Yangi, III mingyillikning bugungi voqeligi, ushbu marraning qay darajada shartliligidan qat’i nazar, insoniyatni kutayotgan ertangi kelajak to‘g‘risida o‘yga toldiradi



Download 229,86 Kb.
bet16/19
Sana01.01.2022
Hajmi229,86 Kb.
#291822
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Xalqaro Munosabatlar nazariyasi

Makoniy-geografik jihat. Ushbu jihat O‘zbekistonning geosiyosiy mavqeidagi uning ichki va tashqi siyosatiga doimo bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladigan bosh jihat hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, mintaqaning Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida shimoli-g‘arbidan janubi-sharqiy tarafiga cho‘zilib ketgan yerlarini egallagan. Respublika g‘arbda Turkmaniston bilan, shimol va sharqda – Qozog‘iston bilan, janubi-sharqda – Qirg‘iziston va Tojikiston bilan, janubda – Afg‘oniston bilan chegaradosh. O‘zbekiston hududining umumiy maydoni 447 000 kv. kmni tashkil qilib, undan deyarli 3/5 qismini cho‘l va yarim cho‘l rayonlar egallaydi. Ushbu jihat demografik omil bilan uyg‘unlikda, ayniqsa, muhimdir, chunki ular birgalikda aholi bandligi muammosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston nafaqat ochiq dengizga chiqmaydigan, balki hududlari ham bunday chiqishga ega bo‘lmagan davlatlar bilan o‘ralgan («double-land-locked») dunyoning kam sonli davlatlari sirasiga kiradi. Eng yaqin dengiz portidan u uch ming kilometr uzoqlikda joylashgan. Mazkur omil, odatda, mamlakatning geografik joylashuvi noqulayligi haqidagi dalilning isboti uchun keltiriladigan yagona omil deb aytish mumkin. Biroq, ushbu ta’kidni mutlaq shubhasiz deb ham bo‘lmaydi, chunki dengizlardan uzoqda joylashganlik bilan bog‘liq noqulayliklar ma’lum darajada boshqa omillar evaziga to‘ldiriladi va ularning mavjudligi O‘zbekiston geosiyosiy mavqeining bir qator afzalliklari ham mavjudligidan dalolat beradi. Respublika geosiyosiy mavqeining qulayligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: zamonaviy O‘zbekiston hududi tarixan qadimgi savdo yo‘llari tutashadigan, tashqi aloqalar hamda turli xalqlar madaniyatlarining o‘zaro boyish jarayoni faol kechadigan joy bo‘lib kelgan edi. Bugungi kunda ham O‘zbekiston, o‘zining avtonom energetik va suv tizimlari tufayli, mintaqaning markazida joylashgan bo‘lib, u, ayni paytda, O‘rta Osiyo respublikalarini o‘zaro bog‘lab turuvchi bo‘g‘in vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston, Yevroosiyoning G‘arbni Sharq bilan, Janubni Shimol bilan bog‘lovchi asosiy yo‘llari kesishgan yerda joylashgandir.

O‘zbekistonning geosiyosiy mavqei uni davlatlararo tranzit, tovarlar, kapital va ishchi kuchining o‘ziga xos kesishuv nuqtasiga aylantirish O‘rta Osiyo respublikalarining iqtisodiyot, madaniyat hamda siyosat sohalarida integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratadi.

Makoniy-geografik afzalliklar O‘zbekistonning iqlimiy va tabiiy-resurs jihatining bir qator qulayliklari bilan to‘ldiriladi. Respublika iqtisodiyotining agrar sektorini keng rivojlantirish, jahon bozorida talab katta bo‘lgan, alohida qimmatbaho qishloq xo‘jalik ekinlari va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qulay bo‘lgan hududda joylashgan. Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyoti kuchli iqlimiy tebranishlarga ma’lum bir bog‘liqlikdadir. O‘zbekistonda iqlim keskin-kontinental bo‘lib, uning uchun qurg‘oqchilik, atmosfera yog‘ingarchiligining kamligi, havo nisbiy namligining pastligi va quyoshning o‘ta faolligi xosdir. Bularning bari sun’iy sug‘orish va irrigatsiya tarmog‘ini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilishi lozimligini taqozo qiladi. O‘z navbatida, sug‘oriladigan deh­qonchilikning o‘ziga xos xususiyati qishloqda iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi o‘z talablarini ilgari suradi. Sovet hukumati davridayoq O‘zbekistonda sug‘oriladigan dehqonchilikka asos solingan bo‘lib, natijada, u dunyoda yetakchi paxta ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi. Paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar katta eksport salohiyatiga ega ekanligi tufayli ham, mamlakat uchun uning milliy manfaatlari darajasida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Agar butun Markaziy Osiyo 2 mln. tonnaga yaqin paxta tolasini ishlab chiqarsa, undan 1,5 mln. tonnasi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Respublika paxta tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi va uning eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. 84 Paxta eksporti o‘rtacha hisobda yiliga taxminan 3 mln. tonnani tashkil qiladi va bu O‘zbekistonning deyarli 2,6 mlrd. AQSH dollari hajmida, ya’ni butun ishlab topilgan valutani uchdan bir qismigacha bo‘lgan miqdorda daromad olish imkonini beradi. 85

Shu munosabat bilan qayd etish joizki, sobiq Markazning Sovet hokimiyati yillaridagi siyosati oqibatida respublika shaklan zaif va buzilgan qishloq xo‘jaligi tuzilmasiga ega bo‘ldi. Bunda, paxta eng yaxshi sug‘oriladigan yerlarni egallab oldi va boshqa ko‘p qishloq xo‘jalik ekinlarini siqib chiqardi. Bugungi kunda davlat ushbu nomutanosiblikni muvozanatga keltirib, uni imkon qadar rostlashga intilmoqda va davlat mintaqalararo mehnat taqsimotida aksariyat o‘z ta’m xususiyatlariga ko‘ra o‘xshashi bo‘lmagan sabzavotlar, uzum va mevalarni yetkazib beruvchi bosh ta’minotchiga aylanmoqda. Hozirda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hajmi respublika ichki bozoridagi ehtiyojdan ancha ortiqdir (yiliga 5 mln. tonnagacha86), va u respublika eksportining asosiy daromad manbaalaridan biriga aylandi.

Ana shu holatlarning bari O‘zbekistonning suv resurslari masalasi mamlakatning hayotiy ehtiyojlari uchun muhim milliy manfaatlar va davlatning iqtisodiy xavfsizligni ta’minlash darajasidagi dolzarb masala ekanligini shaksiz isbotlaydi. O‘zbekistonning va umuman butun mintaqaning eng yirik daryolari – Amudaryo va Sirdaryodir. Ana shu ikki daryo va ularning irmoqlari respublika tashqarisida boshlanib, o‘zining faqatgina o‘rta va quyi oqimlari doirasidagina mamlakatimiz hududi bo‘ylab oqadi. Bundan tashqari, ushbu daryolar suv resurslarining kattagina qismi barcha O‘rta Osiyo davlatlarining yerlarini sug‘orish uchun sarflanadi. Yana shuni ham hisobga olish kerakki, Amudaryo va Sirdaryo suvlari nafaqat respublika va mintaqa mamlakatlarida yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda sug‘orish uchun, balki gidroenergetikani rivojlantirish uchun ham qo‘llanadi. Suv resurslari bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan, mintaqa uchun Orol ko‘li (dengizi) katta ahamiyatga egadir. Biroq so‘nggi yillarda Orolning hajmi uch baravardan ortiq, maydoni esa – ikki baravar kamaydi, shuningdek, uning qirg‘og‘i 80 kmga qisqardi, suvining minerallashuvi to‘rt baravar oshib, 2 mln. gektar haydaladigan yerlar cho‘lga aylandi, chang-to‘zonli bo‘ronlarning harakat qilish radiusi 300 va undan ortiq kilometrga yetdi. Bularning bari mintaqadagi umumiy ahvolga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta.

O‘zbekiston tabiiy-xom ashyo resurslarining ulkan zaxirasiga ega bo‘lib, bu resurslar unga iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o‘zgartirishlarni amalga oshirish hamda respublikaning jahon bozoriga chiqishini ta’minlaydigan sohalarni rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratadi. Respublika konlarida mineral-xom ashyo resurslarining katta va noyob zaxiralari mavjud. Hozirgi kunga kelib, respublikada yuzga yaqin mineral xom ashyo turlari aniqlanib, ular mamlakatimizdagi ko‘plab konlarda joylashgan (mazkur zaxiralar qiymati 970 mlrd. AQSH dollariga teng miqdorda baholangan). 87 Ana shu konlarda Mendeleyev jadvalidagi deyarli barcha moddalar ko‘plab uchraydi.

Respublikaning katta miqdordagi tabiiy energoresurslarga, ya’ni neft, gaz va ko‘mir zaxiralariga boy ekanligi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga egadir. Butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi gaz kondensati zaxirasining taxminan 74 foizi, neftning – 31 foizi, tabiiy gazning 40 foizi va ko‘mirning 55 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tabiiy gazning aniqlangan zaxiralari 2 trln. kubometrga yaqinni, ko‘mir zaxirasi – 2 mlrd. tonnadan ortiqni, neft miqdori esa – 350 mln. tonnani tashkil qiladi. Tabiiy gazni qazib olish bo‘yicha respublika sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida uchinchi o‘rinda turadi va dunyoning gaz qazib chiqaruvchi eng yirik davlatlarning o‘nligiga kiradi.

Respublikada 140 dan ortiq neft konlari mavjud bo‘lib, ularda ba’zi bir baholashlarga ko‘ra, 350 mln. tonnadan ortiq neft bor. Bundan tashqari, respublika hududining 60 foizga yaqini neft va gazni qazib olish uchun istiqbolli hududlar sirasiga kiradi. Ba’zi bir baholarga ko‘ra, to‘qsoninchi yillar boshidagi qazib olish darajasini saqlab qolinganida, respublikaning neft bilan ta’minlanganlik darajasi, chamasi, 80-100 yilni tashkil qiladi (qiyoslash uchun, Turkmaniston zaxirasi – 50 yil muddatga mo‘ljallangandir. 88

O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika nafaqat kompleksi o‘zining muntazam o‘sib boruvchi ehtiyojlarini ta’minlabgina qolmasdan, balki respublika uzoq vaqtlardan beri boshqa mintaqalarga ham tabiiy gazni yetkazib berib kelmoqda. Foydali qazilmalar ko‘p turlarining kompleksli xarakterga egaligi, qulay kon-geologiya sharoitlarida joylashganligi hamda ularning yuqori hududiy konsentratsiyasi konlarni samarali o‘zlashtirish va jahon bozorida sanoatning tog‘-qazilma boyliklari bilan bog‘liq bir qator raqobatbardosh sohalarini rivojlantirish uchun tegishli sharoitlarni vujudga keltiradi.

O‘zbekiston, shuningdek, eng yuqori navli oltin, kumush, uran singari va boshqa shunga o‘xshash qimmatbaho va noyob metallar va ularni qazib olish zaxiralari hajmiga ko‘ra ajralib turadi. Rangli va boshqa strategik jihatdan muhim bo‘lgan nodir metallar – uran, mis, molibden, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, litiy va boshqalarning zaxiralari ham salmoqli o‘rin tutadi. Respublikada 30 ta uran koni bor. Uning aniqlangan zaxiralari qariyb 50-60 yil davomida uran qazib olishni ta’minlaydi. 89

Shunday qilib, O‘zbekiston dunyoda madaniyat, fan, texnologiya va iqtisodiyot borasida mustahkam mavqyeni egallash hamda mintaqa va dunyoning boshqa davlatlari bilan yaqin hamkorlik qilishda o‘zining hayotiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan milliy manfaatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha omillarga egadir.

Yuqorida qayd etilgan, O‘zbekistonning makoniy-geografik xususiyatlari va uning boy xom ashyo resurslari tufayli, respublika oldida uning uchun muhim bo‘lgan yana bir geosiyosiy muammo ko‘ndalang turadi, u ham bo‘lsa – transport kommunikatsiya muammosi. Umuman olganda, respublika keng tarmoqli transport tizimiga ega bo‘lib, u yuklar va yo‘lovchilarni ichki hamda tashqi tashishlarni, yaqin hamda uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni ta’minlaydi. Respublika hududi orqali mintaqadagi o‘zga mamlakatlarni Sharq va G‘arb davlatlari bilan tutashtiruvchi eng muhim transport yo‘llari o‘tadi.

Temir yo‘llarning uzunligi bugungi kunda taxminan yetti ming kilometrni tashkil qiladi. Havo transportiga kelsak, hozirgi davrda O‘zbekiston sobiq Ittifoqning barcha yirik shaharlari hamda dunyoning – Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya singari qator mamlakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo yo‘llari orqali bog‘langan.

O‘zbekiston yetarli darajada rivojlangan gaz quvurlari tizimiga ham ega bo‘lib, u orqali gazni MDH tarkibiga kiruvchi barcha Markaziy Osiyo davlatlariga (Turkmanistondan tashqari) eksport qilish imkoniga ega. Bundan tashqari, respublikadan Chelyabinsk, Yekaterinburg va Rossiyaning Yevropa qismiga katta quvvatli gaz quvurlari o‘tkazilgan. 90

Shu bilan birga, transport muammosi va uni rivojlantirish O‘zbekiston uchun o‘z milliy manfaatlarini va birinchi navbatda, davlat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababdan, mazkur yo‘nalishdagi asosiy vazifalardan biri – neft va gazni jahon bozoriga yetkazib berishning muqobil yo‘llarini izlashdir. Mamlakatda bevosita ochiq dengiz yo‘llarining yo‘qligi va oqibatda eksport yuklarning aksariyatini davlatlararo savdo-iqtisodiy yo‘llar orqali yetkazib berishning majburiyligi mamlakatni Hind hamda Tinch okeanlari, Qora dengiz va O‘rta yer dengizga hamda Fors ko‘rfazining eng yirik portlariga chiqishini ta’minlovchi transmilliy kommunikatsiyalarni o‘rnatishni ustuvor vazifaga aylantirdi. 1993 – yildayoq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining XIII sessiyasida Prezidentimiz Xitoy orqali Sharqqa, Eron va Turkiya orqali – G‘arbga hamda Fors ko‘rfaziga chiqish vazifasini qo‘ygan edi. 91

Davlat xavfsizligi muammosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim geosiyosiy jihat demografik omil hisoblanadi. Davlat oldida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohasida nechog‘li ulkan vazifalar turmasin, ularni oxir-oqibatda, insonlar hal qiladi. Shuning uchun, davlatning xavfsizligi – bu, avvalo, uning xalqi va uning ushbu xavfsizlikni ta’minlash qobiliyatidir. Demografik omil nafaqat mamlakat aholisi va uning sonini o‘z ichiga oladi. Demografik omil – bu, shuningdek, aholining zichligi, uning mamlakat hududi bo‘ylab taqsimlanishi, asosiy xo‘jalik-iqtisodiy sohalarning mehnat zaxiralari bilan ta’minlanganligidir.

Respublikadagi demografik vaziyat o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Birinchi navbatda, u aholi sonining jadal o‘sish sur’atlarida va, shu orqali mehnat resurslarining o‘sish sur’atlari ham jadallashuvida namoyon bo‘ladi.

So‘nggi o‘n yilliklar davomida respublika aholisi yiliga o‘rtacha hisobda 1,9-2,1 foizga o‘sib bordi va bu hol, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish dinamikasiga nisbatan yuqori talablarni oldinga suradi. 92

Hozirgi davrda O‘zbekiston aholisining umumiy soni 27 mln. kishiga yaqinlashmoqda va ushbu jihatdan u mintaqadagi eng yirik mamlakat hisoblanadi. Aholining yarmidan ko‘pi qishloq joylarida yashaydi va ular asosan qishloq xo‘jaligida band. O‘zbekistonning o‘ziga xos jihati – aholisining milliy tarkibi o‘ziga xosligidadir. Etnik jihatdan tub aholi ustuvor mavqyega egadir. Shu bilan birga, respublika hududida o‘z madaniyati va an’analariga ega bo‘lgan yuzdan ortiq millat vakillari yashaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida davom etayotgan demografik «portlash» zonasining markazida joylashgan. Kutilishicha, 2010 yilda uning aholisi taxminan 30-32 mln. kishiga yetadi. 93 Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida O‘zbekistonda aholi hammadan zich yashaydi, yoki unda har 1 kv. kmga 51-52 kishi to‘g‘ri keladi, ayni paytda, mazkur ko‘rsatkichlar Qozog‘istonda – 6,1, Qirg‘izistonda – 22,7, Turkmanistonda – 9,4 kishiga tengdir. 94

Tabiiy sharoitning o‘ziga xosligi munosabati bilan O‘zbekistonda aholi asosan vohalarda joylashgan. Aholi zichligiga ko‘ra respublikani ikkita hududga ajratish mumkin. Birinchisiga – Toshkentdan g‘arbda va shimoli-g‘arbda joylashgan hudud kiradi. Bu yerda aholi zichligi juda past (masalan, Buxoro viloyatida – har bir kv. kmga 12 kishi to‘g‘ri keladi). Ikkinchi hududga esa – O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi kiradi. Masalan, Andijon viloyatida (O‘zbekiston hududining bir foizidan kam yerni egallagan) mamlakat aholisining 9 foiziga yaqini yashaydi. Uning zichligi bu yerda O‘zbekiston bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichdan taxminan to‘qqiz baravar ortiqdir (1 kv. kmga 438 kishi). 95

Bundan respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini kengaytirish va yangi ishchi o‘rinlarini tashkil qilish vazifasi kelib chiqadi.

Bu yerda geosiyosiy, aniqrog‘i, tabiiy-iqlimiy va demografik omillarning davlatning hayotiy muhim milliy manfaatlarni va ayni paytda, ichki hamda tashqi xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan siyosati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi yaqqol namoyon bo‘ladi. Mazkur fikrga ko‘p atoqli xorij ekspertlari, jumladan, amerikalik siyosatshunos Kris Seypl qo‘shiladi. 96

Umuman olganda, shu narsa aniqki, mamlakatning makoniy geografik xususiyatlari iqlimiy-tabiiy, xom ashyoviy va demografik xususiyatlar bilan bir qatorda kelgusida ham O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatiga, shuningdek, uning milliy manfaatlari tuzilmasidagi ustuvorliklarga hamda xavfsizlikni ta’minlash borasida bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘rta Osiyodagi har bir davlat ularni o‘z imkoniyatlari doirasida va hozircha asosan yakka tartibda hal qilib keladi, biroq hamma uchun birday ravshanki, davlatlar oldida turgan muammolarning aksariyati birgina milliy vositalar yordami bilan hal qilinishi mumkin emas, ular mintaqaning boshqa davlatlari va hattoki jahon hamjamiyati tomonidan ham qilinadigan sa’y-harakatlarning ishga solinishiga muhtojdirlar.

Bu esa zamonaviy dunyoning o‘zaro uzviiy bog‘liqligi va milliy xavfsizlik muammolari mintaqa miqyosida ham, umuman dunyo miqyosida ham harbiy-siyosiy hamda iqtisodiy xavfsizlik muammolari bilan chambarchas bog‘liqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xavfsizlik muammosining tahlili doirasida shuni qayd etish joizki, deyarli milliy yoki diniy ekstremizm istisnosiz yaqin o‘tmishdagi ko‘pchilik nizolarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib hisoblanar edi. Bunday ekstremizm haqiqatan ham nizolarning muhim omili hisoblansa-da, biroq unga urg‘u berish ularning ijtimoiy-siyosiy va xalqaro asosini ko‘pincha yashirar edi. Agarda milliy va diniy ekstremizm nizolarning yagona sababi bo‘lganida, u yoki bu xalqlarda va ular o‘rtasidagi munosabatlarda mazkur ekstremizm hamda uning asosida yotgan milliy va diniy hissiyotlar o‘n yilliklar davomida tinchgina mudrab yotgani va birdaniga uyg‘ongandek bo‘lib, buzg‘unchi rolini o‘ynay boshlashi hamda cheksiz xunrezliklar bilan kechadigan nizolarga sabab bo‘lishini tushunish qiyin. XIX asr tarixiga oid qator muhim misollar mashhur Amerika olimi, Stendford universiteti professori Norman Neymark tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. 97

Odatda, yuqorida berilgan, SSSRda elatlararo nizolar mavjud bo‘lmaganligining sabablari to‘g‘risidagi savolga millatchilik va diniy ekstremizm sovet hokimiyati yillarida ham mavjud bo‘lgan, faqatgina latent, ya’ni yashirin holatda bo‘lgan, deb javob beriladi. Uning ochiq namoyon bo‘lishiga davlatning va uning butun bo‘ysundirish apparatining kuchi to‘sqinlik qilar edi. Bunda ko‘p hollarda davlatning mazkur bo‘ysundiruvchi kuchi istisnolarsiz salbiy omil sifatida qaraladi. Ba’zi bir hollarda, ayniqsa, agarda u nafaqat jamoatchilikka qarshi vaziyatlarni, balki insonlarning odatiy, tabiiy xohish-istaklarini ham bosib, turadigan hollarda ushbu kuchga haqiqatan ham salbiy omil deb qarash mumkin. Shu bilan birga kuchsiz va butun xalqning manfaatida undan amalda foydalanmasdan turib, davlatning o‘zi ham yashashi mumkin emas.

Yuqorida aytilganidek, kuch – bu davlatning ajralmas jihatidir va faqatgina davlat butun jamiyatning manfaatlari yo‘lida legitim ravishda kuchdan foydalanish yakka hokimligiga egadir. 90-yillarning boshida Farg‘ona vodiysida milliy va diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan mash’um voqealar ro‘y berganida va ana shu oqibatida yuzlab insonlar xalok bo‘lganida O‘zbekiston rahbari Islom Karimovning qat’iy xarakatlarigina bu voqealarning yanada salbiy rivojlanishining oldini olishga muyassar bo‘ldi va, natijada, mintaqada tinchlik va xotirjamlik qaror topdi.

Shu bois, ta’kidlash mumkinki, ijtimoiy-siyosiy va xalqaro jihatdan sobiq Ittifoq hududida milliy va diniy ekstremizmning avj olishi va shu bilan bog‘liq holdagi nizolarning kelib chiqishi hokimiyatdagi bo‘shliq eng muhim sabablaridan biri bo‘lib xizmat qildi. Butun tajriba esa shuni ko‘rsatadiki, ushbu bo‘shliq o‘z-o‘zidan separatizm ruhiga, buzg‘unchi, ekstremistik siyosiy kuchlarga to‘lib boradi. Aynan o‘sha tajribaning ko‘rsatishicha, mazkur kuchlar faqatgina kuchning tilini tushunadilar. Diplomatiya va muzokaralar tilini esa ular odatda o‘zining mavqeyi hamda dushmanlarining zaifligini e’tirof etish sifatida ko‘radilar va kamdan-kam hollardagina murosa qilishga rozi bo‘ladilar.

Kuch va bo‘ysundirish har qanday siyosatning va ayniqsa davlat siyosatining o‘ziga xos vositalaridir (Maks Veberning paradigmasi). Ularning yordamida jamiyatning vayron bo‘lishiga, unda boshboshdoqlik tendensiyalari va separatistik oqimlarning rivojlanishiga sabab bo‘ladigan salbiy vaziyatlar tutib turiladi va zarur hollarda, kerak bo‘lsa, bosib ham turiladi. Va biz nafaqat o‘tmish tarixidan, balki zamonaviy tarixdan ham shunga amin bo‘lamizki, qaysi joyda quvvati ketgan, davlatning uning bosib turuvchi mexanizmlari zaiflashgan joyda, o‘sha yerda parokandalik hukm sura boshlaydi boshboshdoqlik va boshqa buzg‘unchi jarayonlar uchun sharoit yaratiladi.

Mazkur xulosani nafaqat nazariya, balki butun tarix amaliyoti, ayniqsa zamonaviy davlatlarning amaliyoti tasdiqlaydi.

Gap shundaki, ulardan hech biri monotenik yoki monokonfessional emas, demak, tegishli sharoit yaratilgan taqdirda etnik yoki konfessional ekstremizmni avj olmasligidan kafolatlanmagan. Buni nafaqat yangi mustaqil davlatlar tajribasidan, balki qo‘xna davlatlar, masalan, Belgiya, Angliya, Kanada, Qo‘shma Shtatlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Shuning bilan birga, hokimiyat o‘z vaqtida o‘zini tashkillashtirib, tashabbusni o‘z qo‘liga olishga muyassar bo‘lgan yerda, etnikaro va dinlararo ziddiyatlar jiddiy nizolar shakliga kirib, qurolli to‘qnashuvlar bosqichiga o‘tib ulgurmadi. Buni, xususan, O‘zbekiston misolida ko‘rishimiz mumkin.

Davlat, avval aytib o‘tilganidek, «kuch qobig‘i» bo‘lib, u jamiyatning turfa xil qismlarini birlashtirib, ularning parchalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq ushbu kuch u yoki bu sabablarga ko‘ra zaiflashib borsa, mazkur turfa xillik darhol yuzaga chiqib, turli ko‘rinishdagi ekstremizm va nizolarga sabab bo‘ladi.

Albatta, milliy yoki konfessional ekstremizmning har bir namoyon bo‘lishi ortida doimo ma’lum bir siyosiy kuchlar turganligini rad etib bo‘lmaydi. Ushbu kuchlar nafaqat insonlarning milliy va diniy tuyg‘ularidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga, milliy yoki diniy omillarni ishga solishga, balki ushbu tuyg‘ularni o‘t oldirib yuborish, ularga tajovuzkor shakl hamda yo‘nalish berishga intiladilar. Bu xildagi yondashuv natijasida insonlarning milliy va diniy tuyg‘ulari tobora siyosiy tus olib boradi va ular siyosat omiliga aylanadi. Biroq buni har doim ham amalga oshirib bo‘lmaydi, negaki buning uchun faqatgina tegishli qulay ichki va tashqi shart-sharoitlarning mavjud bo‘lishi talab etiladi. Mazkur shartlardan asosiylari – bu hokimiyatdagi bo‘shliq, davlatning zaiflashuvi, uning konstitutsiyaviy, huquqiy va ijtimoiy asoslarining barbod bo‘lishi hamda davlatlar ichida ham, xalqaro munosabatlar sohasida ham umumtizimiy tangliklar bilan bog‘liq boshqa omillardir.

Aytish joizki, SSSRning betartib parchalanib ketishidan aslida hech kim manfaatdor emasdi. G‘arbning sog‘lom fikrli, oqil siyosatshunoslari umumiy xavfsizlikning manfaatiga yevroosiyo xartlendiga mansub bo‘lgan geosiyosiy makon ustidan olib boriladigan nazorat ko‘proq javob berishini yaxshi tushunganlar. Masalan, Bjezinskiyning fikricha, «Sovet Ittifoqini o‘t olib borayotgan milliy nizolar borasidagi yagona maqbul vosita sifatidagi, konfederatsiyaga aylanishga rag‘batlantirish kerak».98 Bu hol ro‘y bermagani bois, u Rossiya va butun sobiq sovet makonini G‘arb uchun xavfli syurprizlar manbai bo‘lgan «qora tuynuk»deb atadi. O‘z vaqtida Dj.Kennan ham bu borada xuddi shunday fikr bildirgan edi: “Sovet Rossiyasi bir lahzada eng kuchlilardan birdan eng zaif va xarob milliy hamjamiyatlardan biriga aylanib qolishi mumkin... sovet hokimiyatining kelajagi, Kreml rahbarlariga tuyulishicha, ularning o‘zini-o‘zi aldashga bo‘lgan sof ruscha moyilligi sabab, ehtimol, unchalik kafolatlangan emasdir”. 99

Sobiq Ittifoq hududida nizolar tabiatini bundan ko‘ra to‘laroq tushunish, global, regional va subregional geosiyosiy transformatsiyalar kabi omillarining ham e’tiborga olinishini talab etadi, albatta. SSSRning parchalanib ketishi va uning buyuk mamlakat sifatida jahon siyosiy sahnida mavjudligining tugatilishi dunyoning geosiyosiy xaritasini hamda unda o‘rnatilgan kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartirib yubordi. Buyuk davlatlardan birining inqirozga uchrashi natijasida sobiq sovet imperiyasi qariyb yetmish yil davomida hukm surib kelgan bepoyon geosiyosiy hududda kuch borasidagi bo‘shliq paydo bo‘ldi va aynan shu vaziyatda bosh-boshdoqlik tendensiyalari hamda ekstremizm unsurlari bosh ko‘tardi. Mazkur ulkan maydonda tashkil qilingan yangi mustaqil davlatlar bugungi kunda millat-davlatlarga aylanishning ilk bosqichida turibdilar. Ular mustaqil ravishda ushbu bo‘shliqni to‘ldirishga va o‘z uylarida tartib o‘rnatishga intilmoqdalar. Amaliyotning ko‘rsatishicha, hamma ham bu ishni yetarlicha tezkorlik bilan, keskin ichki nizolarsiz va jiddiy ma’naviy hamda moddiy yo‘qotishlarsiz uddalay olmaydi.

Ba’zilari surunkali tus olib borayotgan to‘xtovsiz nizolar natijasida ularni tezlik bilan hal qilish masalasi tobora kun tartibidan markaziy o‘rin olmoqda. Mazkur masalani hal qilish ustida siyosatchi va olimlar ko‘p yillardan buyon bosh qotirib kelmoqdalar, biroq hali-hanuz muammoning yechimi topganicha yo‘q. So‘nggi yillar va hattoki o‘n yilliklar davomida kuzatilgan nizolar tarixidan ayon bo‘lishicha, ularni faqat harbiy vositalar yordamidagina hal qilish mumkin emas. Masalan, Isroil va arab mamlakatlari o‘rtasida kechgan beshta urush, Isroilning harbiy ustunligini yaqqol namoyon qilgan bo‘lsa-da, biroq bundan Yaqin Sharq muammosi hech ham hal bo‘lib qolgani yo‘q. Buning ustiga, bugungi kunda u, shubhasiz, Isroil va Falastin davlatlari o‘rtasidagi surunkali nizo tufayli, keskinlashuvning yangi bosqichiga kirmoqda. Efiopiya va Somali davlatlari o‘rtasida Ogdenga egalik qilish uchun olib borilgan qurolli to‘qnashuvdan hech qaysi taraf biron-bir natija ko‘rmadi. 80-chi yillarning boshida Eron va Iroq o‘rtasidagi qonli urush sakkiz yil davom etdi va regional nizolarni harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligini yaqqol namoyish etdi.

Agarda zamonaviy nizolar biron-bir yechimga ega bo‘lsa ham, faqatgina mazkur nizoda qatnashayotgan hamma tomonlarning qonuniy manfaatlari hisobga olingan holdagina o‘z yechimini topishi mumkin bo‘ladi. Bunday murosaga kelishish – nihoyatda murakkab ish bo‘lib, ayni paytda, nizoni bartaraf etishning boshqacha turi, ya’ni munosabatlarni mo‘tadillashtirishning o‘zgacha usuli uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi amri mahol. Manfaatlari ziyon ko‘rayotgan taraf, bunga o‘z ixtiyoriga ko‘ra rozi bo‘lishi juda mushkul, albatta. Masalan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish borasida Falastindagi arab xalqining qonuniy manfaatlarini, uning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish hamda o‘z davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini, shuningdek, Isroilning o‘z manfaatlarini ham, jumladan, uning ham xavfsiz hamda e’tirof etilgan chegaralarda yashash huquqini, shuningdek, boshqa manfaatdor davlatlarning ham haq-huquqlarini e’tiborga olmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. Biroq ayni paytda manfaatlar ortida ularni qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan salohiyatli kuch mavjud bo‘lmasa, bunday manfaatlarning amalda ro‘yobga chiqishi dushvor bo‘lib qoladi.

Markaziy Osiyoda regional xavfsizlikning o‘zaro ichki va tashqi nizolar va shu bilan bog‘liq holdagi turli to‘qnashuvlar holatida tinchlikni saqlab turish va uni tiklashga qaratilgan choralarni, jumladan, tinchlikka ziyon yetkazuvchi va chegaralarni buzuvchilarga qarshi diplomatik, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni ko‘ra oladigan mustahkam, ishonchli tizimini barpo etish mintaqaviy ixtiloflarni bartaraf etishning eng muhim vositalaridan biri sifatida ulkan samara berishi mumkin. Biroq, regiondagi hozirgi vaziyat bunday tizimning yaqin kelajakda tashkil qilinishiga imkon bermaydi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, milliy va diniy ekstremizm hamda uning negizida paydo bo‘layotgan nizolar ham ichki, ham tashqi, yoki xalqaro omilllar bilan uzviy bog‘liqdir. Nizolarning xalqaro omillar bilan bog‘liqligi bugungi kunda jiddiy ravishda o‘zgacha tus olgan global kuch muvozanati bilan belgilanadi.

Ko‘pchilik g‘arb ekspertlarining e’tirof etishlaricha, ikki buyuk qudratli davlatning global qarama-qarshiligi bir vaqtning o‘zida ularning umumbashariy halokat uchun katalizator tezlashtirib yuboruvchi omilga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan mahalliy nizolarning avj olib ketish tahdidi borasidagi o‘zaro xavotiri bilan yanada ko‘proq jiddiy tashvishga tushishiga sababchi bo‘ladi. 100 Garvard universitetidagi Rus tadqiqotlar markazi direktori M.Goldmanning fikricha, taqdir hazili «shundan iboratki, sovuq urush ikkala tarafda ham ma’lum ma’nodagi tartib hissini tug‘dirar va shunday holatda etnik nizolar vaqtincha pinhoniy tus olar edi. Endilikda, keskinlik bir qadar yumshab, yashirin holdagi ushbu dushmanlik jilovini hech narsa tutib turolmaydi. Bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini sovuq urush qatnashchilaridan hech biri oldindan ko‘rib bilmagan edi».101

Buyuk davlatlarning mahalliy nizolarga aralashuvi tahdidi, shubhasiz, siyosiy vaziyatni bir maromda tutib turuvchi omil bo‘lgan edi va davlatlarning bir-biriga nisbatan yoki ular ichidagi har xil etnik hamda diniy guruhlar o‘rtasidagi hududiy va boshqa da’volarni ma’lum darajada cheklab turar edi. Bugun esa, beqarorlashgan o‘zaro bog‘liq, lekin tashqi to‘xtatib turuvchi kuchlardan mahrum bo‘lgan dunyo sharoitida, nizolar, zo‘ravonlik va terrorizm xurujlarining paydo bo‘lish ehtimoli nafaqat kamaydi, balki sezilarli darajada oshdi. Sobiq Yugoslaviyada Janubiy Osetiya, Armaniston va Ozarbayjonda, Pridnestrovyeda va Tojikistonda bo‘lib o‘tgan qonli voqealar buning yaqqol isbotidir.

O‘zaro uzviy bog‘langan zamonaviy dunyoda har qanday ichki nizo faqatgina milliy chegaralar doirasida uzoq vaqt saqlanib qolaolmaydi. Bir qator sabablarga ko‘ra, bunday nizo milliy doiradan chetga chiqishi va boshqa davlatlarning, birinchi navbatda, yaqin qo‘shnilarning, undan keyin esa o‘zining geostrategik hamda geoiqtisodiy maqsadlarini ko‘zlagan boshqa davlatlarning ham manfaatlariga zid bo‘lishi muqarrardir.




Download 229,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish