Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

75.

hoyat,  bittasi  Martinning yonidan  o‘tib 

rib,  yelkasi  bilan uni  turtib yubordi-da,  o'girilib 

uni xuddi endi tanigan odamday qaradi. Bu qad- 

di-qomati  kelishgan,  qop-qora  ko‘zlari  ayyorona 

oynab  turgan  qoracha  qiz  edi.  Ikkala  qiz  yana 

unga tabassum qilishdi, Martin ham ularga javo- 

ban jilmaydi.

-  Salom berdik! -  dedi yigit.

Bu gap mutlaqo g'ayriixtiyoriy tarzda og‘zidan 

chiqib  ketgan  edi  -   u  ko‘pincha  shu  yo‘sinda 

tanishardi.  Ochig‘ini aytganda, uning tabiatida- 

gi dilkashlik va xushfellik xislatlari uning bosh- 

qacha harakat qilishiga imkon bermas edi ham. 

Qora  ko‘z  qiz  sho'x  va  behayolik  bilan  kuldi, 

dugonasini qoltiqlab  olib,  to'xtamoqchi  ekanini 

bildirdi; dugonasi qiqirlab kulib qo^ydi, bu aloma- 

ti rizo edi. Martin, hozir Ruf chiqadi-yu, mana bu 

qizlar bilan hiringlashib turganimni ко‘rib qola- 

di, deb qo‘rqib ketdi. Bungayol qoymaslik kerak 

edi. U xuddi shunday qilishi kerakday, qora ko‘z 

tomon qadam tashladi va u bilan yonma-yon yu- 

rib ketdi.  Bu muhitda u o‘zini o‘ng‘aysiz his qil- 

mas, poyma-poy ham gapirmasdi.  Bular bilan u 

o‘zini erkin his qilardi, u o‘zining ham so'zamol- 

ligini  ko'rsatishi,  ham  umumning  tilidan  farq 

qiladigan  sheva  bilan  qizlarni  og‘ziga  qaratishi, 

tez va tasodifiy tanishishgan kishilardek kulishi, 

og'ziga kelgan hamma narsa to'g'risida vaysashi 

mumkin edi. Muyulishga borganida u orqaroqda 

qolib,  tor  ko'chaga kirib  ketishga urinib  ko'rdi. 

Lekin qora ko‘z qiz dugonasining qolini qoyvor- 

magan holda, Martinning tirsagidan ushlab qol- 

di va:


keta tu-


76

Jek  London

-  To'xta,  Bill, -  deb  qichqirdi. -  Nega muncha 

shoshmasang?  Yo  bizlami  tashlab  juftagingni 

rostlamoqchisan deyman?

Martin  to^xtadi-da,  kulib  yuzini  ularga  o‘gir- 

di.  Orqalarida,  ko'cha  fonuslarining  charog'on 

shulalari ostida odamlar daryodek oqib kelardi. 

Martin  hozir  turgan  yer  bir  qadar  qorongl  edi, 

shuning uchun ham u o‘zi panada turib, agar Ruf 

shu yerdan o‘tgudek bolsa, uni ko'rishi mumkin 

edi.  U  albatta  shu yoldan  oliishi  muqarrar  edi, 

negaki uning uyiga shu yoldan borilardi.

Martin  qora ko‘z  qizga ishora  qilib,  uning hi- 

ringlab turgan dugonasidan:

-  Uning oti nima? -  deb so'radi.

-  0 ‘zingiz so'rayvering, -  dedi u piqirlab kulib.

-  Xo'sh,  otingiz nima? -  deb  so‘radi yigit qora 

ko‘z qizga o‘girilib.

-   O'zingizning  otingizni  aytmadingiz-ku  men- 

ga! -  deb e’tiroz bildirdi qiz.

-  O'zingiz  so‘ramadingiz-da,  -  dedi Martin jil- 

majdb, -  lekin topdingiz. Mening otim chindanam 

Bill! Rost, rost!

-  Qoysangiz-chi!  -  dedi  qiz fusunkor va  osh- 

kora  ehtirosli  nigoh  bilan  yigitga  uzoq  tikilib.  -  

Yo‘q, rostdanmi? Ayta qoling!

Keyin qiz yana g'amza qildi. Uning bu qarashi- 

da asrlar davomida o‘zgarmay kelayotgan butun 

xotinlik tabiati aks etardi. Shuning uchun Martin 

bu yogi nima bolishini bilardi: endi tavoze bilan, 

qo‘rqa-pisa  chekina boshlaydi-yu,  lekin  Martin- 

dagi  ta’qib  etuvchi  otashin  ehtiros  so‘na  bosh- 

lashi bilan  hujumga o'tishga shay bo lib  turadi. 

Har  ne  bolganda  ham,  erkak  emasmi,  qizning




Martin  Iden

77

dilbar  chiroyiga  befarq  qaray  olmasdi, 

qizning ehtirosli nigohlari Martinning izzat-nafsi- 

ga xush yoqardi.  O, bu qizaloqlami yaxshi bilar, 

ulami juda  mukammal  o'rgangan  edi!  Ular  shu 

tabaqa qizlarining eng dilbar va eng yoqimtoylari 

edi.  Og‘ir  mehnat  bilan  kun  ko'rishga  odatlan- 

gan va o‘z navozishlarini pulga sotmaydigan bu 

takabbur qizlar, ertangi hayotga parvo qilmaslik- 

ka va najotsiz qotib qolgan mehnatni yoki yaxshi 

haq to lanadigan-u,  lekin  dahshatli у о Ini,  axlo- 

qiy  tushkunlik  yolini  tanlash  muddatini  orqa- 

ga  surishga  urinib,  bu  hayot  sahrosida  ozgina 

bolsa ham baxtli kun kechirishni orzu qilardilar.

-   Bill,  -   deb javob  qildi yana  Martin.  -  Xudo 

haqi!  Otim Bill, vassalom.

-  Hazillashyapsizmi? -  qayta so‘radi qiz.

-  Hecham Bill emas-da, -  deb gapga aralashdi 

ikkinchi qiz.

-   Siz  qayoqdan  bilasiz?  Meni  hech  qachon 

ко ‘rmagansiz-ku.

-   Ko‘rmagan  bolsam  nima  qipti.  Yolg'on  ga- 

pirayotganingizni shundoq ham bilib turibman!

-   Xo'sh,  nima,  Billmi?  -   deb  so'radi  birinchi 

qiz.

-  Mayli, Bill bola qolsin, -  dedi Martin samimi- 



yat bilan.

Qiz uning yelkasidan  ushlab  olib,  zavq  bilan 

silkidi.

-  Yolg'on gapirayotganingizni biluvdim.  Shun- 

day bolsa ham durust yigit ko'rinasiz.

Martin  qizning  paypaslayotgan  qolini  siqdi 

va uning kaftida o‘ziga  tanish  bolgan  chaqa va 

chandiq izi borligini sezdi.

keyin,




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish