Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги
69
Interfaol‖ masofaviy‖ o‘qitish‖ tizimining‖ joriy‖ etilishi‖ videokonferensiya‖
texnologiyalari bilan hamohang ravishda istalgan
masofada sinxron axborotlar
almashinuvini‖ta’minlaydi.
Videokonferensiya ─ bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali
foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini‖ real‖ vaqtda‖ ko‘radi,‖ eshitadi‖ va‖ ma’lumotlar‖
almashadi. Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi
tomonidan ishlab
chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan
boshlanadi [2].
Videokonferensiya‖o‘tkazish‖uchun‖asosan‖ikkita‖shartni‖bajarish‖lozim:
1) videokonferentsiyani amalga oshirish uchun zarur‖bo‘lgan‖texnik‖qurilmalar;
2) videokonferentsiyani‖ o‘tkazish‖ talabiga‖ javob‖ beruvchi‖ aloqa‖ kanallaridan‖
foydalangan‖holda,‖muloqotga‖chiquvchilar‖bilan‖bog‘lanish.‖
Boshqaruv‖ ishlari,‖ meditsina,‖ masofaviy‖ ta’limda‖ videokonferensiyalarning‖
ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini
amalga oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.
Axborot-kommunikatsiya‖ texnologiyalari‖ izohli‖ lug‘atida‖ ta’rif‖ berilishicha,‖
‚Videoanjuman‖
─ tasvirni Internet muhitida
translyatsiya qilish orqali
foydalanuvchilarning‖uzoqdagi‖guruhlari‖orasidagi‖kengash‖va‖munozaralar‖o‘tkazish‖
metodologiyasidir‛‖*1+.
Videoanjumanda 2 va undan ortiq foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar odatda turli manzillardan: ofislardan, shaharlar yoki mamlakatlardan
bo‘lishi‖mumkin,‖ya’ni‖ishtirokchilar‖orasidagi‖masofaning‖ahamiyati‖bo‘lmaydi‖*3+.
Ishtirokchilar‖ ma’ruza,‖ taqdimot‖ yoki‖ muhokamada‖ faol‖ qatnashish‖
imkoniyatlariga‖ egadir.‖ Masalan,‖ bir‖ ta’lim‖ muassasasida‖ taqdimot‖ o‘tayotgan‖ bo‘lsin.‖
Boshqa‖o‘quv‖dargohidagi‖ishtirokchilar‖ham‖ushbu‖taqdimotni‖ko‘rishi,‖eshitishi,‖savol‖
va‖ javob‖ bilan‖ qatnashishi‖ hamda‖ faol‖ qatnashchini‖ ekranda‖ ko‘rishi‖ mumkin.‖
Taqdimot‖qiluvchi‖ishtirokchi‖esa‖ishtirok‖etayotganlarni‖ekranda‖ko‘rishi‖mumkin.
Shuning‖ uchun‖ videoanjumanning‖ ta’limda‖ foydasi‖ juda‖ ahamiyatlidir.‖
Jumladan,‖ videoanjumanlardan‖ masofaviy‖ olimpiadalar‖ o‘tkazishda‖ ham‖ foydalanish‖
mumkin.
Albatta‖ real,‖ ya’ni‖ yuzma-yuz
muloqot yaxshiroqdir, lekin bu vaqt va xarajat
talab etadi. Videoanjuman‖esa‖vaqt‖va‖xarajatni‖sezilarli‖darajada‖tejalishini‖ta’minlaydi.‖
Shu‖bilan‖birga,‖ushbu‖yig‘ilishlar‖samaradorligi‖bilan‖tavsiflanadi.
Respublikamizda‖ ta’limda‖ videoanjumanlardan‖ keng‖ foydalanib‖ kelinmoqda.‖
Masalan, Inxa universitetida abiturientlar va ularning ota-onalari uchun on-layn
maslahatlar tashkil etiladi yoki tanlov natijalari taqdimoti barcha viloyatlarda namoyish
etiladi.
Videoanjuman aloqasi uchun quyidagi dasturlardan foydalanish mumkin:
Netmeeting, Lync, Skype, Mailagent, Zoom va boshqalar. Lync dasturi videoanjuman,
audioanjuman, chat orqali tezkor xabar yuborish va
telefon orqali muloqot qilish,
majlislar‖ hamda‖ uchrashuvlar‖ o‘tkazish‖ imkoniyatlariga‖ ega.‖ U‖ ta’lim‖ jarayonida‖ juda‖
asqotadi, chunki unda muloqotlar va muhokamalar foydalanilgan‖turidan‖qat’iy‖nazar,‖
xotirada – Beseda‖bo‘limida‖saqlanadi.‖Zarur‖holda,‖ushbu‖ma’lumotlardan‖foydalanish‖
mumkin.