Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi



Download 229,86 Kb.
bet10/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

Gumanitar manfaatlarga Oq uy insoniy qadriyatlar to‘g‘risidagi amerikacha tasavvur bilan bog‘liq xatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosiy ustuvorliklar va maqsadlarni kiritadi. Bosh­qa mamlakatlar hududida yuz bergan turli xil tabiiy ofat va falokatlarning oqibatlarini bartaraf etish borasida AQShning ishtirok etishi, inson huquqlarining buzilmasligiga va ekologik muammolarning hal qilinishiga ko‘maklashishi, demokratik jarayonlar, huquqiy hamda fuqarolik normalarini qo‘llab-quvvatlashi yuqoridagi fikrning yaqqol dalili bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Qo‘shma Shtatlar o‘z ustuvorliklarini shakllantirishda tayanadigan bosh g‘oya, bugungi zamonaviy dunyoning beqarorligini, unda AQSH va uning ittifoqdoshlari uchun xavfsizlikka tahdidlarning mavjudligini e’tirof etishdan iborat bo‘lib, bundan tabiiy ravishda Amerikaning dunyoda ustuvorlik qilish zaruriyati tug‘iladi. Ma’ruzada qayd etilishicha, dunyodagi kuchlar muvozanati muntazam ravishda Amerikaning dunyoda ustuvorlik qilishining zaruriyati tug‘iladi. Ma’ruzada qayd etilishicha, dunyodagi kuchlar muvozanati o‘zgaruvchan, nobarqaror va uning turli xil tahdidlarga uchrash ehtimoli katta. Bunday tahdidlardan biri dunyoning qator regionlaridagi vaziyatning beqarorligidan iborat bo‘lib, bunda ba’zi mamlakatlar, – deb yoziladi ma’ruzada, – o‘z qo‘shnilarining mustaqilligiga, iqtisodiy barqarorligiga hamda tabiiy resurslaridan xalqaro foydalanishga tahdid soladilar».39

Bunday baho Oq uy tahlilchilarini mantiqan sanab o‘tilgan tahdidlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, xalqaro muammolarni hal qilishda faol qatnashish va o‘zining yetakchi iqtisodiy, siyosiy, harbiy kommunikatsiya hamda boshqa mavqelarini ta’minlash zarurligi haqidagi xulosaga olib keladi. Ma’ruzada shunday yoziladi: «Biz o‘zimizning harbiy, diplomatik, razvedkachilik va boshqa intilishlarimizni ta’minlashimiz uchun zarur bo‘lgan tegishli resurslarni ajratmasak, o‘z yetakchilik rolimizni amalga oshira olmaymiz. Biz o‘zimizning global yetakchiligimizni ta’minlash va bizning manfaatlarimizga qo‘shilgan mamlakatlar uchun xavfsizlik sohasidagi ishonchli ittifoqdosh sifatidagi maqomimizni saqlab qolish maqsadida boshqa davlatlar hamda xalqaro munosabatlarning nohukumat subyektlariga ta’sir ko‘rsatish uchun milliy qudratning barcha zaruriy vositalarini qo‘llashga tayyor bo‘lmog‘imiz darkor».40

Shuning bilan birga, Qo‘shma Shtatlar bu holat AQSH davlati olib borayotgan mazkur siyosat manfaatlariga eng muvofiq kelgan va muqobil variant bo‘lmagan hollarda, vaziyat taqozosi bilan yakka o‘zi harakat qilishdan ham bosh tortayotgani yo‘q. Mazkur huquq, tushunishimizcha, faqat Qo‘shma Shtatlarning o‘zigagina taalluqli bo‘lganligi sababli, dunyodagi alohida jiddiy nizolar mavjud bo‘lgan hollar ittifoqchilik majburiyatlari va maslahatlari deyarli bir pul bo‘lib qoladi. An’anaviy AQSH ittifoqchilarining Yugoslaviya, Afg‘oniston va Iroqdagi voqyealar jarayonidagi “sahna bezagi” sifatidagi ishtiroki ushbu qoidani yana bir bor isbotlaydi.

AQShning milliy manfaatlari ko‘rib chiqiladigan deyarli barcha manbalarida uchraydigan yana bir muhim shartni qayd etishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shma Shtatlarning hayotiy muhim manfaatlari ro‘yxatiga AQSH uchun eng ahamiyatli bo‘lgan regionlarda mintaqaviy rahnamolar paydo bo‘lishining oldini olish haqidagi band albatta kiritiladi. Mazkur band Qo‘shma Shtatlarning milliy manfaatlariga taalluqli bo‘lgan, so‘nggi paytdagi barcha hujjatlardan o‘rin olgan. 41 U, birinchi navbatda, Amerika uchun Yevroosiyo hududlaridagi qulay bo‘lgan kuchlar muvozanatini buzish, shuningdek, mazkur nihoyatda boy regionning energoresurs­laridan uzoq muddatli foydalanish huquqini yo‘qotishdan xavfsirash bilan izohlanadi. So‘nggi omilning AQSH uchun nechog‘li muhimligini 70-yillar boshidagi energetika inqirozi va Fors ko‘rfazida G‘arbga neft yetkazib berishni barqarorlashtirish maqsadida Amerika tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. AQShning Iroqqa nisbatan tutgan qat’iy yo‘nalishdagi munosabati ham buning shaksiz dalilidir. Mazkur fikr Djeyms Beyker – Xamilton Li qatnashgan Iroq bo‘yicha Komissiyaning Ma’ruzasida aniq bayon qilingan. 42 (Iraq Study Group Report). Unda kenja Dj.Bush ma’muriyatining Yaqin Sharqdagi ko‘p sonli xatolari butun tafsilotlari bilan ko‘rsatilgan, Saddam Husayn ag‘darilganidan keyingi Iroqdagi vaziyat sinchiklab, batafsil tahlil qilingan bo‘lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, diplomatik mazmundagi keng doiradagi tavsiyalarni o‘z ichiga olgan, biroq, Nuri Al-Maliki rahbarligidagi yangi Iroq hukumatiga hokimiyatni to‘liq nazorat qilish vakolatining berilishi yoki bevosita bostirib kirish fakti haqida hech narsa deyilmagan. Yangi Nuri Al-Maliki hukumatining o‘ziyoq regionda AQSH hozir bo‘lganligiining siyosiy mahsulidir.

Bugungi Qo‘shma Shtatlar – dunyodagi yagona buyuk mamlakat bo‘lib, umuman, xalqaro munosabatlar tizimidagi va alohida mintagalardagi barqarorlik ko‘pincha uning siyosatiga bog‘liqdir. Biroq, qizig‘i shundaki, aynan AQSH yagona buyuk mamlakat bo‘lganligi tufayli ham, muvozanatning ochiq-oydin buzilganligi va tob tashlaganlik tufayli xalqaro barqarorlik jiddiy zarar ko‘rgan. Bu esa shundan dalolat beradiki, bugungi kunda ham, xuddi avvalgidek, davlat arboblari, Gans Morgentauning ta’biri bilan aytganda, «kuch sifatida belgilangan manfaat tushunchasidan kelib chiqib fikrlaydilar va harakat qiladilar».43 Va fikrlashning mazkur usuliga hozircha dunyodagi hech qanday tub o‘zgarish yoki qayta qurishlar biron-bir ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Ushbu so‘zlarning haqqoniyligini nafaqat milliy manfaatlar muammosi xayoliga chuqur o‘rnashib qolgan AQSH misolidagina emas, balki shuningdek, boshqa davlatlar misolida ayniqsa, birinchi navbatda, yaqindagina mustaqillikka erishgan davlatlar misolida ham ko‘rish mumkin.

G.Morgentau o‘zining eng muhim, e’tiborga molik asarlaridan birida shunday deb yozgan edi: «Bir-biriga qarshi kurashayotgan falasafiy, ijtimoiy va siyosiy tizimlar o‘rtasidagi mafkuraviy bahs, oxir-oqibatda, nafaqat raqobatchi davlatlarning boshqa mamlakatlarning ishlariga siyosiy, targ‘ibiy yoki iqtisodiy aralashuvi bilan emas, balki tegishli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarning aniq oshkora ustuvorliklari va illatlari bilan hal qilinadi».44

Olimning tarixan xulosalari haqqoniyligi allaqachon o‘z isbotini topdi. Biroq bugungi kunda ham shu gapni aynan takrorlash mumkin: ya’ni davlatni yetakchi marralarga olib chiqadigan omillar u yoki bu mutafakkirlarning tavsiyalari, ular mohiyatan qanchalik yaxshi ekanligidan qat’iy nazar, yoki ma’naviy qadriyatlarning mavhum tizimlari emas, balki siyosiy rahbariyatning mamlakatning milliy manfaatlarini to‘g‘ri tushunish hamda ularni, ichki va tashqi omillari butun jamuljamligini e’tiborga olgan holda ichki va tashqi omillarning butun izchillik bilan amalga oshira borish asosida xalqning turmush darajasini va iqtisodiy hamda ijtimoiiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan amaliy xatti-harakatlaridir.

Boshqacha qilib aytganda, o‘zini qudratli va mustahkam kuch sifatida anglagan va jamiyatning jami manfaatlarini o‘zida aks ettiruvchi davlat mavjud bo‘lsa (misol uchun – Qo‘shma Shtatlar), bu holda uning milliy manfaatlari o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi va aslida hech qanday mavhum­likka o‘rin qolmaydi. Bunda gap muayyan ustuvorliklarni, shuningdek maqsadlarni va ularni amalga oshirish vositalarini aniqlashtirish ustida ketishi mumkin, biroq bu, endilikda, nafaqat fanning, balki tegishli amaliy davlat organlari bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar doirasiga taalluqlidir. Davlat kuchsiz va zaif bo‘lsa, mamlakat ichkarisidagi vaziyat hamisha barqaror, jamiyat parchalangan hamda bo‘lingan bo‘lsa, uning milliy manfaatlarini aniqlash ancha mushkul bo‘lib qoladi. «Milliy manfaatlar, – deydi E.A.Pozdnyakov, – xuddi millatlar kabi, laboratoriyalarda yaratilmaydi, – ular o‘zlarining rivojlanishi va oyoqqa turishiga to‘sqinlik qilayotgan kuchlar bilan uzluksiz kurash jarayonida shakllanadilar va qaror topadilar».45

Shu o‘rinda, e’tiboringizni quyidagi muhim omilga qaratib o‘tishni istardik: milliy manfaat va undagi muhim o‘zgarishlar davlatning ichki siyosiy barqarorligi bilan ham, shuningdek, xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan tashqi siyosiy barqarorlik bilan ham o‘zaro uviy bog‘liqdir. Biroq, ana shu xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar, asosan, milliy manfaatlarni o‘zining emas, balki milliy manfaatlar tizimidagi ustuvorliklar hamda maqsadlarning o‘zgarishiga olib keladi. Aytaylik, Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi va bu bilan birga davlatlararo munosabatlar doirasidagi ikki qutbli tizimning barbod bo‘lishi bilan bog‘liq holda jahon siyosiy maydonida ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlarga qaramasdan, o‘zining ichki va tashqi jihatlaridan barqarorligicha qolishi AQShning milliy manfaatlariga aytarli muhim o‘zgarishlar olib kelmadi. Yoki Chexiya va Polsha hududida raketalarga qarshi mudofaa (RQM) elementlarini joylashtirish haqidagi qarorni olib ko‘raylik, mazkur hujjat Bush ma’muriyatining taktik yurishi emas, balki bir necha ma’muriyatlarga taalluqli bo‘lgan, AQSH tashqi siyosatining strategik dasturidir. RFAning Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar bo‘yicha eksperti Aleksandr Pikayevning ta’kidlashicha, demokratlar orasida (amerika ma’muriyatida) hatto Iroqdan qo‘shinlarni olib chiqish kabi muhim masalalar borasida ham yakdillik yo‘q va shu sababli demokratlardan qo‘yilgan nomzod g‘alaba qozongan taqdirda ham, Sharqiy Yevropada Amerika RQM tizimining tashkil qilinishi qayta ko‘rib chiqilishini kutish befoyda. 46

Ayni paytda, ularning mazkur o‘zgarishlari ulardagi tashqi siyosiy ustuvorliklar mutanosibligiga sezilarli tuzatishlar kiritgan bo‘lib, xususan aytganda, Markaziy Osiyo AQSH uchun ana shunday tashqi siyosiy ustuvorliklardan biriga aylandi. Avvallari Markaziy Osiyoning katta qismi SSSRning tarkibiga kirar edi, hozir esa ushbu nisbatan mustaqil mintaga, ulkan siyosiy, iqtisodiy va strategik salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro munosabatlarning umumiy tizimining muhim tizimosti birligini tashkil qiladi.

Rossiya bilan olib boriladigan siyosiy «o‘yin»da Markaziy Osiyoda hukmronlikka erishish va uni qo‘llab-quvvatlashdan Qo‘shma Shtatlar, shubhasiz, manfaatdor, albatta. Bu haqda Amerika davlat va siyosiy arboblari, shuningdek, Bjezinskiy, Kissindjer, Telbott singari yetakchi tahlilchilari timsolida ko‘p marotaba bayon qilganlar. Ular o‘zlarining 2001 – yilda Afg‘onistonda o‘tkazgan aksilterrorchilik operatsiyasi natijasida buning uchun qulay imkoniyatni qo‘lga kiritadilar. AQSH Davlat kotibining yordamchisi Elizabet Djons AQSH Senatining xalqaro muammolar sohasidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha quyi qo‘mitasida qilgan ma’ruzasida shunday dedi: «afg‘on nizosi hal etilganidan so‘ng, ham biz Markaziy Osiyodan chiqib ketmaymiz: iqtisodiyot va jamiyatni isloh qilishga bo‘lgan intilishlari, terrorizmga qarshi kurashda ular bizni qanday qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsalar, biz ham bu mintaqa davlatlarini xuddi shunday qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Bu uzoq muddatli munosabatlardir».47 Garchand, istalgan siyosiy tadqiqotda u yoki bu davlat yoki partiyalarning muayyan siyosatini baholashdan o‘zni ti­yish juda qiyin bo‘lsa-da, so‘nggi yillardagi voqyealardan kelib chiqadigan bo‘lsak, ahvol haqiqatan ham shunday. Bunday hollarda muallif hamisha Maks Veberning nazariy tadqiqotlarda bunga mumkin qadar yo‘l qo‘ymaslik haqidagi tavsiyasini yodga oladi, chunki aks holda tadqiqot partiyaviy tabiat kasb etib qolishi mumkin.

O‘z navbatida, Bjezinskiyning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mintagasi, ayni damda, buyuk davlatlarning raqobatchilik «qozoni»48ga aylanib qolish xavfi ostida bo‘lib, bunda bosh geosiyosiy maqsad – bu Yevroosiyoning markaziy maydoni ustidan nazorat o‘rnatish, geoiqtisodiy maqsad esa – mintaganing resurs salohiyati hamda transport aloqalari ustidan nazoratning amalga oshirilishidan iborat va u ko‘p jihatdan Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zi o‘z siyosatini qaysi yo‘nalishda olib borishiga bog‘liq bo‘lib, bu holda sayyoramizning poyonsiz kengliklarida joylashgan kuchlar muvozanati ana shu omillarga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Shunday qilib, Qo‘shma Shtatlar milliy manfaatlarining so‘nggi o‘n yillikdagi tadrijiy rivojini kuzatsak, ularning evolyutsion rivojlanish marominigina emas, o‘ta barqarorligicha qolib kelayotgan tizimda AQSH milliy manfaatlarining qanchadan-qancha siyosiy ustuvorliklar va muayyan tashqi siyosiy maqsadlarning ham almashganligining guvohi bo‘lamiz (keyinchalik bu haqda alohida so‘z yuritiladi).

Dunyoda kuchlarning ikki qutbli muvozanati amal qilgan davrda Sovet Ittifoqining zaiflashuvi AQSH milliy manfaatlariga hamohang bo‘lishi tabiiy edi. Sovet Ittifoqi parchalanib, Rossiya mohiyatan uning siyosiy vorisiga aylanganidan so‘ng, dunyodagi vaziyat nafaqat soddalashmadi, balki bundan-da murakkab va oldindan biron-bir fikr bildirib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi, Qo‘shma Shtatlar xavfsizligiga tahdidlar esa kamayish o‘rniga, sezilarli darajada oshib ketdi va ikki qutbli dunyo davridagiga nisbatan sifat jihatidan yangicha tus oldi. Natijada, AQShda «milliy xavfsizlik manfaatlari» deb ataluvchi umumiy milliy manfaatlar o‘ziga xos tabiatini saqlab qolgan bo‘lishiga qaramasdan, ustuvorliklar va maqsadlar tizimi jiddiy o‘zgardi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Gans Morgentau milliy manfaatni nafaqat siyosatni realistik tushunishning asosi sifatida qabul qiladi, balki uni amalga oshirish vositasi sifatida milliy manfaatning kuch bilan uzviy bog‘liqligini ham e’tirof qiladi.

Kuch nuqtaiy nazaridan belgilangan manfaat konsepsiyasi, – deb yozadi u – siyosiy realizmga xalqaro siyosat changalzorlarida o‘z yo‘lini topish uchun yordam beradigan bosh vosita bo‘lib hisoblanadi».49 Shubhasiz, faqat davlatgina ana shunday kuch sohibi bo‘la oladi.

O‘zining ko‘p sonli asarlarida Morgentau milliy manfaatlar tushunchasini turlicha ma’nolar nuqtaiy nazaridan ko‘rib chiqadi: hayotiy muhim manfaatlar, bosh manfaatlar, ikkinchi darajali, umumiy, nizoli, bir xil, doimiy, o‘zgaruvchan va hokazo manfaatlar. Davlatning bosh manfaati (xususan, shuning o‘zi milliy manfaat) davlatning jismoniy, siyosiy va madaniy yaxlitligining himoyasini anglatadi. Bosh manfaat murosasozlik, muzokaralar yoki siyosiy savdolashuvning obyekti bo‘la olmaydi. Barcha davlatlar bir xil bosh manfaatga ega bo‘lib, uni qanday bo‘lmasin, himoya qilishlari shart. 50

Ana shu barcha mulohazalarga qo‘shimcha qilib yana shuni ham aytish mumkinki, milliy manfaatning «siyosiy realizm» maktabi doirasidagi talqini «milliy manfaat» tushunchasi bilan ta’riflanadigan funksional o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi murakkab tizimning faqat bir qisminigina ifodalaydi va bu tizim, davlatning tashqi xavfsizligini ta’minlash manfaatlaridangina iborat bo‘lmaydi. 51

Davlatning milliy manfaati o‘z ichiga mamlakatning umumiy geosiyo­siy manfaatlarini, iqtisodiy manfaatlarini, shuningdek, asosiy ijtimoiy va davlat institutlarining barqarorligini saqlab qolish bilan bog‘liq manfaatlarni hamda jamiyatda ijtimoiy va huquqiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi manfaatlarni o‘z ichiga oladi. Biroq, bular ham hali hammasi emas. Davlatning chuqur asosini har bir xalqning o‘ziga xos an’anaviy tarixiy, madaniy va etno-psixologik asoslari tashkil qiladiki, bu omillar, uni nafaqat davlatning rasmiy shiori ostidagi individlarning oddiygina mexanik majmuiga, balki ma’lum bir madaniy yaxlitlik sifatida xalqqa aylantiradi.

Milliy manfaatlarning mazmuni xalqning o‘ziga xosligi, uning asl an’analari va urf-odatlari bilan, ya’ni uning madaniyati bilan belgilanadi hamda ushbu manfaatlar mazkur o‘ziga xos madaniyatni saqlab qolishga, lekin hech bir o‘zgarishsiz qotib qolgan turg‘un holatda emas, balki har bir muayyan davrda millatning va davlatning oldida turgan vazifalar asosida bu madaniyatni yanada rivojlantirish va boyitish ma’nosida saqlab qolishga qaratilgandir. Milliy manfaatlar bu ma’noda ma’lum bir idealni gavdalantirib, jamiyat va davlat ana shu mukammallik timsolini amalga oshirishga intilishi lozim. Davlat rahbariyatining donoligi shundan iboratki, mazkur mukammallik timsoliga tayanib va ayni paytda, jamiyat va davlat hayotining real ichki hamda tashqi shart-sharoitlariga mumkin qadar yaqinlashtirgan holda, millat manfaatlarining mazkur sharoitda aynan mos muqobil bo‘lmagan turlarini ifodalash talab etiladi.

Shunday qilib, milliy manfaatlar xalqning milliy o‘zligini («milliy xarakter»ni) anglash, uning an’analari, shuningdek, mamlakat geosiyosiy mavqyeining o‘ziga xosligi singari tushunchalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘z navbatida, millatning tarixiy genezisi, uning mentaliteti va ruhiy holatining o‘ziga xosligi, har bir davlatni osonlikcha ajratib olish mumkin bo‘lgan tashqi siyosatdagi yagona «milliy uslub»­ni shakllantiradi. Xalqaro munosabatlarning zamonaviy nazariyachilaridan biri, amerikalik tadqiqotchi Kolin Grey bu haqda shunday yozadi: «Milliy uslub… – bu mazkur muayyan davlat uchun yetarli darajada yaxshi «ishlaydigan» uslubdir. Milliy uslub – bu siyosat ijodkorlari o‘ylab topgan tasodifiy omil bo‘lmasdan, balki aksincha, turli xil tahdidlarga milliy javobning butun o‘tmish davomida kechgan tarixiy tajriba sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan modelidir».52

Shu munosabat bilan, O‘zbekistonning «milliy uslubi» haqida gap ketadigan bo‘lsa, fikrimizcha, u, avvalo, tashqi siyosatning muvozanatlashuvi hamda uning bosiqligi bilan, shuningdek, davlatlarning harbiy-siyosiy ittifoqlari yoki guruhlarining hech biriga qo‘shilmaydigan va ayni paytda, o‘zining mustaqil mintga davlat sifatidagi siyosiy maqomini saqlab qoladigan hamda uni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydigan, shu bilan birga, o‘ziga xosligini saqlab qolayotgan hamda zamonaviy davlatlarning siyosati darajasida bo‘lishga intilishi bilan tavsiflanadi. Mazkur uslubning asosida yotgan sharq donishmandligi O‘zbekiston uchun xalqaro maydonda dushman orttirmaslikka va jahon hamjamiyatida tegishli nufuzga ega bo‘lishga imkon beradi.




Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish