Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi


IV BOB. XAVFSIZLIK KATEGORIYASI



Download 229,86 Kb.
bet13/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

IV BOB.

XAVFSIZLIK KATEGORIYASI

Zamonaviy dunyoda xavfsizlikni ta’minlash choralari

Olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar voqean davlatning ichki va tashqi barqarorligi hamda xavfsizligini talab etadi. Boshqa davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida izchillik bilan harakat qilmoqda. Mazkur mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari, uning geosiyosiy joylashuvi shundayki, voqyealar salbiy tus olgani holatida u boshqa mintaqalardagi beqarorlikning kuchayishiga jiddiy turtki berib yuborishi mumkin bo‘lgan detonatorlardan biriga aylanib qolishi mumkin.

Markaziy Osiyoda turlicha etnik va diniy guruhlarga mansub bo‘lgan yuz millionga yaqin aholi yashaydi. Bu yerda yadroviy qurol, shuningdek, ulkan vayronkorlik kuchiga ega bo‘lgan oddiy harbiy qurollar to‘planib qolgan. Shimoliy Alyans va AQSH qurolli kuchlarining hamkorlikdagi xatti-harakatlari tufayli mintaqadagi asosiy terrorizm va nizolar o‘chog‘i bo‘lmish Afg‘onistonda tolibonlar rejimini yo‘q qilishga erishilgan bo‘lsa ham, ularning tub sabablarini bartaraf etish uchun hali barcha tomonlardan ko‘p vaqt hamda harakat talab etilishi shubhasizdir.

Davlat xavfsizligi o‘zi nima degani va uni qanday omillar belgilaydi? Eng umumlashgan tarzda aytish mumkinki, milliy xavfsizlik davlatning ichki va tashqi xarakterdagi tahdidlarga qarshi o‘zida mavjud bo‘lgan yakka yoki jamoaviy vositalar yordamida ularni bartaraf etish yoki neytrallash yordamida aynan mos javob berish qobiliyati bilan belgilanadi. Milliy xavfsizlik faqat tashqi muhit omillariga va ular tomonidan paydo bo‘ladigan tahdidlargagina bog‘liq emas. Xavfsizlikni ta’minlash siyosati nafaqat harbiy va siyosiy xarakterdagi, balki iqtisodiy hamda ijtimoiy xarakterdagi xavfga ega bo‘lgan istalgan tahdidlar va chaqiriqlarga aynan mos javob berish uchun mo‘ljallangandir. Boshqacha qilib aytganda, u nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan ham paydo bo‘ladigan tahdidlarga javob bermog‘i lozim va, shu asnoda, davlatning ham tashqi, ham ichki barqarorligini mustahkamlashi kerak bo‘ladi.

Milliy xavfsizlikni ta’minlashning maqsadi davlatning birdamligi, suvereniteti va mustaqilligini, uning hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy tartibini, shu bilan bir vaqtda, fuqarolarning hayoti hamda mulkini ham kafolatlashdan iboratdir.

Shuni qayd etish mumkinki, milliy xavfsizlikka yagona davlat siyosatini olib borish, iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa tabiatdagi choralar tizimi orqali erishiladi.

Bugungi o‘zaro bog‘liq dunyoda davlatlarning xavfsizligi faqatgina jamoaviy choralar bilan kafolatli ta’minlanishi mumkin, degan qoida keng tarqalgan. Xavfsizlikni bunday tushunish bir qator shartlar bilan taqozo qilinadi va ular orasida alohida olingan har bir davlatning cheklangan imkoniyatlarga ega ekanligi to‘g‘risidagi fikr eng muhim ahamiyatga egadir. Lekin faqat bugina emas. Bugungi kunda xavfsizlik tushunchasi yaqin o‘tmishda, masalan, Ikkinchi jahon urushidan oldin va «sovuq urush» yillaridagiga nisbatan ko‘p jihatdan o‘zgardi.

Dunyoda xavfsizlik haqidagi avvalgi taassurotlarni ko‘p jihatdan eskirgan deb hisoblashga yo‘l beradigan yangi omillar paydo bo‘ldi. Ular qatoriga ko‘p davlatlarni jismoniy chegaralarining «shaffofligi» ortganini, ularning barcha yo‘nalishlarda – siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, xom ashyo, axborot, demografik, oziq-ovqat, ekologiya va boshqa sohalardagi o‘zaro bog‘liqligi kuchayganligini kiritish mumkin. Zamonaviy dunyoda bitta mintaqadagi turli xil tabiiy yoki texnogen ofatlar, epidemiyalar, moliyaviy tangliklar, tashqi muhitning keng miqyosda ifloslantirilishi darhol boshqa mintaqalar xavfsizligiga ham tahdid soladi. Bunga misol sifatida Chernobil halokatini yoki 2001 yilning fevralida Angliyada sodir bo‘lgan oqsil epidemiyasini keltirish mumkin. Ushbu ofat nafaqat Angliyaning o‘zida, balki G‘arbiy va Sharqiy Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham oziq-ovqat masalasiga darhol ta’sir qildi.

Bularga terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllarini ham qo‘shish lozim, chunki ular uchun chegaralar yo‘q hamda hech qaysi davlat, hatto Qo‘shma Shtatlar singari qudratli davlat ham ularga qarshi yakkama-yakka kurashishga qodir emas (2001 yilning sentabr voqealari buning yaqqol dalilidir).

Avvallari, qariyb yaqin o‘tmish yillarida raqib, odatda, aniq va ravshan bo‘lib, unga qarshi yagona frontni tashkil qilish mumkin edi. Endilikda bunday hollar tobora kamayib bormoqda. Aksincha, urush tobora turli xildagi yashirin va katta maydonlar bo‘ylab tarqalgan shakllarga ega bo‘lmoqda. Bu urush, odatda, ma’lum bir tashqi dushmanga qarshi emas, ko‘p sonli dushmanlarga qarshi olib boriladi. Bu frontsiz urushdir – narkobiznesga qarshi, korrupsiyaga qarshi, noqonuniy pullarni legallashtirishga qarshi, terrorchilarga qarshi, davlatlar hayotiy faoliyatining turli sohalaridagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi urushdir. Mazkur holatlar xavfsizlikka qarshi yangi, noan’anaviy tahdidlarini vujudga keltiradi va ular xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanadigan davlatlararo hamda nohukumat tashkilotlarining, shuningdek, milliy hukumatlarning e’tiborini tobora o‘ziga jalb qilmoqda.

Yangi tahdidlarning paydo bo‘lishi amaliy siyosatshunoslar va olimlarni xavfsizlikni ta’minlashning noan’anaviy usullarini ishlab chiqishga undaydi. Masalan, 1997 – yilda “Foreign Affairs” jurnalida chop etilgan maqolada ta’kidlanganidek, «boshqa davlatlar tomonidan xavfsizlikka bevosita tahdid kamaymoqda. Ayni vaqtda, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkobiznes, etnik nizolar, shuningdek, aholi sonining tez o‘sishi, migratsiya, atrof-muhitning ifloslantirilishi va qashshoqlik singari omillarning o‘zaro jamlangan qorishmasidan iborat noan’anaviy tahdidlar tobora bo‘y cho‘zmoqda va natijada, bularning hammasi iqtisodiy turg‘unlikka, siyosiy beqarorlikka, ba’zida esa davlatning inqiroziga olib keladi».77 Bu xildagi tahdidlar, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasidagi qator davlatlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Xavfsizlikka qarshi an’anaviy tahdidlar, albatta, butunlay yo‘qolib ketganicha yo‘q – ular dunyoning turli mintaqalarida vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turadi, biroq, yangi, noan’anaviy tahdidlarning soni ko‘payib va roli ortib, ular goh alohida va mustaqil ravishda yoki tahdidlarning eski turlari bilan uyg‘unlikda chiqayotganligi bugungi kunda barchaga ayon haqiqat bo‘lib qoldi.

Prinston universitetining professori R.Ulmanning 1983 yilda chop etilgan «Xavfsizlik tushunchasining yangicha ta’rifi»78 nomli maqolasida qayd etilganidek, xavfsizlikning tor ma’nodagi ta’rifi bevosita harbiy tahdidlarga urg‘usi bilan kishi e’tiborini milliy va xalqaro barqarorlikka jiddiy zarar yetkazish ehtimoliga ega noharbiy tahdidlardan chalg‘itishi mumkin. Bundan tashqari, avvalgi ta’rifda shu narsa hisobga olinmaganki, milliy xavfsizlikka qarshi eng jiddiy tahdidlardan ba’zilari davlatning o‘zidan kelib chiqishi mumkin. Ulman o‘z ta’rifini taklif etadi va, unga ko‘ra, milliy xavfsizlikka tahdid – bu harakat yoki voqealarning ketma-ketligi bo‘lib, ular: 1) nisbatan qisqa vaqt ichida davlat aholisining turmush darajasi keskin pasayib ketish ehtimoli bilan; 2) mamlakat hukumati yoki davlat ichidagi nohukumat tashkilotlari (alohida shaxslar, guruhlar va korporatsiyalar) tomonidan siyosiy muqobilliklarni tanlash imkoniyatining jiddiy qisqartirilishi xavotiriga egadir. 79


Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish