Rasulov Marufdjan Xalikovich
TEMIR YO’L TRANSPORTIDA BOSHQARISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5620100 – Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo’l transporti) hamda 5610600 – Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (temir yo’l transporti) ta’lim yo‘nalishlari talabalari va professor-o’qituvchilari uchun mo‘ljallangan
2-qism
Temir yo’l transportida boshqarishning avtomatlashtirilgan
tizimlarining nimtizimlari
Toshkent - 2017
UDK 658.012.011.56: 656.2
Rasulov M.X.
Temir yo’l transportida boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari. O‘quv qo‘llanma (2-qism). T.: __________________., 2017. – ___ b.
O‘quv qo‘llanmada temir yo‘l transportining tashish jarayonlarini tashkil etishga doir avtomatlashtirilgan axborot-bоshqаruv tizimlaridan tаshishlаrni tezkоr bоshqаrishning аvtоmаtlаshtirilgаn tizimi, vаgоn pаrkini bоshqаrishning аvtоmаtlаshtirilgаn tizimi, konteynerlar tashishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, tortuv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi, mashinist marshrutiga avtomatlashtirilgan integratsiyalangan ishlov berish tizimi, tezkor ishlarni dialogli nazorat qilish axborot tizimi, OSKAR-SNG va OSKAR-M kabi avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumot tizimlari, yuk stаntsiyalаridа va yo’lоvchilаrni tаshishda qo’llaniladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, axborotlarni yig’ish, uzatish va qayta ishlash avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, ekspluаtаtsiоn va mahalliy ishlаrgа rаhbаrlikning dispetcherlik tizimlari to‘g‘risida ma’lumotlar batafsil bayon etilgan.
O‘quv qo‘llanma temir yo‘l transporti oliy o‘quv yurtining 5620100 – “Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo’l transporti)” va 5610600 – “Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (temir yo’l transporti)” ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar va professor-o’qituvchilarga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma temir yo‘l kasb-xunar kollejlarining “Temir yo‘l stantsiyalariga xizmat ko’rsatish texnigi” ta’lim yo‘nalishining o‘quvchilari tomonidan “Temir yo’l transportida boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari” fanini o‘rganish uchun ham tavsiya etiladi.
Tаqrizchilаr:
O.A. Akbarov – “O’zbеkiston tеmir yo’llari” AJ Yagona dispetcherlik markazi boshlig’ining o’rinbosari;