Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin  Iden

91

bolganini tushunmay, bunaqa g'ayrioddiy ham- 

suhbat bilan hech qachon gaplashmaganimdan 

shunday bolayotgandir,  degan fikrga keldi.  Ruf 

tabiatan  juda  ta’sirchan  qiz,  shuning  uchun 

o‘zga muhit kishisi bolgan bu yigit uning yura- 

giga  g'ulg'ula  solayotgan  bo Isa,  buning  hech 

ajablanarli yeri yo‘q.

Ruf  unga  yordam  berish  yolini  o'ylardi  va 

shunga  ko‘ra,  suhbatni  shu  mavzu  ustiga 

ko'chirmoqchi  bolgan  edi,  Martin  undan  oldin- 

roq gap boshladi.

-  

Sizdan  maslahat  so'ramoqchi  edim,  -   deb 



gap boshladi u va qizning:  «Sizga qolimdan kel- 

gancha  yordam  berishga  tayyorman»,  deb  ayti- 

shi bilan, sevinganidan nafasi og'ziga tiqilayozdi.

-   Esingizdami,  men  o'tgan  gal  kitoblar  haqida, 

shuning singari,  boshqa har xil narsalar haqida 

gapirishni  bilmayman,  gaplarim  hech  bir-biriga 

qovushmaydi  deb  aytgan  edim.  Xullas,  o'shan- 

dan  beri juda  ko‘p  o'yladim.  Kutubxonaga  qat- 

nay boshladim,  u yerdan har xil kitoblar oldim, 

lekin  ulaming  hammasiga  ham  aqlim  yetayot- 

gani  yo‘q.  Balki  hamma  narsani  eng  boshidan 

boshlashim  kerakdir?  Hech  qachon,  ochig'i, 

dumstgina  o‘qigan  ham  emasman.  Men  bolalik 

choglmdan  ishlay  boshlaganman,  kutubxona­

ga  esa  endi  qatnayapman,  u  yerda  kitoblarni 

ko'zdan  kechirdim,  o'qib  ко‘rdim.  Qarasam,  il- 

gari hech keraksiz kitoblarni o‘qib yurgan ekan- 

man.  Bilasizmi,  bironta  fermada  yoki  bolmasa 

paroxod kubrigida, masalan, sizning uyingizdagi 

singari  kitoblar  topilmaydi.  U  yerda  kitobxon- 

lik  tamomila  boshqacha,  men  ham  xuddi  ana



92

Jek  London

:

o'shanaqa kitobxonlikka odatlanganman. Holbu­



ki, meni maqtanyapti demang,  men ulfatlarimga 

o'xshamayman.  Yo‘q,  men  o‘zimni  boshqa  mat- 

ros  va  kovboylardan  yuqori  qo‘ymoqchi  emas- 

man,  men  kovboy  ham  bolganman,  lekin  doi- 

mo  kitobga  ishqiboz  edim,  hamma vaqt  qolim- 

ga tushgan har qanday kitobni o‘qib  chiqardim, 

shuning uchun ham, nazarimda, mening miyam 

o'rtoqlarimning  miyasidan  boshqacha  ishlay- 

diganga o'xshardi.  Lekin gap  bunda ham  emas. 

Gap mana bu yoqda.  Men hech qachon sizlami- 

kiga  o'xshagan  uyda  bolgan  emasman.  O'tgan 

hafta  bu  yerga kelib  sizni,  onangizni,  akalarin- 

gizni, uyingizning shinamligini ко‘r dim, hamma- 

si ko‘nglimga o'tirishdi.  Men ilgari bunaqa hayot 

to‘g‘risida  faqat  kitoblarda  o'qiganman,  mana, 

kitoblarda  yolg‘on  yozilmagan  ekan.  Menga yo- 

qib qoldi. Endi shulan ing hammasiga muyassar 

bolishni  orzu  qildim,  hozir  ham  orzu  qilaman. 

Men  sizning uyingizdagi kabi sof havodan nafas 

olishni  istardim,  hamma  yoq  kitoblar,  suratlar 

va  har  turli  chiroyli  buyumlar  bilan  tolishini, 

odamlarning  sokin  va  ohista  gapirishini,  ozoda 

kijdnishini, niyatlari ham pok bolishini istardim. 

Men umrbod nafas  olib kelgan muhit havosidan 

oshxona hidi,  badbo“y spirt hidi anqiydi, haqorat 

va ijara haqi haqidagi mojarolar eshitilib turadi. 

0 ‘shanda,  siz  onangiz  oldiga  borib,  uni  o'pdin- 

giz,  bu  manzara  ko'zimga  shunaqangi  chiroyli 

ko'rindiki, nazarimda, dunyoda bundan go‘zalroq 

narsani  ko'rmagan  bolsam  kerak.  Ammo  men 

umrimda oz narsa ko'rmadim,  shuni aytib qo^a 

qolay:  men  doimo  boshqalarga nisbatan ko'proq





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish