0 ‘N BIRINCHI BOB
Jek London
Martin yana o'zining «Marvarid ovlovchilar»i-
ni yozishga kirishdi, agar she’r yozish istagi
uning ko'ngliga g4ilu solmaganda, ehtimolki,
ocherkini ham tezroq yozib bitirgan bolarmidi.
U yozgan she’rlar ishqiy she’rlar bolib, hamma
si Rufdan ilhomlanib yozilgan edi. Biroq u bit-
ta ham she’rni yozib tugata olmadi. Bu qadar
qisqa vaqt ichida she’riyatdek yuksak san’atni
egallab bolmas ekan. She’rning ohangi, vazni,
umumiy tuzilishining o‘zi ham xiylagina murak-
kab, ammo bulardan boshqa, she’riyat san’atida
yana allaqanday ko‘zga ilinmaydigan bir xusu-
siyat ham borki, bu xususiyatni Martin buyuk
shoirlaming she’rlarida uchratgan-u ammo o‘zi
yozgan she’rlarga hech kirita olmagan edi. Bu
she’riyat ruhi edi. Martin uni hech o‘zlashtira
olmayotgan edi. U Martinning ko'ziga qanday dir
shuladek, boshi uzra parvona boluvchi allaqan
day rango-rang tutundek bolib ko‘rinardi-yu,
qolini uzatganida doim har tomonga to‘zib ketar-
di. Martin juda nari borsa, o'sha tutunning biron
parchasini qolga ilintirishga muyassar bolib,
alohida nafis misralar yaratardi; bu misralar
yigitning miyasida xuddi musiqiy ohangdek ja-
ranglardi yoki ko‘z oldidan tiniq bir sharpa yang-
lig‘ g4av etib o'tib ketardi. Bu hoi Martinni qattiq
iztirobga solardi. Til uchida turgan eng ajoyib
tuyg4ilar ham qog'ozga yozilganda, eng oddiy
nasriy jumlalar bolib qolardi. Martin o‘z she’rla-
rini o‘zicha ovoz chiqarib o'qiy boshladi. Bu
she’rlarda vazn bor, qofiya va ritm ham bir qadar
Martin Iden
137
muvaffaqiyatli chiqayotgan edi, ammo ularda na
jo'shqin harorat, na chinakam ilhom mavjud edi.
Buning sababini hech tushuna olmas va ba’zan
umidsizlikka tushib, yana ocherkiga qaytardi...
Nasr bir qadar itoatkor soha edi.
Martin marvarid ovlovchilar haqidagi ocher-
kidan keyin, dengizchining kasbi, toshbaqa
ovi, shimoli-sharqdan esuvchi quruq tropik
shamol haqida yana bir necha ocherk yozdi.
So'ng kichikroq syujetli hikoya yozib, o‘z kuchini
sinamoqchi boldi-yu, bu ishga berilib ketib, bir
emas, oltita hikoya yozib tashladi-da, ularni turli
jurnallarga yubordi. Uning kutubxonaga borgan
yoki Rufning huzurida bolgan vaqti mustasno
qilinsa, ertalabdan kechgacha, hattoki yarim ke-
chagacha astoydil berilib, samarali ishlardi. Shu
kunlarda Martin nihoyat darajada baxtiyor edi,
uning hayoti bekam-u ko‘st va go‘zal edi, ijod
parisi hech qachon undan yuz o'girmasdi. Ilgari
u faqat xudolargagina xos narsa deb hisoblab
yurgan yaratuvchilik quvonchiga endi o‘zi ham
musharraf bolgan edi. Uning atrofidagi hamma
narsalar - irigan sabzavot va mag'zavaning bad-
bo^ hidi, opasining baq-baqaloq gavdasi va mis
ter Xigginbotamning pismiq basharasi - bular-
ning hammasi allaqanday tushga o'xshardi.
Chinakam dunyo faqat uning miyasida mavjud
edi, u yozgan hikoyalar esa shu dunyodan na-
munalar edi.
Kunlar juda ham qisqa tuyulardi, chunki
Martin juda ko‘p narsani bilgisi kelardi. U uyqu
vaqtini besh soatga tushirdi va buni yetarli deb
topdi. U hatto to‘rt yarim soat uxlashga ham
Do'stlaringiz bilan baham: |