Martin Iden
73
U Artur va yana qandaydir notanish yosh
bilan parterdan ketib borardi; bu - sochini kalta
qilib oldirgan, ko'zoynak taqqan ylgit shu zaho-
tiyoq Martinning dilida hayajon va rashk uyg'ot-
di. Ruf birinchi qatorga borib otirdi, shu payt-
dan boshlab Martin butun kech qizning xush-
bichim yelkalari va uzoqdan xuddi tutun orasi-
dan ko‘zga chalinganday oltin rang sochlaridan
boshqa hech nima ko‘rmadi hisob. Ammo shun-
day bolsa ham bir-ikki marta atrofiga alanglab
qarab qoydi, shunda o'zidan bir necha o‘rin na-
rida o'tirgan ikkita qizni ко‘rib qoldi; u qizlar ta-
bassum bilan unga noz-ishva qilishardi. Martin
hamma vaqt odamga el bolib ketardi, bunday
iltifotni e’tiborsiz qoldirish odati yo‘q edi uning.
Sal ilgariroq, u ham albatta jilmayib javob qil-
gan bolardi, keyin ilakishib ketardi. Lekin endi
hamma narsa o‘zgarib ketgan. To‘g‘ri, u qizlarga
jilmayib javob qildi, biroq shu zahotiyoq yuzini
teskari o‘girib oldi va ular tomonga boshqa qa-
ramaslikka urindi. Ammo u qizlarni tamomila
unutgan holda, yana bir necha marta tasodifan
ularning tabassumlariga ko‘zi tushdi. Bir kun-
da o'zgarish juda qiyin, buning ustiga, u tabia-
tan dilkash va xushmuomala yigit edi, shuning
uchun ham qizlarga javoban beixtiyor iljayar,
beg'araz do‘stona iljayardi. Bu xatti-harakatlar-
ning hammasi unga tanish edi. Qizlar odatdagi
ayollar o^inini qilayotgan edilar - buni Martin
yaxshi bilardi. Lekin uning uchun endi hamma
narsa o‘zgargan. Huv anavi yerda, birinchi qator-
da dunyoda yagona qiz o'tirardi, u Martin man-
sub bolgan sinfning qizlariga sira o'xshamas,
yigit
74
Jek London
bular bir-biriga shu qadar o'xshamas edilarki,
Martinda endi bu qizlarga achinishdan boshqa
hech qanday his qolmagan edi. U Rufning go‘zal-
ligi va ma’naviy yuksakligidan hech bolmasa
ozginagina hissasini bu qizlarga nasib bolishini
chin yurakdan tilardi. Martin qizlaming bu qa
dar dadillik bilan xushomad qilishgani uchun
hech qachon ta’na qilmagan bolardi. Lekin bu
xushomadlar uni maftun qila olmasdi; aksin-
cha, bu narsa go^o Martin mavqeining pastligini
talddlayotganday tuyulardiki, bu uning uchun
ko'ngilsiz bir hoi edi. Agar u Ruf yashab turgan
muhitga mansub bolganida edi, bu qizlar u bilan
o'ynashmagan bolardi - buni Martin juda yaxshi
tushunadi. Shuning uchun qizlar unga har ni-
goh tashlaganda, o‘z muhitining chayir panjalari
uni mahkamroq ushlab, tobora pastga tortayot-
ganini his qilardi.
Martin tomosha tugashiga ozgina qolganda,
Rufni ko‘chaga chiqayotgan choglda yana bir
ko'rish ishtiyoqida o'midan turib ketdi. Teatr
oldida bekorchi odamlar doim uymalashib yuri-
shardi, shunga ko‘ra, agar kepkani bostiribroq
kiyilsa-yu, bitta-yarimtaning orqasiga o4ib turil-
sa, hech kim uni payqamaydi. U deyarli ham-
madan oldin chiqdi va olomon orasiga kirib ket
di, lekin yolka yoqasidan o‘ziga endigina qulay
joy topgan edi, boyagi qizlar chiqib qolishdi. Mar
tin qizlar uni qidirishayotganini bildi, shu choq u
ayollami maftun etuvchi kuchiga la’natlar o‘qidi.
Awaliga qizlar o‘zlarini ko'rmaganga soldilar, le
kin bu faqat yoli edi - buni Martin bilardi. Qizlar
yaqinroq kelib, qadamlarini sekmlatdilar va ni-
Do'stlaringiz bilan baham: |