128
Jek London
bu yakshanba ham uning xazina qidiruvchilar
haqidagi hikoyasini bosib chiqarmadi, lekin u
dovdirab qolmadi. U o‘z xayoli qanotida shu qa-
dar yuksaklikka parvoz etib ketgan ediki, ikki
marta ovqatga chaqirishganda ham eshitmadi.
Shunday qilib, mister Xigginbotamning odat-
da yakshanba kunlarini nishonlash uchun
pishirilgan lazzatli taomidan tatib ko‘rish Mar-
tinga nasib bolmadi. Bunday taomlar mister
Xigginbotam uchun uning baxtli hayot kechi-
rayotganidan darak beruvchi daliliy ashyo edi,
shuning uchun ham bunday ovqat paytida u
amerikacha turmush tarzining bama’niligi va
uning odamlarga berayotgan boy imkoniyatlari
haqida, chunonchi, uni sabzavot do‘konining
gumashtasi lavozimidan savdo korxonasining
xo'jayini martabasiga ko'targan imkoniyat haqi
da, bu so‘zga u alohida urg4i berib gapirardi,
o‘ta bachkana so'zlar bilan valdiragani-valdira-
gan edi.
Dushanba kuni ertalab Martin Iden marvarid
ovlovchilar haqida yozib tugata olmagan ocher-
kiga ma’yus nazar tashlab, Oklend maktabiga
jo‘nab ketdi. U imtihon natijalarini bilgani bir
necha kundan keyin borganida, unga gramma-
tikadan boshqa hamma fanlardan yiqilganligini
aytdilar.
-
Grammatikani juda yaxshi bilarkansiz, - dedi
professor Xilton, unga qalin shishali ko‘zoynagi
orqali tikilib qararkan, - lekin boshqa fanlar
dan hech nima bilmaysiz, mutlaqo hech nima
bilmaysiz, Qo‘shma Shtatlar tarrxidan bergan
javoblaringiz esa - dahshat, ha, dahshat, boshqa
Martin Iden
129
so ‘z bilan ta’riflab bolmaydi. Men sizga
tariqasida...
Professor Xilton jim qoldi va Martinga go^yo o‘z
naychalaridan biriga qarayotganday sovuq va lo-
qayd nazar tashladi. U maktabda fizika o'qitar,
oilasi katta, ammo maoshi oz edi, ilmi esa xuddi
to'tiqush singari yodlab olingan narsalardan nari
o'tmasdi.
- Shunday deng, ser, - dedi Martin itoatko-
rona ohangda va professor Xilton o'rnida ku-
tubxonaning malumot bolimidagi kutubxonachi
bolmaganidan afsuslandi.
- Men sizga yana ikki yil boshlang'ich mak
tabda o'qishni maslahat berardim. Xayr, omon
bo ling!
Martin bu muvaffaqiyatsizlikka uncha parvo
qilmadi, lekin professor Xiltonning aytganlarini
Rufga aytib berganida, qizning qanchalik xafa
bolganini ко‘rib taajjub qila boshladi. Rufning
xafa bolgani shunday aniq sezilib turardiki,
buni ко‘rib, imtihondan yiqilganidan o‘zi ham af-
suslana boshladi - o‘zi uchun emas, qiz uchun
afsuslandi.
- Mana, ko‘rdingizmi, - dedi qiz, - men haq
chiqdim. Siz ba’zi talabalardan ham ancha ko‘p
bilasiz, ammo imtihonda yiqilasiz. Chunki siz
muntazam ravishda emas, tartibsiz o‘qigan-
siz. Siz muntazam shugHillanishingiz kerak, le
kin yaxshi muallimsiz bunga erishib bolmaydi.
Bilimni chuqur o'rganish kerak. Professor Xil
ton haq, agar men sizning o‘rningizda bolsam,
kechki boshlanglch maktabga o‘qishga kirgan
bolardim. Siz butun kursni bir yarim yilda tu-
maslahat
130
Jek London
gallab, yariin yil vaqtingizni tejab qolasiz. Bun-
dan tashqari, kunduzi vaqtingiz bo‘sh boladi,
siz yozish bilan shug4illanishingiz yoki qalam
tebratish bilan kun ko‘ra olmasangiz, boshqa bi-
ron ish bilan shug4illanishingiz mumkin.
«Axir, kunduzi ishlasam, kechqurunlari mak-
tabda o'qisam, unda siz bilan qachon uchrasha-
man?» Martinning xayoliga kelgan birinchi fikr
shu edi, lekin bu gapni aytishga qo‘rqdi. Buning
o‘miga shunday dedi:
- Kechki maktabga qatnab o'qish - go‘dak bo-
lalaming ishi. Agar undan foyda chiqishini bil-
sam, qarab oUrmasdim, albatta. Lekin foyda
chiqmasa kerak deb о *ylayman. Hamma fanni
o‘zim, maktab muallimlari o‘qitgandan ham tez-
roq o‘zlashtirib olishim mumkin. Maktabga qat-
nash - bekorga vaqt otkazish bolardi (Martin qiz
haqida, o'zining unga muyassar bolishi haqida
o’ylardi), mening esa bekorchi vaqtim yo‘q!
- Lekin siz hali juda ko‘p ishlar qilishingiz
kerak-ku.
Qiz unga mehribonlik bilan qarab qo'ydi, Mar
tin unga e’tiroz bildirgani uchun ichida o'zini
hayvon deb koyidi.
- Fizika, ximiyani o'rganish uchun laboratori-
ya kerak boladi, - dedi qiz. - Algebra, geometri-
yani hech qachon mustaqil o'rgana olmaysiz.
Sizga rahbar, tajribali mutaxassis muallimlar
kerak.
Martin qanday qilib yaxshiroq javob berishni
o'ylab, bir daqiqacha sukutga toldi.
- Meni maqtanyapti deb o'ylamang, - dedi u,
- gap aslo bunda emas. Lekin hamma narsani
Do'stlaringiz bilan baham: |