Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi



Download 229,86 Kb.
bet4/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

Suverenitet kategoriyasi


Mustaqillik tushunchasi, aynan olganda, davlatning birligi va yaxlitligini, uning tashqi va ichki siyosatni mustaqil amalga oshirish, o‘z armiyasini tashkil qilishni va o‘z iqtisodiyotini yaratish huquqini anglatadi.

Davlat birligining uning alohida a’zolari tomonidan ham, istalgan tashqi kuchlar tomonidan ham, har qanday buzilishiga doimo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hodisa sifatida qaralgan va yakka hokim huquqida bunga to‘la haqli bo‘lgan amaldagi hokimiyat tomonidan cheklab qo‘yilgan. Sofokl «Antigona» tragediyasida xususiy va umumiy kolliziyasi to‘g‘risida so‘zlab, davlat timsolidagi umumiy xususiy qarshiligini shafqatsizlarcha bostiradi. Antigona, o‘z vataniga qarshi kurashib, janglarning birida halok bo‘lgan akasini dafn etish rasman taqiqlanganiga qaramasdan, shohning irodasiga qarshi borib, uning hokini dafn etishga urinadi. Uning bu ishini Kreon o‘zining suveren podsholik hokimiyatiga tajovuz sifatida baholaydi va bu holat muqarrar ravishda, Antigonaning qatl etilishiga olib keladi. Agar buning aksi ro‘y berganda edi, bunday vaziyat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytish qiyin.

Sofokl o‘zining dramasida yuksak badiiy mahorat bilan bema’ni odatni ko‘rsatgan – qonunlarni buzish va mustaqil hokimiyatga, davlatda mavjud bo‘lgan tartibga qarshi chiqish mumkin emas. Uning asoslarini buzish hech kimga, hech qachon va hech qanday vaziyatda kechirilmagan. Darvoqe, bu qoida Yustinian kodekslari bilan asoslangan ijobiy huquq asosiga kiritilib, keyinchalik bugungi kunda Rim huquqi deb nom olgan ta’limot sifatida shakllandi.

Rim imperiyasining turli joylarida Rax Romana davrida sodir bo‘lgan bir qator voqealar shuni ko‘rsatadiki, suverenitet, xuddi suveren hokimiyat singari, hyech qanday muqobilliklarni ko‘tarmaydi va hech qaysi vaziyatda bo‘linmaydi.

Jahon tarixi ushbu qoidani tasdiqlovchi misollarga nihoyatda boy: er. 61-yilida Britaniyada bugungi Norfolk va Suffolk grafliklari hududida yashagan ikenlar (itsenlar) britan qabilasi qirolichasi Boudikka boshchiligidagi qo‘zg‘olonni olib ko‘raylik. Rim hukmdori Svetoniy Paulin tomonidan bugungi Anglsi grafligi hududida joylashgan druidlar ibodatxonasining bosib olinishi qo‘zg‘olonning rasmiy sababchisi bo‘lib hisoblandi.

Biroq, aslida bularning barchasi ikki hokimlikning natijasi edi – qabila shohi, o‘limidan avval, merosxo‘r qilib, rim imperatorini uning birgalikdagi merosxo‘rlari qilib esa, o‘zining ikkita qizini tayinladi. Britaniya podshohining o‘limidan so‘ng rim senturionlari mamlakatni boshqarishga aralasha boshladilar, podsho oilasining xonadonida esa Neron imperatori yuborgan qullar hamma narsani boshqarar edilar. Ushbu haqoratomuz sharoitda qirolicha Boudikka (yoki Boaditseya),13 o‘z armiyasiga ega bo‘lmagan holda, qabiladoshlari bilan birga o‘z qabilalarining qullik maqomiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga va Britaniyada yakkahokimlikni o‘rnatishga uringan. Biroq, qo‘zg‘olon shafqatsiz bostirildi va qo‘zg‘olonchilar hamda podshoh oilasi qonli jazoga tortildi.

Yana bir misol sifatida, er. 69-yilidagi voqealarni olaylik – «to‘rt imperator yili» – Yuliylar-Klavdiylar sulolasi – hukmdorligining oxiriga olib kelib davlat hokimiyatining parokandalikka yuz tutishi davrini keltirish mumkin. Ma’lumki, imperiya boshqaruvida ularning bosh tayanchi bo‘lib armiya hisoblangan va o‘sha vaqtda u hokimiyat nazoratidan chiqib, oliy hokimiyat o‘rnini o‘zi egallab oldi. Aynan o‘sha armiya mashhur rim imperatorlari sulolasini taxtdan ag‘dardi.

Rimning yigirma olti sezaridan o‘n oltitasi xoinlarcha o‘ldirilgan, zaharlangan yoki qatl etilgan edi, o‘ntasi o‘z o‘limi bilan vafot etgan va ulardan faqat bittasigina, ya’ni – Aleksandr Makedonskiy, eng yoshi bo‘lishiga qaramasdan, ichkilikbozlikdan vafot etgan. Rus imperatritsasi Yekaterina II, ma’rifat davrining mashhur namoyandalari Didro va Volter bilan xat yozishgan bo‘lsa-da, hurfikrli Novikovni Petropavlovsk qal’asiga qamagan va otashqalb volterchi Radishchevni Sibirga surgun qilgan; Nikolay I isyonkor dvoryanlarni dorga osgan va surgun qilgan; xaloskor-shoh Aleksandr II qo‘zg‘olon ko‘targan polyaklarga hamdardlik bildirgan ofitserlarni otishga hukm ettirgan…

Aristotel o‘zining quyidagi fikrini adolatli tarzda asoslab, shunday deydi: «…inson o‘z tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjudotdir, lekin tasodifiy sharoitlar oqibatida emas, balki o‘z tabiatiga ko‘ra davlatdan tashqarida yashayotgan kimsa – yoki ma’naviy jihatdan rivojlanmagan maxluq, yoki g‘ayrioddiy insondir… Davlat tabiatan mavjud bo‘lib, tabiatan har bir insondan ilgari paydo bo‘ladi. Adolatlilik tushunchasi davlat haqidagi tasavvur bilan bog‘liqdir, chunki adolatlilik mezoni bo‘lib xizmat qiluvchi huquq siyosiy muloqotni tartibga soluvchi me’yor hisoblanadi».14 Ogyust Kont, davlatning birligi va uning mustaqilligining ustuvorligi haqida fikr yuritib, o‘z fikrini bundan ham qat’iy va uzil-kesil ifodalaydi: “Inson egalik qilishi mumkin bo‘lgan yagona huquq – bu har doim o‘z majburiyatlarini bajarish huquqidir”. 15

Biroq, mazkur kategoriyaga bo‘lgan yondashuvlar va uning talqinlaridagi ayrim tafovutlarga qaramasdan, ularning tarafdorlari suveren davlat jamiyat hamda hokimiyatning birligisiz mavjud bo‘la olmasligini e’tirof etgan edilar. Ya’ni, suverenitet qaysi ko‘rinishda qaror topmasin, davlatda qanday tuzum shakllanmasin, g‘oyaning o‘zisiz davlatni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Davlat hamisha suverenitetning bosh atributi, uning subyekti bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Aynan shu ijobiy huquq tizimida o‘zining asosini topgan shunday deb atalmish «kelishuv nazariyasi»ning mohiyatini tashkil qiladi.

Ma’rifat davrining mumtoz vakili Jan-Jak Russo «Jamoat shart­nomasi»da davlatni suverenitet tushunchasiga tenglashtiradi va bu holatni shunday ta’riflaydi: «bizlarning har birimiz umumiy boylikka va oliy umumiy iroda boshqaruviga o‘z shaxsiyatimizni hamda o‘zining barcha kuch-quvvatimizni o‘tkazamiz, natijada, barchamiz uchun har bir a’zo butunning ajralmas qismiga aylanadi».16 Bundan, buyuk fransuzning fikriga ko‘ra, davlat jamiyat, hokimiyat va davlat qurilishi doirasida yaxlit, bo‘linmas va yagona obyekt sifatida suveren bo‘ladi. Davlat huquq bilan aynan o‘xshashdir, shuning uchun davlatning suvereniteti huquqning suverenitetiga o‘xshashdir. Davlatning suvereniteti va uning himoyasi har qanday davlatning oliy milliy manfaatidir.

Albatta, davlat boshqa davlatlar bilan u yoki bu ittifoqqa qo‘shilganda, u o‘zining suveren huquqlarining bir qismidan ittifoq foydasiga voz kechadi, lekin u bu vazifani suveren davlat sifatida amalga oshiradi va bunda o‘zi hamon suveren davlatligicha qolaveradi.

Davlatsiz suverenitet bo‘lmaydi, chunki davlatdan tashqarida bunday tushunchaning o‘zi yo‘q. Modomiki, xalqaro tizimning bosh subyekti bo‘lib davlat hisoblanar va uning harakatlari atrofida dunyodagi barcha asosiy voqealar sodir bo‘lar ekan, garchi biz uni qancha nom bilan atasak ham – Vladislav Surkovning ta’rifiga ko‘ra – «suveren demokratiya», yoki «plyuralistik», «majoritar demokratiya» va hokazolardan iborat har qanday nom bilan aytsak ham, istalgan davlatning suvereniteti uning oliy hokimiyatiga tegishlidir hamda uning timsolida namoyon bo‘ladi. 17 Biroq, uni biz har qancha niqoblamaylik va chalkash ibora bilan atamaylik – shunga o‘xshash soxta ilmiy mulohazalarning mazmuni baholovchi tabiatga ega bo‘lib, oxir-oqibatda davlatga, uning mazmuni, funksiyalari hamda vazifalarini belgilaydi. Bunda davlatning tashqi va ichki maydondagi huquqlarining ustuvorligini gavdalantiruvchi asosiy omil sifatida suverenitet tushunchasi birinchi o‘ringa chiqadi.

Aynan oliy siyosiy uyushgan hokimiyat qonuniy asoslarda o‘zining asosiy mustaqil vakolatlarini bajaradi:

• chegaralar daxlsizligini ta’minlash, ularning demarkatsiyasi va delimitatsiyasi;

• jangovar armiyani tashkil qilish;

• qonunlarni qabul qilish va tasdiqlash;

• jamoat xavfsizligini ta’minlash;

• milliy iqtisodiyotni boshqarish:

a) milliy valuta emissiyasini o‘tkazish;

b) foydali qazilmalarni qazib olish;

v) soliqlarni yig‘ish;

g) bojxonani boshqarish;

d) kapitallar, tovarlar va xizmatlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun tariflar, kvotalarni joriy qilish;

ye) ijtimoiy nafaqalarni to‘lash;

j) fan, tibbiyot, ta’lim, madaniyat va sport sohalarini mablag‘ bilan ta’minlash;

z) qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash;

• transport va kommunikatsiyalarni boshqarish;

• tashqi siyosatni olib borish;

• xalqaro majburiyatlarni qabul qilish va ularni tasdiqlash (ratifikatsiyalash).

Davlat suverenitetini mazkur funksiyalaridan aksariyatini ba’zi bir tadqiqotchilar «chegaraviy» deb ataydilar, chunki ular bir vaqtning o‘zida ham tashqi, ham ichki maqsadlar va vazifalarga xizmat qiladi. Nima bo‘lganda ham, agar ular orasidagi eng muhimi bo‘lgan milliy o‘xshashlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tmasak, davlatning mafkuraviy madaniy qobig‘i singari suverenitet tushunchasida mujassamlashgan davlatning mustaqilligi to‘g‘risida ushbu barcha mulohazalar quruq gapligicha qolaveradi. Bulardan tashqari, millatning eng sara qatlamini, birinchi navbatda, biznes-elitani, milliy OAVlarni, milliy jamoatchilik institutlarini shakllantirishni ham ana shu tushunchalar toifasiga kiritish mumkin. Va nihoyat, davlatni modernizatsiya qilishning milliy loyihasini ham shu ma’nodagi yakunlovchi nuqta de­yish mumkin.

Davlatning suverenitet tushunchasiga amerikalik mashhur huquqshunos M.Follet mana shunday ta’rif beradi: «Davlat, unda barcha yashaydigan bir butunni hosil qiluvchi hokimiyatga va kuchga ega bo‘lganligi sababli, suveren hisoblanadi. Mustaqillik – bu to‘liq erkinlik bilan tug‘dirilgan va o‘zini ushbu sifatda anglaydigan hokimiyatdir».18




Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish