Yangiasr avlopi


Oh, juda quling o‘rgilsin qiz ekan-da!  Meni uyga



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Oh, juda quling o‘rgilsin qiz ekan-da!  Meni uyga 

Bill sudrab keldi.

Martin  «eshityapman»  degan  ma’noda  bosh 

irg‘ab qo^di, hamsuhbatining kim bolishidan qatl

yana


62

Jek  London

nazar,  gapiga  e’tibor  bermayotganini  shu  yo'sin- 

da namoyish qiladigan g'ayrishuuriy odati bor edi 

uning. Keyin u o‘ziga ШЬ qolgan qahva quydi.

-  Bugun «Nilufar»ga raqs tushgani boramizmi?

-   deb  so'radi  Jim.  -   Pivo  boladi.  Temeskaldan 

yigitlar kelishsa, mushtlashish bolmay iloji yo‘q. 

Men,  albatta,  parvo  ham  qilmayman  bunga. 

Baribir,  qizimni  boshlab  boraman.  Uf!..  Og‘zim 

judayam  bemaza  bo lib  ketibdi-da.  Nima  balo 

boldi o‘zi!

U  aftini  bujmaytirib,  bir  qultum  qahva  bilan 

shosha-pisha og‘zini chayib tashladi.

-  Sen Juliyani taniysanmi?

Martin bosh irg‘adi.

-  U hozir men bilan yuribdi, -  deb tushuntirdi 

Jim.  -   Qiz  emas,  xuddi  popuk  deysan!  Sen  bi­

lan tanishtirardim-u,  lekin o'zingga og‘dirib  ola- 

san-da.  Nimaga qizlar nuqul senga osilisharkin, 

о lay agar tushunsam. Har qanaqa qizni ham bir 

boqishda  o'zingga  og‘dirib  olganingni  ko‘rsam, 

shunaqayam alam qiladiki kishiga.

-   Sening  bitta  ham  qizingni  o'zimga  og‘dirib 

olganim yo‘q hali,  -  dedi  Martin loqaydlik bilan.

-   Nonushta  qilib  bolmaguningcha,  baribir  ket- 

maysan deyman.

-  Nega endi,  -  deb  e’tiroz bildirdi Jim,  -  Meg- 

gi-chi?


-  E, u bilan hech qanday aloqa qilmaganman. 

0 ‘sha  safardan  keyin u bilan  hatto  raqsga ham 

tushmaganman.

-  Ana  shunaqa-da,  -   deb  yubordi  Jim,  -   sen 

u  bilan  faqat  raqsga  tushib,  bir-ikki  marta 

ko‘z  qiringni  tashlab  qo^gansan-u,  qiz  tayyor




Martin  Iden

63

bolgan-qolgan!  Ehtimol,  ko'nglingga  hech  nima 

kelmagandir  ham.  Ammo  u  o‘shandan  keyin 

menga  qiyo  ham  boqmay  qoydi.  Qachon  qa- 

rasang,  faqat seni  so'raydi.  Agar xohlasang,  sen 

bilan darrov uchrashishga rozi bolardi.

-  Lekin men uchrashishni xohlamadim-ku!

-  Ahamiyati yo‘q. Baribir meni iste’foga chiqa- 

rib  yubordi,  -  Jim  Martinga havas  bilan  tikildi.

-  Qanaqa qilib rom qilasan-a, Mart?

-  Ularga uncha parvo qilmayman, vassalom.

-   Bundan  chiqdi,  o'zingni  ular  bilan  hech 

ishing yo'qday qilib ko‘rsatarkansan-da, a? -  deb 

surishtirardi Jim.

Martin nima javob qilsam ekan deb, bir daqiqa- 

cha о у  lab qoldi.

-  Balki, shu ham ta’sir qilar. Lekin meni chin- 

dan  ham  ular  bilan  hech  ishim  yo‘q.  Sen  ham 

o'zingni  shunaqa  ko‘rsatishga  urinib  ko£r,  zora 

kor qilsa.

-   Es-siz,  kecha  Raylinikida  yo‘q  eding-da,  -  

deb yubordi birdan Jim. Uning gapida na mantiq 

va na ma’no bor edi, -  u yerga G‘arbiy Oklenddan 

Kalamush laqabli bir olifta yigit keluvdi.  Musht- 

lashishni  unga  chiqargan  ekan!  Yigitlarimizdan 

bittasi  ham  uni  yiqita  olmadi!  Hamma  sening 

yo'qligingga achindi!  Kecha  qayoqda  daydib yu- 

ruvding о‘zing?

-  Oklendda edim, -  deb javob qildi Martin.

-  Teatrdamiding deyman?

Martin oldidagi taqsimchani nari surib qoyib, 

eshik tomon yurdi.

-  Xo'sh, raqs tushgani borasanmi? -  deb qich- 

qirdi Jim uning orqasidan.




64


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish