Martin Iden
71
Martinning hayotida tom ma’nosi bilan
o'zgarish sodir bolayotgan edi. Rufning beg4ibor
va ma’sumaligi Martinga shunday qattiq ta’sir
qilgan ediki, endi u tamomila ozodalik shaydosi
bo lib qoldi. Agar u Ruf bilan hamnafas bolish-
ni istasa, o‘zini ozoda tutishi lozim. U tishlari-
ni tozalar va idish-tovoq chotkasi bilan tinmay
qollarini qashlardi; u magazin oynasida timoq
chotkachasini ко‘rib, uning nimaga ishlatilishi-
ni tushunib oldi. Gumashta uning timoqlarini
ко‘rib, yana timoq tozalovchi cho'tka ham tavsiya
qildi; shunday qilib, Martinning pardoz ashyolari
soni yana bittaga ko'paydi. U kutubxonadan
shaxsiy gigiyena haqida kitob olib kelib, un-
dan har kuni ertalab sovuq suv bilan yuvinish
haqidagi maslahatni o‘qib chiqdi. 0 ‘qib chiqdi-yu,
Jimni juda ham sevintirib, mister Xigginbotam-
ni esa tang qoldirib, shu maslahatga amal qila
boshladi; ammo bunday antiqa qiliqlarga bepar-
vo pochchasi, Martindan suv uchun alohida haq
olsammikin, deb jiddiy o'ylanib qoldi. Taraqqiyot
yolida qo‘yilgan ikkinchi qadam shimning tashvi-
shi boldi. Bu masalaga qiziqa boshlagan Martin
tez orada ishchilaming qopga o‘xshab halviragan
shimlari bilan oliy tabaqa kishilari kiygan tizza-
dan to pochagacha tep-tekis tax tushgan shim-
lar o'rtasidagi farqni darrov aniqlab oldi. Buning
siri nimadaligiga tushungan Martin dazmol bi
lan dazmol taxtasini olgani oshxonaga kirdi; le
kin dastlabki urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi, u
shimini kuydirib qo'yib, yangi shim sotib olish-
ga majbur boldi, bu hoi uning dengiz safariga
jo'nash muddatini yana qisqartirdi.
katta
72
Jek London
Sirtqi o'zgarish bilan masala cheklanib qol-
madi. U hamon papiros chekar, ammo ichkilik-
ni tashlagan edi. Shu choqqacha u mayxo‘rlikni
erkaklar uchun eng munosib mashg'ulot deb
bilar va hatto o'zining baquwatligidan, aroqxo'r
o'rtoqlarining aksariyati mast bo lib, stol osti
da dumalab qolganda ham ichishni davom et-
tiraverishidan juda g4irurlanardi. San-Fransis-
koda oldingi dengiz safarlarida hamroh bolgan
o'rtoqlari ko‘p edi, uchrashib qolsa, hali ham
ulami mehmon qilar, lekin
o ‘zi
uchun faqat bir
krujka kuchsiz pivo yoki zanjabil limonadi buyu-
rib, o'rtoqlarining istehzolariga muloyimgina jil-
mayib o'tiraverardi. U ichib mast bolgan o‘rtoqla-
rining bora-bora hayvondan farq qilmay qolish-
larini kuzatarkan, endi ularga o'xshamasligidan
sevinardi. O'rtoqlarining har birining
o ‘z
dardi
bor edi, ichkilik esa mavjud hayotni unutish-
ga, orzu va xayollar olamiga parvoz qilishga yor-
damlashardi. Lekin Martinga endi mast qiluv-
chi ichimlik darkor emas. U juda qattiq mast
bolgan vaqtlar bolgan edi - u qalbida muhabbat
tuyg'usini uyg‘otgan va yangi, go'zal hayotga inti-
lish uchun qanot baxsh etgan Rufdan mast edi;
uning dilida son-sanoqsiz yangi orzular tug'dir-
gan kitoblardan mast edi; u yangidan odatlan-
gan ozodaligidan mast edi; ozodalik soglomlikni
ilgarigidan ham mukammalroq his qilishga im-
kon berdi va butun vujudini jismoniy hayot qu-
vonchidan hayajonlanishga majbur etdi.
Bir kuni Martin zora Rufni ко'rib qolsam de-
gan umidda teatrga bordi va balkonning ikkinchi
yarmida o‘tirib, chindan ham qizni ко'rib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |