oyga
tolmaguncha bu niyati esida edi, keyin esa
o'zining odatdagi yurishini qilib ketaverdi.
OLTINCHI BOB
Martinning vujudini ochlik azobiga obcshash
behalovat iztirob tuyg4isi qamrab olgandi. U
qizni qayta ko‘rish istagida o'rtanardi, chunki qiz
nihoyatda zo‘r abjirlik bilan Martinning butun
hayotini o'zining nozik qollarida mahkam ush-
lab turardi. Unikiga borishga Martinning yuragi
betlamasdi. Hali juda ham vaqtli bolsa kerak,
degan fikrga borib, nazokat qoidalari majmuasini
buzib qoyishdan qo‘rqardi. U Oklend va Berkley
kutubxonalarida bir necha soatlab qolib ketardi;
u yerda Martin o‘z nomiga, Gertruda, Meriyen va
hatto Jimning ham nomiga yozilib qo^ygan edi.
Jim bunga Martin olib bergan pivoga rosa miriqib
to Ugandan keyin rozi boldi. Martin shu tocrttala
obunachi nomiga birtalay kitob oldi, endi uning
hujrasida har kuni kechasi tong otguncha chi-
roq o‘chmaydigan boldi, mister Xigginbotam esa
buning evaziga Martindan haftasiga yana ellik
sent ortiqcha haq ola boshladi.
Lekin Martin o‘qigan kitoblar uni yana ko'proq
bezovta qilardi. Yangi kitobning har bir sahifa-
68
Jek London
Martin Iden
69
si uning uchun misoli ilm bo'stoniga kiradigan
bir eshik edi. U kitoblami o‘qigan sari ilmga
bolgan ishtiyoqi ham orta bordi. Buning usti-
ga, u nimadan boshlash zarurligini bilmas, shu
bilan birga, tayyorgarlikning yo'qligi unga ko‘p
xalal berardi, u har qanday kitobxon xabardor
bolgan eng oddiy narsalarni ham bilmasdi. Mar
tin g'oyat zo‘r ishtiyoq bilan she’r o‘qishga kirish-
gan, lekin bu sohada ham ko‘p narsani bilmasdi.
U Suinbemning Ruf bergan kichik bir to'plami-
dagi she’rlarini o'qish bilan cheklanib qolma-
di. U shoiming «Dolores»ini ham o‘qib chiqdi va
unga mukammal tushundi. Ruf bu asami tu-
shunmagan bolsa kerak, degan qarorga keldi u.
Bunday nozik, yengil hayot kechiruvchi qiz uni
qanday ham tushunsin? Keyin qoliga Kipling-
ning she’rlari tushib qoldi va kitobni o‘qirkan,
o'ziga nihoyatda tanish narsalarni bir maqomda
juda ohangdorlik bilan, jozibali tarzda ifodalov-
chi satrlarga maftun boldi. Kiplingning jamiki
she’rlariga xos bolgan narsa - hayotga muhab-
bat, psixologik tahlil Martinni hayratda qoldirgan
edi. «Psixologiya» Martin Idenning so‘z boyligiga
kirgan yangi so‘z boldi. U o‘ziga izohli lug‘at sotib
olib, bu bilan moddiy ahvolini yanada mushkul-
lashtirdi va quruqlikda yashash muddatini bir-
muncha qisqartirdi; buning ustiga, mister Xig-
ginbotamning ham achchig'ini chiqardi, chunki
lug'atga tolangan shu pulni ijara haqi uchun
olishni afzal ko'rardi.
Kunduz kunlari u Ruf istiqomat qilib turgan
uyga hatto yaqin yolashga ham jur’at eta olmas-
di, lekin kechalari chiroq yonib turgan derazalar-
70
Jek London
ga yashirincha ко ‘z tashlab, hatto Rufni qurshab
turgan devorlarga ham suqlanib boqib, Morzlar
uyining atrofida xuddi o‘g‘ri odamday tentirab
yurardi. Bir necha marta u Rufning akalariga
to'qnash kelib qoldi, bir kun esa ancha yergacha
mister Morzning orqasidan ergashib bordi; Mar
tin uni kuzatib borarkan, muyulishlarda, ko‘cha
fonuslarining yorug'ida Morzning yuz bichimini
o'rganar va qani endi bu muhtaram jentelmen
hozir katta bir falokatga uchrasa-yu, bu falo-
katdan uni qutqarib qolsam, deb astoydil orzu
qilardi. Boshqa safar u birdan ikkinchi qavat
derazasi oldida Rufni ко‘rib qoldi. Qizning faqat
boshi ko‘rinib turardi, yelkasi bilan qollarining
harakatidan soch tarayapti, shekilli deb oyiadi.
Bu hoi faqat bir lahzagina davom etdi, lekin shu
lahza ham butun vujudidagi qonni qaynatib, uni
mast qiluvchi sharobga aylantirish uchun kifoya
edi. To‘g‘ri, qiz shu zahotiyoq deraza pardasini
yopdi, lekin Martin uning xonasi qayerga joylash-
ganini bilib oldi va shu voqeadan so‘ng har safar
uy ro‘parasidagi yolkadagi daraxt tagida hech
ketini uzmay son-sanoqsiz papiros chekib, soat-
lab derazaga tikilib turadigan boldi. Kunlaming
birida u Rufning onasini ко‘rib qoldi, u bankdan
chiqib kelayotgan ekan, shunda Martin o‘zi bi
lan Rufni ajratib turgan masofani hech qanday
olchov bilan ham olchab bolmasligiga yana
bir marta ishonch hosil qildi. Ruf pulini bank-
da saqlovchilar davrasiga mansub edi! Martin
esa umrida biron marta ham bank ostonasidan
hatlab ichkari kirmagan va bunday mahkamaga
faqat juda ham badavlat va qudratli odamlargina
kira oladi deb bilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |