Birinchi bosqichi. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991-yil sentabrdan 1993-yil noyabr oyigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ushbu davrda O'zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bog'liq edi. Aynan shu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi muomalaga kiritilmagan edi. Barcha hisob-kitoblar ishlari sobiq Ittifoq rubli orqali amalga oshirilar edi. Bu davrda pul-kredit tizimi o'z boshidan murakkab va og'ir davrni kechirdi. «Mustaqillikning birinchi yillarida O'zbekiston hukumati siyosiy va iqtisodiy islohotlarni arnalga oshirish paytida ikki o'zaro ziddiyatli, biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan-yagona rubl, demak, iqtisodiy qaram zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O'zbekiston, balki sobii Ittifoqning boshqa respublikalari uchun o'ziga xos xususiyat edi»31. Buning natijasida mamlakatimiz pul tizimini tashkil topishining birinchi bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi:
-banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan ta'minlashdagi muammolar. Dastlab Rossiya Davlat banki «rubl zonasida»gi mamlakatlarga berayotgan har bir rublini 25 foizi miqdorida to'lov belgilagan. O’sha davrda Rossiya O’zbekistonga o’zidan olib kelayotgan mablag’ni 100% tovar bilan ta’minlanishini shart qilib qo’ydi. Ya’ni O’zbekiston Rossiyaning qadrsiz puli o’rniga o’zining paxtasini berish kerak edi;
-sobiq Ittifoq respublikalari o'rtasida iqtisodiy munosabatlarning uzilishi bilan bog'liq, shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirishda vujudga kelgan muamrnmolar. Sobiq Ittifoq barham topgan bo'lsada, uning tarkibiga kirgan respublikalar o'rtasidagi mavjud iqtisodiy aloqalami birdan to'xtatib qo'yishning imkoniyati mavjud emas edi. Bu, o'z navbatida, put mablag'lari bilan bog'liq hisob-kitoblami tashkil etishni talab etardi. Biroq sobiq Ittifoq davrida amal qilgan rubllaming keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o'zaro hisob-kitob ishlarining izdan chiqishi ushbu ishlami amalga oshirishni qiyinlashtirib yubordi. Shu bois ham, 1993-yil may oyidan mamlakatimiz Markaziy banki milliy valutasini joriy etgan MDH mamlakatlari va O'zbekiston o'rtasidagi tuzilgan bitimlami qayta ko'rib chiqib, tijorat banklariga Markaziy bank vakillik hisobvarag'ini chetlab o'tib, to'g'ridan -to'g'ri hisob-kitoblarni olib borishi taqiqlandi32;
-O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi muammolar. Pul tizimini tashkil topishining birinchi bosqichida O’zbekiston mustaqil pul-kredit siyosatini yuritishini imkoni yo’q edi, chunki muomalaga chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki tomonidan amalga oshirilib, ularni tartibga solish imkoniyati mavjud emas edi. Yuqorida aytilgan holatlar nafaqat mamlakatimiz bank tizimida, balki barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bank tizimida ham qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar vujudga kela boshladi. Natijada ular 1992-yilning may -iyun oylaridan boshlab o'z milliy valutalarini muomalaga kirita boshladi. Quyidagi jadvalda milliy valutalami muomalaga kiritgan mamlakatlar va ularning sanasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Buning natijasida, o'z milliy valutasini joriy qilgan davlatlarda sobiq Ittifoqning 1961-1992-yillar namunasidagi rubllar qadrini yo'qotgan «oddiy qog'oz» sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, bu jarayon mamlakatimiz iste'mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda katta hajmda chetga oqib ketishi ro'y berdi
MDHga a'zo mamlakatlar tomonidan milliy valutalarining joriy etilishi33
Shunday sharoitda iste'mol bozorini himoya qilishning yagona yo'li zudlik bilan muomalaga milliy valyutani kiritish edi. Tarixdan ma'lumki milliy pul birligini kiritish uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Ularni vujudga keltirish kerak edi. Bu ishlarni bajarish ko’p vaqtni olgan. Ammo, bu vaqt ichida iste'mol bozorini qog'ozga aylanib borayotgan rubllardan himoya qilib borish ham zurur edi. Aks holda, mamlakat iqtisodiyoti izdan chiqib ketishi mumkin edi. Shuning uchun, dastlabki vaqtlarda iste'mol bozorini himoya qilish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 15-mayda «Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste'mol bozorini himoyalashni kuchaytirish to'g'risida» qaror qabul qildi34. Mazkur qarorga ko'ra aholining tovar sotib olishi va depozit operatsiyalarining bajarilishida pasport va kupon tizimi joriy etildi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari 1993-yil l0-maydan boshlab, banklarga qo'yiladigan omonatlar pasport asosida qabul qilinishi joriy etildi, qiymati 25 ming rubldan yuqori bo'lgan tovarlarni kuponlar asosida sotilishi belgilab qo'yildi, 25 ming rubldan yuqori qiymatdagi tovarlar bank omonatchilarining topshirig'iga ko'ra, pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishi joriy etildi.