Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi



Download 229,86 Kb.
bet5/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

Suverenitet – bu oliy hokimiyat fenomenidir. Agarda biron-bir hokimiyat o‘zining legitim funksiyalarini bajarishga, davlatni boshqarishga, tegishli tartibni o‘rnatishga, o‘zining xavfsizligini ta’minlashga va o‘zini biron-bir insinuatsiyalar yoki tahdidlardan himoya qilishga qodir bo‘lmasa – bu suverenitetning yagona sohibi sifatidagi davlatning amaldagi halokatini bildiradi.

Suveren davlat fenomenini tahlil qilar ekan, mashhur g‘arb huquqshunosi E.Xyobel shunday deb ta’kidlaydi: “Istalgan jamiyatda huquqning haqiqatda muhim sun qua non19 sharti – bu ijtimoiy vakolatli organ tomonidan jismoniy majburlashning rasman qo‘llanishidir. Huquqning o‘tkir tishlari garchi ular hamisha ochiq ko‘rinib turmasa ham, zarur hollarda tishlab ham olishi mumkin”. 20

Suverenitet muammosini tushunishda uning bitta yetarlicha muhim bir xususiyatini yodda tutish nihoyatda zarurdir: davlatning suveren hokimiyati ichki huquq, yoki shunday deb atalmish «munitsipal huquq» doirasida, uning yagona manbasi bo‘lib maydonga chiqadi. Bu holat, uni bajarish maqsadida qabul qilinadigan barcha qonunlar kabi, yakkahokimona rasmiy zo‘rlik va majburlash sanksiyalari tizimi bilan ta’minlanadi – ular umummajburiy va qaytarib bo‘lmasdir! Xalqaro tizim subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro-huquqiy normalar ko‘rinishidagi tizimli ustqurma bilan tartibga solinadi. Ularning asosiy manbasi – davlatlar tuzadigan davlatlararo shartnomalar va bitimlardir va ular, munitsipal huquq singari, davlatlar uchun majburiy hisoblanmaydi. Mustaqil davlatlar istalgan vaqtda shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqib, mazkur shartnomalardan chiqish yoki ular bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqish huquqiga egadirlar. Aynan ushbu sababga ko‘ra ular majburiy emas, balki tavsiyaviy maqomga egadir.

Gegel, davlatning qat’iy tarafdori bo‘lsa-da, masalaning mohiyatini davlatlarning «suveren» irodasiga bog‘lar edi va bu bilan «so‘nggi so‘z» huquqini davlat xatti-harakat erkinligi va ixtiyoriga havola qilgan edi. Biroq, u xalqaro huquq tamoyiliga ko‘ra, davlatlar bir-birlariga nisbatan majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan shartnomalar “Pasta sunt servanda” 21 tamoyili asosida bajarilishi shartligini tan olgan edi. Umuman olganda, mashhur olim Gobbsga tegishli bo‘lgan ushbu fikrdan kelib chiqadigan bo‘lsak, davlatlarning o‘zaro munosabatlari suverenitet tamoyiliga asoslanganligi sababli, ular ushbu jihatdan bir-biriga nisbatan tabiiy holatda bo‘ladilar va ularning huquqlari umumiy hamda ulardan ustun bo‘lgan hokimiyatda emas, balki ularning alohida irodasida o‘z voqeligiga egadir. Shuning uchun ham davlatlar o‘rtasidagi vaziyat shartnomalariga mos bo‘lgan munosabatlar va ularning buzilishi o‘rtasida tebranib, 22 “borib-kelib” turadi. Agarda suveren irodalar o‘zaro kelishuvga kela olmasa, davlatlar o‘rtasidagi nizo ochiq urush yo‘li bilan hal qilinishi mumkin. Gegelning fikricha, aynan qaysi faktlarni shartnomalarning yaqqol buzilishi deb hisoblash kerakligini ta’riflab bo‘lmaydi, chunki davlat ko‘ptomonlama munosabatlarning istalgan jihatiga o‘zining cheksizligini va o‘zining obro‘sini olib kirishi mumkin. Bundan tashqari, – deya o‘z fikrini davom ettiradi u, – davlat ma’naviy mohiyat sifatida faqat haqiqiy buzilishlarnigina e’tiborga olish bilan cheklanib qolmaydi; buning ustiga, bunday buzilishni boshqa davlat tomonidan tahdid solayotgan xavf-xatar, yoki uning yovuz niyatlari to‘g‘risidagi taxmin sifatida qabul qilinishi ham mazkur ixtilofli holatga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi.23 Xalqaro munosabatlarning ko‘p yillik amaliyoti buyuk nemis faylasufining mulohazalari adolatli ekanligini isbotlaydi.

Suverenitetni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash geoyosati bilan uyg‘unlikda davlatning hududiy yaxlitligini saqlab qolish maqsadi hal qiluvchi o‘rin tutadi. O‘z navbatida, tashqi chegaralarni himoya qilmasdan turib hamda ularning daxlsizligini ta’minlash tizimisiz mazkur vazifani bajarish mumkin emas. Geosiyosiy nazariyalarga ko‘ra, hudud va aholi o‘z-o‘zidan davlatni belgilamaydi. Davlat – bu nafaqat hudud, balki siyosiy maydondir. Binobarin, hudud qat’iy belgilangan chegaralarga ega bo‘lgan va ularning mustahkamligi ta’minlangan taqdirdagina, u, siyosiy maydonga aylanadi. O‘z navbatida, aholini xalq yoki millat deb hisoblash uchun, u davlat sifatida shakllangan va ma’lum bir siyosiy maydon doirasida yashaydigan bo‘lishi shart.

Boshqacha qilib aytganda, siyosiy maydon – bu davlatning yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan maydondir. Demak, agar davlatning aniq belgilangan chegaralari mavjud bo‘lmasa hamda ularning mustahkamligi va daxlsizligi ta’minlanmasa, bunday davlatning suvereniteti shunchaki rasmiyatchilikka aylanib qoladi. Chegaralar nafaqat tashqaridan dushmanning kirib kelishiga hamda nazoratsiz amalga oshiriladigan iqtisodiy va demografik ekspansiyaga to‘sqinlik qilish, turli xil separatistik tendensiyalar hamda oqimlarga qarshi chiqish uchungina emas, balki qo‘shni davlatlar bilan risoladagiday madaniy munosabatlarni o‘rnatish uchun ham zarur. Bunday chegaralar bo‘lmagan joyda davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, odatda munozarali hududlar borasida ziddiyatli tus oladi. 24

Bugungi kunda xavfsizlikning har xil turlari haqida ko‘p aytiladi va yoziladi: ichki va tashqi, harbiy-strategik va iqtisodiy ijtimoiy va oziq-ovqat, ekologik va axborot xavfsizligi va h. k. Biroq, bularning bari, tashqi tafovutlarga qaramasdan, fikrimizcha, yagona umumiy maqsadga asoslanadi, ya’ni – davlatning suverenligi va uning eng muhim jihati – uning chegaraga ega ekanligidadir.25 Chegara yo‘q bo‘lsa, mustaqillik ham bo‘lmaydi!

Demak, bizningcha, suverenitet tushunchasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan dastlabki geosiyosiy voqelik – bu uning chegaralaridir, – deya qat’iy qayd etish mumkin. Chegaralar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsani to‘liq asosda davlatning eng muhim siyosiy ustuvorliklari sirasiga kiritish mumkin, chunki davlatning hududiy yaxlitligi, shuningdek, uning suvereniteti ham, mazkur chegaralarning buzilmasligiga bog‘liq.

Yuqorida qayd etilganidek, hozirda mustaqillik muammosining turli xil talqinlari mavjud: erkinlaridan tortib, eng qat’iylarigacha va ushbu talqinlarning asosida ular nima sababdan kelib chiqqanligi yotadi. Shubhasiz, integratsiyalashgan G‘arbiy Yevropa sharoitida yashovchi G‘arbiy Yevropalik tadqiqotchining suverenitet borasidagi qarashlari ushbu muammoni yaqindagina suverenitetga erishgan davlatlar nuqtay nazaridan ko‘radigan kuzatuvchilarning qarashlaridan tubdan farq qiladi.

Bugungi kunda suverenitetni ta’minlash masalalari yangi mustaqil davlatlar uchun alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu davlatlarning aksariyatiga chegaralar Sovet Ittifoqidan meros bo‘lib qolgan hamda sobiq Ittifoq doirasidagi bu chegaralar ko‘p hollarda ma’muriy bo‘lib, har doim ham respublikalarning milliy va boshqa xususiyatlarini hisobga olmagan edi. Yagona davlat doirasida bu holat unchalik katta ahamiyatga ega emas edi, lekin respublikalar mustaqillikka erishishi bilan chegaralar muammosining dolzarbligi yanada keskin tus oldi. Mazkur holat oqibatida ichki va tashqi xarakterdagi yashirin va yaqqol ziddiyatlar majmui yuzaga keldi hamda ular separatistik tendensiyalar va ichki beqarorlik manbaiga aylandi.

Biz akademik E.Pozdnyakovning fikriga qo‘shilamiz. Uningcha, chegaralar muammosi davlatning xavfsizligini ta’minlash va uning suverenitetini himoya qilish bilan, ya’ni ushbu davlatning hayotiy muhim manfaatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Chegaralar mustahkamligini ta’minlash vazifasi davlatning boshqa muhim manfaatlari orasida ustuvor vazifa hisoblanadi. «Davlat hududining istalgan qismi, uning kattaligi va boshqa moddiy omillardan qat’i nazar, – deya ta’kidlaydi akademik, – davlat suverenitetining ramzi, uning tarixi, nufuzi hamda obro‘sining ajralmas qismidir. U yoki boshqa hududni boy berish davlat uchun nihoyatda xavfli bo‘lib, uning xavfsizligiga tahdid soladi… Bunda u yoki boshqa davlatning u yoki bu hududga tarixiy haqi borligi to‘g‘risidagi shubhali bahslardan foyda yo‘q. Davlat o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir onida nimaga erishgan bo‘lsa, o‘shanga ega bo‘ladi; va u nimagaki ega bo‘lsa, o‘sha narsani turli yo‘llar bilan iloji boricha saqlashi hamda himoya qilishi shart – bu uning yuksak burchidir».26



Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish