Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

89

qiziqtirgan-u,  u  Martinga nisbatan oddiy 

parvarlik munosabatida edi.

Qiz  o‘zining  yigitga  ishtiyoqmandligini  tu- 

shunmasdi,  ammo  yigitning  ahvoli  boshqacha 

edi.  Martin  Rufni  sevishini  bilardi;  nainki  se- 

vishini,  balki  yana  o‘z  hayotida  shu  paytgacha 

hech kimni va hech narsani Rufni qo'msagandek 

qo'msamagandi.  U  ilgari  ham  jamiki  go'zallik- 

larni  sevganidek,  she’riyatni  sevar  edi,  lekin 

Ruf bilan uchrashgandan so‘ng, ko‘z oldida ishq 

lirikasining  bepoyon  bo‘stonidagi  darvoza  lang 

ochildi.  Ruf  unga  Bulfinchdan  ham,  Geylidan 

ham ko‘proq narsa baxsh etdi. Bundan bir hafta 

burun,  chunonchi,  mana  bunday  misra  ustida 

bosh qotirib ham o'tirmasdi: «Muhabbat shaydo- 

si -  baxtiyor yigit bo'sa ola turib jon bergusidir», 

holbuki,  endi bu so‘zlar hech xayolidan ketmas- 

di.  Bu  so'zlardan  xuddi  eng  ulkan  kashfiyot- 

dan  zavqlanganday  zavqlanardi;  u  Rufga  tikilib 

o‘tirarkan,  uni  о‘pa  turib,  jon-jon  deb  olishga 

tayyorligi  haqida  oyiardi.  Shu  bilan  o‘zini  «mu­

habbat shaydosi» bolgan «baxtiyor }dgit» deb his 

qilardi  va  bundan  shunday  faxrlanardiki,  rit- 

sarlik  lavozimiga  muyassar  bolganda  ham,  bu 

qadar  faxrlanmagan  bolardi.  Mana,  nihoyat,  u 

hayotning  ma’nosiga  va  nima  uchun  yashayot- 

ganiga tushundi.

Martin  qizga tikilganda,  uning gaplarini  ting- 

laganda tetik mulohaza qila boshlardi. U qizning 

qolini  siqib  ko'rishganda  olgan  lazzatini  eslab, 

yana  shuni  his  qilishni  istardi.  Ahyon-ahyon- 

da  qizning  dudoqlariga  harislik  bilan,  hasrat 

bilan  tikilardi.  Vaholanki,  bu  hasratli  boqish-

mson



90

Jek  London

da  beadablik  va  tahqiromuz  hech  qanday  alo- 

mat  yo‘q  edi.  Qiz  so‘zlayotganda  dudoqlarining 

har bir harakatini kuzatish unga benihoya zo‘r 

lazzat  baxsh  etardi;  bu  hamma  ayol  va  erkak- 

lardagidek oddiy dudoqlar emas  edi.  Bu dudoq- 

lar  tan  va jondan yaratilmagan  edi.  Bu jismsiz 

malikaning  dudoqlari  edi  va  bu  dudoqlardan 

bo'sa olish istagi ham, boshqa ayollaming labla- 

rini ko‘rganda uyg'onadigan о‘pish istagiga aslo 

o'xshamasdi. U jon-jon deb lablarini bu samoviy 

dudoqlar bilan tutashtirardi-yu,  lekin bu narsa 

muqaddas sanamni o'pgan bilan barobar bolar- 

di-da. U o‘z qalbida sodir bolayotgan fikr va mu- 

lohazalami ajib bir tarzda qaytadan ко‘rib chiqi- 

shining boisiga hech tushuna olmayotgan edi va 

shunga ko‘ra, qizning jamoliga tikilgan choglda, 

muhabbatga tashna bolgan  har qanday erkak- 

ning ko‘zlari qanday yonsa, uning ham ko‘zlari- 

dan shunday o't chaqnayotganini tushunmasdi. 

U  o‘z  boqishlarining  naqadar  ehtirosli  va  mar- 

dona  ekanligini,  qizning  yuragiga  qanchalik 

kuchli g4ilg4ila solayotganini payqamasdi.  Ruf­

ning benuqson ma’sumaligi Martinning hislarini 

ma’naviy jihatdan  boyitar  va  ulami  sayyoralar 

maskani  bolmish  sovuq iffat  fazosiga yuksalti- 

rardi.  Martin  o‘z  ko‘zlari  nurining  g'ojdbona 

harorati  qizning vujudiga  singib,  u yerda javob 

o‘tini  alangalatayotganini  bilsa  edi,  qattiq  ta- 

ajjublangan  bolardi.  Yigitning  boqishidan  uya- 

lib, bezovta bolgan qiz suhbat paytida bir necha 

bor gapidan adashib ketdi va parishon fikrlami 

zo‘r-bazo‘r qayta yolga soldi.  Odatda, u juda ba- 

maylixotir  suhbat  qilardi,  endi  esa,  o'ziga nima





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish