Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

SAKKIZINCHI BOB

Oradan bir necha hafta o‘tdi,  Martin Iden esa 

hamon grammatikani o'rganar, xulq-odob qoida- 

lari  haqidagi  qollanmani  zo‘r  berib  o‘qir  edi;  u




Martin  Iden

97

e’tiborini o'ziga tortgan har bir kitobga jon-jahdi 

bilan tashlanardi.  U  awalgi ulfatlaridan butun- 

lay  uzoqlashdi.  «Nilufar»dagi  qizlar  unga  nima 

bolganini  tushunishmas  va  hadeb  Jimdan  uni 

surishtirishar,  yigitlarning  ko'pchiligi  esa  Ray- 

linikida  boladigan  olishuvga  Martin  qatnash- 

may  qo^ganidan  xursand  edilar.  Kutubxona 

xazinasida  u  yana  bir  qimmatli  narsa  topdi. 

Grammatika unga  til  asosini  ochgan  bolsa,  bu 

yangi  kitob  she’riyat  qonun-qoidalaridan  xabar 

berdi.  U  vaznlar,  shakllar,  she’riyat  qonunlari- 

ni  o'rganishga  kirishib,  o‘zini  shaydo  qilgan  bu 

nafosatning  qanday yuzaga  kelishini  tushundi. 

Eng yangi ilmiy asardan birida poeziya,  tasviriy 

san’at deb atalgan hamda bu nazariya adabiyot- 

ning engyaxshi namunalaridan keltirilgan misol- 

lar bilan  quwatlangan  edi.  Martin  bironta ham 

romanni  bunchalik  maroq  bilan  o‘qimagan  edi. 

Shuning uchun ham, ilm olish havasiga tushgan 

bu yigirma yoshli yigitning hali tesha tegmagan 

sof aqli, hamma narsani talabalarga xos bolma- 

gan idrok va g'ayrat bilan o'zlashtirardi.

Martin  o‘zining  o'tmish  muhitiga  uzoq  ellar, 

dengizlar,  kemalar,  matroslar va buzuq xotinlar 

muhitiga nazar tashlaganda, u muhit, nazarida, 

juda  kichik  bolib  tuyuldi;  lekin  shunga  qara- 

may, o‘sha muhit allaqaysi qirralari bilan Martin 

tomonidan endigina kashf etilgan yangi dunyoga 

tutashgan edi. Uning aqli har bir narsada beixti- 

yor mushtaraklik axtarardi; lekin bu ikki muhit- 

ning bir-biriga  bogliq  ekanligini  payqaganda,  u 

taajjubda qoldi. U kitoblardan o‘qib o'zlashtirgan 

oliyjanob fikr va tuyg^ular uni ma’naviy jihatdan




98

Jek  London

boyitar edi.  Ruf va uning oilasi mansub  bolgan 

kiborlar  davrasida  hamma erkak va ayollaming 

aynan  shunday  fikr  va  tuyg\i  bilan  yashashi- 

ga  endi  uning  imoni  komil  edi.  Shu  choqqacha 

u  qandaydir  iflos  botqoqda  yashadi,  endi  esa 

tozalanib,  oliy darajaga koliarilishni istardi.  Bo- 

lalik  va yoshlik  yillaridayoq  uni  allaqanday  no- 

aniq  bir tashvish  muttasil  ta’qib  etib  kelardi.  U 

allanarsalar ketidan  quvib yurar,  lekin to  Rufni 

uchratmagunicha  nimaning  ketidan  quvganini 

o‘zi  ham  tushunmagan  edi.  Endi  esa  uning  iz- 

tirobi  oshdi,  alami  zo'raydi,  u  go‘zallik,  aql  va 

muhabbat  shaydosi  bolganligini  endi  aniq  va 

puxta tushundi.

Shu  haftalar  ichida  Ruf  bilan  bir  necha 

dafa uchrashdi,  har bir uchrashuv unga ilhom 

baglshlardi.  Ruf uning tilini va talaffuzini tuza- 

tar, u bilan arifmetikadan mashg4ilot o‘tkazardi. 

Lekin ularning suhbati faqat dars mashg'ulotlari 

bilan  cheklanib  qolmasdi.  U  o‘z  hayotida juda 

ko‘p narsalarni ko'rgan, idroki yetuk edi, shunga 

ko‘ra,  kasrlar,  kub ildizlari,  grammatik tahlil va 

fel turlanishlari  bilan  kifoyalanmasdi.  Ularning 

suhbatlari  tamomila boshqa  mavzuga ko‘chadi- 

gan  damlar  ham  bolardi,  ular  Martin  endigi- 

na  o'qib  chiqqan  she’r  haqida,  hozir  Ruf o‘rga- 

nayotgan  shoir  haqida  suhbatlashishardi.  Qiz 

o'ziga yoqqan  misralarni  o‘qib  bergan  paytlarda 

esa  Martin  cheksiz  darajada  huzur  qilardi.  U 

hech qachon, dunyoda hech bir ayoldan bunday 

ovoz eshitmagan edi.  Qizning yolglz tovushining 

o'zidan Martinning muhabbati chamanday yash- 

nar, uning har bir so‘zidan a’zoyi badani jimirlab





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish