Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi


II BOB. MILLIY MANFAAT KATEGORIYASI



Download 229,86 Kb.
bet8/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

II BOB.

MILLIY MANFAAT KATEGORIYASI



«Siyosiy realizm» maktabi davlatning xalqaro maydondagi roli va o‘rni hamda uning milliy manfaatlari bilan bog‘liq muammolar yechimini ishlab chiqishda hamisha yetakchi o‘rin tutib kelgan. Uning asoslari siyosiy tafakkurning ingliz-sakson yo‘nalishi vakillari tomonidan shakllangan. Gans Morgentau shunday deb yozadi: «Siyosiy realizm siyosatda haqiqat va fikr o‘rtasida farq bo‘lishiga, yoki obyektiv hamda dalillarga mos bo‘lmagan va istalgan narsani haqiqiy deb ko‘rsatishga intilishga asoslangan subyektiv fikrlash o‘rtasida farq borligiga ishonadi».32

Morgentau tomonidan yaratilgan siyosiy tahlilning yo‘nalishi mamlakatning oliy rahbariyati va birinchi navbatda, Qo‘shma Shtatlar rahbariyatining siyosiy qarorlar qabul qilish amaliyotiga eng ko‘p jihatdan mos edi.

Davlatni rivojlantirish dasturi sifatida milliy manfaatning konsepsiyasi, u qayerda tadqiq qilinmasin, – Rossiya yoki Xitoydami, O‘zbekiston yoki Hindistondami – hamma vaqt o‘ziga alohida e’tibor talab qiladi va aynan realistik fikrlaydigan tahlilchilar hamda davlat arboblarining qo‘llarida nazariy va amaliy siyosat instrumentiga aylanadi. Shu bilan birga, mazkur konsepsiya «idealistlar», ya’ni umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi g‘oyasining tarafdorlari tomonidan tanqid qilinadi.

«Siyosiy realizm» yo‘nalishiga amalda avvalboshidanoq siyosiy tafakkurning yana bir yo‘nalishi qarshi turib, bu oqim «siyosiy idealizm» deb nomlangan. Uning eng mashhur vakili bo‘lib AQSH prezidenti Vudro Vilson hisoblanadi. Vilson barcha davlatlar va xalqlar uchun umumiy bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni siyosatning bosh maqsadi sifatida markaziy o‘ringa qo‘ygan. Uning izdoshlari qatoriga Amerika prezidenti Dj.Karterni va SSSRning so‘nggi prezidenti M.Gorbachyovni qo‘shish mumkin. Ular o‘z siyosatlarini ma’lum bir mavhum «umuminsoniy qadriyatlar» asosida olib borganlar. O‘z-o‘zidan anglashiladiki, bu ikki davlat rahbarining shaxsiy siyosiy mansabida ham, o‘zlari boshqarayotgan davlatlar siyosatida ham inqirozga uchraganligining boisi ana shundadir.

Shu munosabat bilan e’tirof etish joizki, – xalqaro siyosatdagi odob tushunchasi o‘ziga xos talqinga ega. Odob yoki hamdardlik xalqaro ishlar uchun emas, ko‘proq inson tabiatiga, shuningdek, shaxslararo munosabatlarga xos tushuncha. Bunga o‘xshash tushunchalar, odatda, ichki ishlarga aralashuvni yashirish hamda boshqa davlatlarga o‘z qadriyatlarini zo‘rlab o‘z siyosatini o‘tkazish maqsadida qo‘llanadi. O‘tgan asrning eng mashhur siyosatchilaridan biri, «uzun telegramma»ning muallifi Djordj Kennan shunday degan: «Qo‘shma Shtatlar odob tamoyillariga rioya etishni istagan taqdirda, murojaat qilishi mumkin bo‘lgan, odobning xalqaro e’tirof etilgan andozalar mavjud emas. Gap shundaki, dunyoning ko‘p davlatlari tomonidan, ular uchun xatti-harakatlar erkinligini ta’minlaydigan aksiyalarni yoqlash «uchun» yoki ularga «qarshi» qo‘llanadigan muayyan, balandparvoz so‘zlar hamda iboralar mavjuddir».33

Kennan Stalin tuzumining tajovuzkorligi xususida ogohlantira borib, qudrat nuqtaiy nazaridan muloqotdan faolroq foydalanishni tavsiya qilgan. Uningcha: «sovet hukumati aql-idrok dalillarini mensimaydi, lekin kuch ishlatish, zo‘ravonlik mantig‘iga nisbatan nihoyatda ta’sirchandir». Sovetlarning agar biror bosqichda qudratli qarshilikka duch kelib qolguday bo‘lsa, aksincha, chekinish harakatiga tushib qolishlari ham ehtimoldan xoli emasligi to‘g‘risidagi xulosa ham o‘z o‘rnida ahamiyatga molikdir. Keyinchalik, telegrammaning paydo bo‘lishi sabablarini izohlar ekan, Kennan, urush davridayoq uni ba’zi bir amerikaliklarning «Moskva bilan beg‘ubor va do‘stona hamkorlik haqida»gi «asossiz xayollari» tashvishga solganini yozadi. 34 Uning maqsadi – Vashingtondagi ba’zi bir doiralarning Ikkinchi jahon urushi davrida tuzilgan amerika – sovet ittifoqi urushdan keyin ham tinchlikning garoviga aylanishini kutgan «sodda optimizmi»ga chek qo‘yishdan iborat edi. Kennanning 8000 so‘zlik telegrammasi Vashingtonda o‘qilayotganida, Uinston Cherchill Funtonda o‘zining mashhur nutqini so‘zladi va Sovet Ittifoqi Sharqiy Yevropa ustiga «temir parda» yopganligini e’lon qildi.

Davlat taraqqiyotining strategiyasini va uning milliy manfaatlari muammosini ishlab chiqishda va tushunishda “siyosiy realizm” maktabining barcha afzalliklari bilan birga, uning muhim kamchiliklarini ham ko‘rsatib o‘tish lozimki, ular milliy manfaatga – ko‘proq tashqi muhitga qaratilgan manfaat, ya’ni tashqi siyosiy manfaat sifatida qarab, davlatning ichki siyosiy rivojlanishi, uning ichki muhiti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qator manfaatlarni e’tibordan chetda qoldiradi. Garchand Morgentau milliy qudratning geografik joylashuv, resurslar, ma’naviy ruh kabi unsurlari haqida so‘z yuritayotganday tuyulsa ham, uning barcha asarlarida milliy manfaat, birinchi navbatda, xalqaro munosabatlarning omili sifatida ko‘rib chiqiladi hamda bu omil tashqi xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liqlikda tadqiq etiladi.

Ichki omillarning milliy manfaat konsepsiyasidan istisno etilishini «realistlar» shu bilan izohlaydilarki, ularning yondashuviga ko‘ra, muammolarning mazkur guruhi ijtimoiy manfaat – «public interest» sohasiga taalluqlidir. Ushbu yondashuvda G‘arb tafakkuri uchun an’anaviy yondashuv hisoblangan davlat va jamiyatni bir-biridan ajartishga bo‘lgan intilish ko‘zga tashlanadi. Go‘yoki, davlat ham jamiyat ham alohida mavjud bo‘lib, ular bir-biri bilan faqatgina rasman bog‘liq, xolos.

Bizningcha, aynan shunday davlatdan erkin va mustaqil bo‘lishni bo‘rttirib tushunish kelib chiqadi hamda bunday yondashuv turli xil anarxistik va separatistik oqimlar uchun qulay asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur oqimlar davlatning jamiyat taraqqiyotidagi rolini minimallashtirishni talab etadilar va bu holat endigina mustaqil milliy rivojlanish yo‘liga chiqqan davlatlar uchun, ayniqsa, xavflidir.

Shunday qilib, davlat siyosiy jihatdan tashkil qilingan jamiyatning shakli sifatida unda ma’lum bir tartibni saqlab turish, uni himoya qilish, uning manfaatlarini ifodalash hamda ularni mamlakat ichkarisida ham, undan tashqarida ham ta’minlash uchun asosiy siyosiy instrument bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyat davlatsiz mavjud bo‘lmagani kabi, davlat ham – jamiyatsiz mavjud bo‘lmaydi va davlat – bu millatning umumiy manfaatini qisman emas, to‘liq hajmda ifodalovchi yagona institut hisoblanadi. 35

Mazkur qonuniyat, tashkillashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi tamo­yil sifatida, insoniyat tarixida qancha davlat mavjud bo‘lgan-u, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qay yo‘sinda kechgan bo‘lsa, xuddi shuncha muddat va shu tariqa davom etib kelgandir.

Agarda, davlat buni bajarmasa yoki bajarishga qodir bo‘lmasa, aytish mumkinki, u, shaksiz, tanazzulga yuz tutadi.

Fikrimizcha, milliy manfaat konsepsiyasidan ichki omillarni istisno etish birmuncha asossizdir. Bunday istisno etish ichki va tashqi siyosatning, ichki hamda tashqi muhit omillarining bo‘linmas yaxlitligini sun’iy ravishda buzadi, oqibatda, milliy manfaatlarni yanglish, bir tomonlama tushunishga olib keladi. Amalda ular davlatning geosiyosiy o‘rni, siyosiy va ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi, ichki siyosiy yaxlitlik darajasi va, albatta, – tashqi muhitning omillaridan kelib chiqadigan hamda shu asnoda o‘zining barcha rang-barangligi-yu, murakkabligida namoyon bo‘ladigan uning manfaatlarining ifodasi hisoblanadi.

Bu borada e’tiboringizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarda davlatning roliga berilgan bahoga qaratamiz. Unda bugungi kunda barcha mustaqil davlatlar misolida sobiq sovet respublikalarida eski ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan yangilariga o‘tish davridagi davlatning roli o‘rganiladi.

Prezidentimizning ta’kidlashicha, «Bozor munosabatlariga o‘tish davrida bosh islohotchi bo‘lib davlat chiqishi kerak va u iqtisodiyot hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘zgarishlarni ishlab chiqishi hamda izchil amalga oshirishi shart. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini butun dunyo tajribasi tasdiqlaydi. O‘zini-o‘zi tartibga soluvchi bozor o‘zining sof ko‘rinishida mavjud emas. O‘zining alohida roli bois davlat hamma vaqt iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatgan.


Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish