot muhabbat ekanligini,
ya’ni, bir-biriga talpingan erkak bilan ayol uchun
ikki dunyoni bir qadam qiluvchi, kuyikish davri-
da kiyiklami bir-birini oldirishga majbur etuvchi
102
Jek London
-
va borliq jonivorlarni bir-biri bilan qovushishga
undovchi qudratli kuch - muhabbat ekanligini
olamdan xabarsiz qiz tushuna olmasdi.
Martin har bir narsani juda tez o'zlashtirar-
di, bu hoi Rufni nihoyat darajada ajablantirar va
qiziqtirardi. Qiz Martinning bu qadar iste’dodli
ekanini xayoliga ham keltirmagan edi; bu iste’dod
bamisoli serhosil yerga ekilgan gul singari kun
sayin ko'proq ochila boshladi. U Martinga Brau-
ningni o‘qib berganida, yigit deyarli har misra-
ni, har qaysi mavhum jumlani hech kutilmagan
tarzda sharhlab berib, qizni taajjubga qo^yar-
di. Hayotni va odamlami yaxshi bilgani uchun
uning bergan izohlari ko'pincha qizning izohlari-
dan to‘g‘riroq chiqardi, holbuki, Ruf buni tu-
shunmasdi. Uning nazarida, Martin juda sayoz
muhokama qilayotganday tuyular, shunga qara-
may, yigitni fazoyi bepoyonga olib ketuvchi da-
dil fikrlari ba’zan qizni qiziqtirib qolardi, lekin
qizning o‘zi bunday paytlarda uning orqasidan
quvib yetisha olmas, faqat allaqanday nomalum
kuch bilan to'qnashib ketib, a’zoyi badanini tit-
roq bosardi. Ba’zida Ruf unga royal chalib be-
rardi, shunda kuy Martin vujudining shunday
teran yerlarigacha borib yetardiki, Ruf bu te-
ranlikni hech qachon olchab ololmasdi. G4mcha
quyosh shulasiga talpinib ochilganidek, Mar
tin ham musiqa sadolaridan tamomila ochilib
ketardi; u tez kunda matroscha raqs musiqalari-
ning do‘pir-do‘pir maqomlarini, quloqni kar qil-
gudek chinqiriq kuylarini unutib yubordi va Ruf
yaxshi ko‘radigan klassik kuylarni qadrlashga
o‘rgandi. Lekin, har holda, unda Vagnerga nis-
Do'stlaringiz bilan baham: |