Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

78

Jek  London

-   Konserva  zavodidan  ketganingizga  ancha 

boldimi? -  deb so‘radi u.

-  Siz qayoqdan bilasiz? Avliyo bolmang tag‘in!

-  deb chinqirib yuborishdi ikkala qiz.

Martin  qizlar  bilan  bolar-bolmas  siyqa  ha- 

zil-huzul  gap  qilib  turarkan,  birdan xayolan  ko‘z 

oldida  asrlar  hikmatini  jamlagan  kutubxona- 

ning ko‘p  qavatli  kitob javonlari  namoyon  boldi. 

Yigit bemavrid  ko‘ziga ko‘ringan  bu  manzaradan 

achchiq  kulib  qoydi va yana  shubhalar  girdobi- 

ga  g‘arq  boldi.  Lekin  o‘zi  safsatabozlik  va  xayol 

surish  bilan  band  ekan,  ko‘chadan  o'tayotgan 

odamlar  oqimini  kuzatishni  qo‘ymadi.  Mana  ni­

hoyat,  Martin  fonuslaming  yorug‘  nurida  uni 

ко‘rib qoldi,  qiz akasi bilan ko‘zoynak taqqan no­

tanish  yigit  o‘rtasida  kelardi.  Martinning  yuragi 

urishdan to^adi. Bu damni u uzoq kutgan edi. U 

qizning viqorli boshi atrofida allaqanday yengil va 

nafis bir narsa borligini,  sarvdek tik qomatini, xi- 

romon  odim  otishini,  ko'chadan  o^ib  ketayotgan 

chog‘da zo‘r  nazokat  bilan yubkasini xiyol  ko'ta- 

rishini ko'rishga ulgurgan edi. Mana, u o'tib ketdi, 

Martin esa fabrikada ishlaydigan bu ikki qiz bilan 

qolib, ularning tuzukroq yasanish uchun zo*r berib 

uringanlari sezilib turgan коyiaklarining bichimiga, 

arzon botinkalariga,  arzon tasmalariga,  dag‘al bar- 

moqlariga taqilgan arzon uzuklariga tikilib turardi. 

Kimdir uning qoliga turtdi, shunda u:

-  Uxlamang,  Bill.  Sizga nima boldi o‘zi? -  de- 

gan ovozni eshitdi.

-  Menga gapirdingizmi? -  deb so‘radi Martin.

-  Shunday,  o‘zim, -  dedi qora ko‘z qiz boshini 

bir silkib qo'yib. -  Shunchaki xayolimga bir nar­

sa keldi...



Martin  Iden

79

-  Nima?


-  Agar unga ham, -  deb qiz dugonasiga ishora 

qildi,  -  bironta yigit topsangiz yomon bolmasdi, 

keyin qahva ichganimi, yo muzqaymoq yeganimi, 

biron joyga borardik.

Birdan  Martinning  ko'ngli  aynib,  allanechuk 

behuzur  bo lib  ketdi.  Ruf  haqidagi  xayollardan 

bu  mavjud  narsalarga  otish  ancha  mushkul 

bolgan edi. Bu qizning behayolik bilan ochiqdan- 

ochiq o‘ziga chorlayotgan  ko‘zlari yonida Martin 

birdan Rufning nur taratib turgan shahlo ko‘zla- 

rini, ya’ni, nihoyatda olis beg4ibor fazodan unga 

nigoh tashlab turgan sanamning ko'zlarini ко‘rib 

qoldi.  Shunda u o‘z vujudida qudratli kuch pay- 

do  bolganini  sezdi.  U  bulaming  hammasidan 

yuksakda edi. Hayot Martin uchun orzu-istaklari 

yigitlar-u  muzqaymoqdan  nariga  o'tmaydigan 

mana  bu  qizlardan  ko‘ra  buyukroq  narsa  edi. 

Aslini olganda, u ilgari ham xayolan alohida sirli 

hayot  kechirardi.  U  ba’zida  fikrlarini  boshqalar 

bilan  o'rtoqlashishga  urinib  ko‘rardi,  lekin  shu 

choqqacha  fikrlariga  tushuna  oladigan  biron­

ta ham ayolni,  nainki ayolni,  erkak kishini ham 

uchrata  olmadi.  U  o‘z  fikrlarini  ochiq  so‘zlagan 

paytda  gapini tinglayotganlar unga taajjublanib 

qarardi.  Hay mayli,  modomiki,  uning fikrlari o‘z 

atrofidagi odamlarga yetib bormas ekan, demak, 

uning  o‘zi  ham  ulardan  yuksakroqdadir.  0 ‘zini 

kuchli his qilish Martinga quvonch bag'ishlardi; 

u  mushtlarini  qisdi.  Bas,  hayot  uning  uchun 

muhim  narsa  ekan,  u  ham  hayotdan  ko'proq 

ne’mat talab qilishga haqlidir, lekin faqat bu yer­

da,  mana  bu  odamlar  qurshovida  emas,  albat-




80 

Jek  London

ta.  Bu  qora  ko'zlar  Martinga  hech  narsa  baxsh 

etolmaydilar.  Bu nigohlarda qanday orzular aks 

etishini  Martin  bilardi  -   bu  ko'zlar  muzqaymoq 

va  yana  ba’zi  bir  narsalarni  orzu  qilardi,  xolos. 

Holbuki,  Rufning samoviy nigohi Martin intilgan 

jamiki  narsalarni  va  yana  son-sanoqsiz  bosh­

qa  narsalarni  va’da  etayotgan  edi.  U  ko‘zlar  ki- 

toblar,  suratlar,  go'zallik  va  hamohanglik,  oliy- 

janob  va  nafosatli  hayot va’da qilardi.  Martinga 

tikilib turgan qora ko‘zlarda aks etayotgan fikrlar 

esa  unga  butun  tafsiloti  bilan  ayon.  Bu  nigoh 

bamisoli  soat  mexanizmi  edi-yu,  Martin  uning 

ichidagi har bir murvatni mushohada qila olardi. 

Bu  ko'zlar  kishini jondan  bezdirib,  oqibati  qab- 

ristonga eltuvchi qabih,  razil erkaklar sari chor- 

lardi. U samoviy nigoh esa aql bovar qilmaydigan 

sirlami,  boqiy  hayot  mojizalarini  tahlil  qilishga 

chorlardi.  U  nigohda  Martin  qiz qalbining,  shu- 

ningdek,  o'z qalbining ham aksini ko'rardi.

-  Dasturilamalda bitta xato o'tibdi, -  dedi Mar­

tin baland ovoz bilan, -  bugun men bandman.

Qiz hafsalasi pir bolganini yashirmay,  achitib 

dedi:


-   Balki,  kasal  yotgan  do‘stingizni  borib  ko‘r- 

moqchidirsiz?

-  Yo‘q, nega endi... -  Martin tutilib qoldi, -  bir 

qiz bilan uchrashishim kerak.

-   Rost  aytyapsizmi?  -   deb  so‘radi  qiz  jiddiy 

ohangda.


Yigit uning ko‘ziga tikilib turib javob berdi:

-   Olay  agar,  rost.  Lekin  biz  boshqa  safar 

uchrashishimiz  mumkin.  Har  holda,  otingiz 

nima o‘zi? Qayerda turasiz?




Martin  Iden

81

-   Otim 



Lizzi,

  -   deb  javob  qildi  qiz 

ni  qoltiqlab  olarkan,  uning  pinjiga  kirib.  -   Liz­

zi  Konolli.  Uyim  Market-strit  bilan  Beshinchi 

ko‘chaning muyulishida.

Ular  xayrlashishdan  oldin  yana  bir  necha 

daqiqa  gaplashib  turishdi.  Martinning  to‘g‘ri 

uyga  borgisi  yo‘q  edi.  U  tanish  daraxt  oldiga 

borib, uning derazasi tagida, o‘zi odatlangan yer- 

da turdi va hayajon bilan pichirladi:

-  Men siz bilan uchrashgani keldim, Ruf. Bosh- 

qa hech kim bilan uchrashishni istamayman.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish