Martin Iden
93
ko'rardim. Men har narsani ko‘
doimo yangi-yangi narsalami ko‘rsam deyman.
Lekin men aytmoqchi bolgan gaplar bular
emas. Eng muhimi bu yoqda: men siz yashab
turgan shu xonadon hayoti darajasiga ko^ari-
lishni istardim. Hayot - faqat mastlik, musht-
lashish, oglr mehnatdan iborat emas-ku, axir.
Endi shunday savol tuglladi: qanday erishish
mumkin bunga? Nimadan boshlash kerak? Ish-
dan qo'rqmayman, gapning ochiglni aytsam, ish-
da har qanday odamni yolda qoldirib ketaman.
Faqat boshlab yuborsam bolgani, keyin kecha-
si-yu kunduzi tinmay ishlayman. Bu haqda siz
bilan gaplashayotganim balki kulgili tuyulayot-
gandir. Bilaman, hadeb har xil savollar bilan
sizni bezor qilishim yaxshi emas, lekin sizdan
boshqa so‘raydigan odamim yo‘q, balki Artur-
dan so‘rasam bolarmidi? Ehtimol, uning o'ziga
murojaat qilishim kerakmidi-a? Agar men...
U birdan jim bolib qoldi. Chindanam, Artur-
dan so‘rashim kerakmidi, degan fikr va bu fikri
orqali o‘zini tentak qilib ko'rsatishi uni qo‘rqitib
yubordi. Ruf darrov javob bermadi. U Martin
ning g‘aliz jumlalari va sodda mulohazalarini
uning ko'zlaridan o'qigan ma’no bilan boglash
ustida bosh qotirayotgan edi. Bu qadar iqtidorli
kuch aks etgan ko‘zni Ruf hech qachon ko'rma-
gan. Uning qolidan hamma ish keladi, derdi
ko'zlari, lekin bu hoi so‘zga no'noqligiga aslo
yopishmasdi. Vaholanki, Rufning tafakkuri shu
qadar o‘tkir va murakkab ediki, u Martinning
nutqidagi tabiiylik va samimiylikni chinaka-
miga qadrlay olmadi. Shunga qaramay, Mar-
rishni yoqtiraman,
94
Jek London
tinning poyma-poy aytgan fikrlarida ham zo‘r
kuch mavjud edi. Rufning tasawurida Martin
oyoq-qoliga solingan kishanni parchalab tash-
lashga urinayotgan pahlavondek tuyuldi. Qiz
gapira boshlaganda, chehrasidan mehr nuri
yog‘ila boshladi.
- Sizga nima yetis hmayotganini o‘zingiz bilasiz,
- dedi u, - malumotingiz kam. Siz bir boshdan
boshlasangiz bolardi - awal maktabni bitirib,
so'ngra universitetda tahsil olishingiz kerak.
- Buning uchun pul kerak, - deb Martin uning
so'zini boldi.
- O, - deb yubordi qiz, - bu tomonini oyia-
mabman! Lekin qarindosh-uruglaringizdan bi-
rontasi sizga ko‘maklashib turolmaydimi?
Martin «yo‘q» deganday boshini chayqadi.
- Ota-onam olib ketgan. Ikkita opam bor:
bittasi uyli-joyli, ikkinchisi yaqinda turmushga
chiqsa kerak. Akalarim birtalay, men kenjasi-
man, lekin akalarim hech qachon hech kimga
yordamlashmagan. Ularning hammasi allaqa-
chon baxt axtarib, dunyoning turli tomoniga
tarqalib ketishgan. Katta akam Hindistonda oldi.
Ikkita akam hozir Janubiy Afrikada, uchinchisi
kit ovlovchi kemada ishlaydi, to‘rtinchisi sayyor
sirk bilan kezib yuradi, u akrobat. Mana, men
ham o'shalarning biriman. O'n bir yoshimdan -
onam olgandan beri o‘zim ishlab кип ко‘rib kel-
yapman. Shuning uchun ham hamma narsani
o‘zim, maktabsiz o‘rganishim kerak, faqat ni-
madan boshlashni bilsam bas.
- Birinchi galda, siz o‘z nutqingizga e’tibor ber-
sangiz yaxshi bolardi. Siz ba’zida bir oz noto‘g‘ri
Martin Iden
95
(«juda yomon» demoqchi edi-yu, lekin tilini tiydi)
gapirasiz.
Martinning peshanasi terlab ketdi.
- To‘g‘ri, ba’zida siz tushunmaydigan so‘zlami
ham aytib yuboraman. Lekin men xuddi o'sha
so‘zlami qanday talaffuz qilishni bilaman-da.
Miyamda kitobdan o‘qib bilgan ba’zi bir so‘zlar
ham bor, holbuki, u so'zlami qanday aytishni
bilmayman, shuning uchun ham ulami og'zimga
olmayman.
- Bu yerda gap faqat so‘zlar ustida emas, balki
butun nutqni ravon tuzishda. Sizga ochiglni ga-
piraveraymi? Mendan xafa bolmaysizmi?
- Yo‘q, aslo! - deb yubordi u, ichida qizning
xayrixohligidan mamnun bolib. - Boshlayve-
ring! Bu gaplami boshqa bironta odamdan
eshitganimdan ko'ra sizdan eshitganim yaxshi!
- Demak, bunday. Siz ko'pincha jumlani no-
to'g'ri tuzasiz. Adabiy tilda ishlatilmaydigan
iboralami qollaysiz. Sizning gaplaringizda tark
etishingiz lozim bolgan iboralami ko‘p eshitdim.
Lekin, yaxshisi, siz grammatikadan boshlaganin-
giz ma’qul. Hozir sizga darslik olib kelib beraman.
Ruf o'midan turganida, Martinning esiga xulq-
odob qoidalari haqidagi kitobda o'qigan bir qoida
yodiga tushdi-yu, o‘midan beso'naqay sapchib
turdi, lekin shu zahotiyoq, meni uyga ketmoqchi
deb о ‘ylamasmikin tag‘in, deb qo‘rqib ketdi.
Ruf grammatika darsligini olib keldi, kursini
uning kursisiga yaqin surib o^tirdi, shu zahoti
yoq Martin, unga ko'maklashishim kerak edi,
shekilli, deb o^ladi. Qiz kitobni ochdi va ikkovla-
rining boshlari bir-birlariga yaqinlashdi. Yaqin-
96
Jek London
lik Martinni shu qadar hayajonga solgan ediki,
qizning izohlariga tushunish mushkul edi. Lekin
Ruf fellarni turlash sirini tushuntira boshlagan-
da, u dunyodagi hamma narsani unutib yubordi.
U turlanish nimaligini hech qachon eshitmagan
edi, nutqning sehrli qoidalarini tushunish uchun
qo'yilgan bu birinchi qadam uni maftun etgan
edi. U boshini kitobga yana pastroq egdi, shu
choq birdan qizning sochlari uning yonoqlariga
tegib ketdi.
Martin Iden umrida faqat bir marta hushi-
ni yo'qotgan edi, lekin, hozir ikkinchi marta
hushimdan ketaman, deb o“yladi. Uning nafasi
qaytib ketdi, yuragi esa hozir kolcragini yorib,
otilib chiqib ketadigandek qattiq ura boshladi.
Ruf hech qachon bunchalik yaqin bolmagan edi
unga. Bir lahzaga ulami ajratib turgan jar usti-
ga ko'prik tashlandi. Lekin Martinda yomon his
uyg‘onmadi. Ruf unga nuzul qilgani yo‘q. Aksin-
cha, Martin bulutlar osha fazoga parvoz qilib,
Rufga yaqinlashdi. Uning muhabbati ilgarigidek,
hali ham ilohiy ehtirom bilan limmo-lim edi. U
qandaydir bir ibodatxonaning eng muqaddas
go‘shasiga kirib qolganday his qildi o‘zini va go У о
elektr tokidek ta’sir etayotgan bu soch tolalari-
dan chetlanish uchun ehtiyotlik bilan boshini
nari oldi. Lekin Ruf hech nimani sezmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |