Фотоальбом



Download 0,68 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#680082
Bog'liq
Abdulboriyeva Dilafruz


Namangan davlat universiteti Maktabgacha va
boshlang`ich ta`lim fakulteti Boshlang`ich ta`lim
va sport-tarbiyaviy ishi yo`nalishi 3-bosqich
BTS-AU-19 guruh talabasi Abdulboriyeva Dilafruz
Alisher qizining “O`qish” fanidan “Oyijonlar, onalar”
mavzusida tayyorlagan 1 soatlik dars ishlanmasi
3-sinf
O`qish
Mavzu: Oyijonlar, onalar
Maqsadlar
Ta`limiy: o`quvchilar she`r mazmuni bilan tanishtirish, to`g`ri va ongli
o`qishga o`rgatish, onalar bayrami haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy: ota-onaga hurmat, ularga mehribon, yaxshi farzand
bo`lish hislarini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini
oshirish, lug`at ustida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish;
Kompetensiyalar
Fk1: she`rni ongli, ifodali o`qiy olish, mavzuga mos maqol topa olish;
Fk2: matndagi so`z va gaplarning ma`nolarini tushuna olish;
Tk4: odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, ta`limiy o`yin
Dars jihozi: darslik va videolavhalar, mavzuga oid rasmlar,
tarqatma materiallar
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism
-Assalomu alaykum
-Vaalaykum assalom
-Bolajonlar, omonmisiz
Bugun darsga tayyormisiz?
-Hammamiz sog`-omonmiz
Bugun darsga tayyormiz.
-Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi?
-Navbatchi menman, ustoz
Har so`zingiz dilga mos.
So`rang javob beraman,
Hurmatim bildiraman.
Darsda bugun hamma bor,
Sinf, doska, bo`r tayyor.
-Bolalar, hozir darsimiz qaysi?
-O`qish darsi
A`lo o`qish burchimiz
Sarf etamiz kuchimiz.
-Maqsadimiz nima?
-Maqsadimiz kelajakda
Yaxshi inson bo`lmoqdir.
Yarab el-yurt koriga,
Unga hissa qo`shmoqdir.
-Shiorimiz-chi?
-O`rgan-o`rgat shiori,
Kelajak poydevori.
Sog` tanda sog`lom aql,
Biz bunga doim kafil.
-Bolalar, o`lkamizda hozir qaysi fasl?
-Bahor faslida tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
-Bahor faslida nishonlanadigan tarixiy sana va bayramlarni
ham bilasizmi?
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev Qozog`iston Respublikasi
Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular ikki tomonlama
munosabatlar haqida suhbat qurdilar. Suhbat har doimgidek ochiq va do`stona ruhda bo`ldi.
II. Uy vazifasini so`rash va o`tilgan mavzuni mustahkamlash.
(Baholash stikerlar orqali olib boriladi)
-Biz o`tgan darsimizda qaysi mavzular bilan
tanishgan edik?
-Biz o`tgan darsda “ Siz bunga qodirsiz” hikoyasi va
“Bahor yaqin” she`ri bilan tanishgan edik.
-To`ppa-to`gri, qani endi shu mavzularni bir esga
solib olaylik-chi. Buning uchun hozir sizlarga savollar
tarqataman, shu savollarga javob berishingiz kerak
bo`ladi. Prezidentimiz “Yashil makon” umummilliy
loyihasini e`lon qilgan edilar, bu loyihaga ko`ra
yurtimizning ko`plab joylarida daraxt ko`chatlari
ekilmoqda, biz ham savollarga to`g`ri javob berish
orqali sinfimizning “YASHIL BOG`”ini
yaratamiz.
3-”D” sinf “YASHIL BOG`I”
Savollar
“ Siz bunga qodirsiz” hikoyasining muallifi kim?
Hikoyada kim haqida so`z boradi?
Saida xola qanday ishlarni amalga oshirdi?
Xolaning eng yaqin ko`makchilari kim ekan?
Siz qanday hayrli ishlarni amalga oshirdingiz?
Sizningcha, Saida xola yaxshi ishlar qildimi?
“Bahor yaqin” she`rining muallifini ayting.
“Bahor yaqin” she`ri nima haqida ekan?
Siz bahorni sevasizmi? Nima uchun?
Demak, biz Saida xola amalga oshirgan hayrli ishlaridan ibrat olishimiz kerak a!
Bolalar, ayting-chi, siz uyingiz atrofi, mahallangiz obodligi uchun biror ish qilyapsizmi?
Qani, kim nima ish qildi?
Xo`sh, bolalar, siz yurtimiz obodligi uchun qanday ishlarga qodirsiz?
-Biz mahallamiz, xonadonimizni gulzorga aylantirishga qodirmiz!!!
Barakalla, aziz o`quvchilar! Yurtimiz obodligi uchun o`z hissangizni
qo`shishda davom eting. Ona tabiatimizni doimo asrab-avaylang.
“Bahor yaqin” she`rini hammamiz yod oldikmi?
Vaqtimiz chegaralanganligi bois men she`rni hammadan emas,
xohlagan o`quvchidan 4 qatordan so`rayman.
Barakalla, o`tgan mavzularni juda yaxshi o`zlashtiribsiz
Dam olish daqiqasi
“Yomg`ir yog`aloq” qo`shig`iga raqs
III. Yangi mavzu bayoni
Ona huzuriga shoshilib intiq,
Poylarin tavof etmoqlik kerak.
Onaday mehribon, onaday mushfiq,
Toki ko`ksimizda urarkan yurak.
Munis onalarning aksi, tal`ati
Ko`rinar farzandning bo`yi-bastida.
Ona bu dunyoning noyob xilqati,
Jannat-onalarning oyog`i ostida!
Savollar
Dunyoda eng mo`tabar, eng mehribon inson kim?
Kasal bo`lib qolganingizda sizga eng ko`p kim g`amxo`rlik qiladi?
Eng yaxshi ko`rgan insoningiz kim?
To`g`ri aytasiz, bu inson ONAMIZ!
Kuni kecha 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami”ni
nishonladik .
Bugungi mavzuyimiz “Oyijonlar, onalar” deb nomlanadi
Muallif: Kavsar Turdiyeva
Oyijonlar, onalar
Kavsar turdiyeva
Ayting, qachon nurga to`lar
Xonadon-u xonalar?
Ostonadan qadam qo`ysa,
Unga aziz onalar!
Safargami, shahargami,
Olislasak bir qadam,
Bizni darrov eslagan kim,
Izlagan qaysi odam?
Naqarot:
Bu ayadir, bu oyidir, bu buvidir, onadir,
Bolasi deb, lolasi deb onajonlar yonadir.
Bolajonlar istaganda,
Kim quyoshga aylanar?
Yuragida ko`rinmas ip
Bolasiga boylanar,
Bolasi deb, lolasi deb,
Kim dunyoni kezadi?
Qoqilganin, yiqilganin
Ko`rmasa ham sezadi.
Naqarot:
Bu ayadir, bu oyidir, bu buvidir, onadir,
Bolasi deb, lolasi deb, onajonlar yonadir
Qani, ayting, kim bizlarga, Suyuklardan suyukdir?
Xonlardan ham, beklardan ham,
Shohlardan ham buyukdir.
Ulug`vordir, beg`ubordir,
U erishgan martaba.
Takrorlaylik, takrorlaylik
Nomin ko`plab martaba.
Naqarot:
Bu ayadir, bu oyidir, bu buvidir, onadir,
Bolasi deb, lolasi deb onajonlar yonadir.
She`r nima haqida ekan?
Darhaqiqat, ona dunyodagi eng ulug` zot hisoblanadi, uning mehrini
chegarasi yo`q. Ular yonimizda bo`lishsa, qalblarimiz nurga to`ladi,
doimo xotirjam bo`lamiz. Agar bizning biror joyimiz og`rib qolsa, ular
boshimizda parvona bo`lib darrov davolash payiga tushishadi, bizdan-da
ko`p dard chekishadi. Dunyoda farzandlarini onadan ham ko`proq yaxshi
ko`radigan zot bo`lmasa kerak. Biz ularni asrab-avaylashimiz, hurmatlarini
joyiga qo`yishimiz kerak, uy ishlarida qo`limizdan kelgancha yordamlashsak,
ularga yaxshilik qilgan bo`lamiz. Zero, eng avval onaga yaxshilik qilish
kerakligi hadislarda ham keltirilgan.
Lug`at ishi
Olislasak – uzoqlashsak
Suyuk – sevimli
Martaba- - egallangan daraja, qadr-qimmat
Ma`nodosh so`zlar: ona, aya, oyi
O`quvchilar she`rni 2 qatordan o`qiydilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mana, yangi mavzuyimiz bilan ham tanishib chiqdik. She`rdagi qaysi
jumlalar sizga yoqdi? Nima uchun?
Topshiriq
“Mening onam” mavzusida qisqacha hikoya yozing.
( Hikoya yozilguncha “Quvnoq daqiqa” o`tkazamiz. 2 ta o`quvchi
tanlab olinadi. O`yin nomi “Kim zukko-yu kim chaqqon” deb nomlanadi. Misollar aytiladi,
o`quvchilar javobini topib o`sha son ustiga tayoqcha bilan uradilar.)
2
1
3
7
8
10
6
4
9
5
Kim zukko-yu kim chaqqon”
O`yindan so`ng 3-4 o`quvchidan hikoyasini o`qib berish so`raladi
V. Baholash.
Stikerlar hisoblanib baholar qo`yiladi.
Nominatsiyalar beriladi: eng a`lochi, eng faol, eng chaqqon, eng zukko…
VI. Uyga vazifa.
She`rni yod olish. Mavzuga mos rasm chizish.
E`tiboringiz uchun tashakkur
Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish