3. Qiymatning umumiy shakli.Bu sharoitda umumiy ekvivalent sifatida e'tirof etilgan tovarlar eramizdan oldingi V-IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur bo'lgan tovarni o'zlashtirishga qaratildi. Umumiy ekvivalent sifatida qo'y, don, jun, qimmatbaho buyum va boshqalar e'tirof etildi, lekin ular o'zining xossasidan kelib chiqqan holda uzoq vaqt umumiy ekvivalent vazifasini bajarmadi. Chunki, ishlab chiqarishning rivojlanishi, kishilar o'rtasida iqtisodiy munosabatlarni tezlashtirdi,bu sharoitda umumiy ekvivalent vazifasini bajaradigan tovarlarni olib yurish, saqlash va boshqa jarayonlar turli noqulaylik va qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Buning qiyinchiligi shunda ediki, masalan, dehqon ustiga kiyadigan kiyim olish uchun to'quvchiga donni taklif etsa, to'quvchiga don emas, balki qo'y zarurligini aytadi. Bunday paytda dehqon donni qo’yga almashtirish va shundan so’ng to’quvchiga qo’yni berib o’ziga zarur bo’lgan kiyimni olishi mumkin, ya’ni ayirboshlash jarayonlarida ishtirok etayotgan tomonlarning manfaatlari doimo ham bir-biriga mos kelmasligi oqibatida, turli qiyinchilik va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Buning natijasida, qiymatning pul shakli vujudga keldi.
4.Qiymatning pul shakli. Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi, jahon bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan umumiy ekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallarning tabiiy xossasi uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi. Qimmatbaho metallar umumiy ekvivalent sifatida muomalaga kiritilishining dastlabki davrida har xiI quyma shakldan iborat edi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining tobora takomillashib borishi metall pullardan ma’lum shakl va miqdorga ega bo’lgan tangalarni zarb qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Tarixiy manbalarga ko’ra , dastlabki metall tangalar eramizdan avvalgi VII asrda Xitoy va Lidiya (Kichik Osiyo) davlatlarida zarb etilgan.(1-rasm) Metall pullarning nominal qiymati haqiqatdagi qiymatiga teng bo'lib, noyob qimmatbaho metalldan tayyorlanadi.Va pulning barcha funksiyalarini bajaradi. E'tiborli jihati shundaki, muomalada haqiqiy pullar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda pul muomalasi avtomatik ravishda tartibga solinadi. Natijada, iqtisodiyotda pulning qadrsizlanishi, baholarning o'sishi va inflatsiya holati kuzatilmaydi. Chunki qimmatbaho metallarning muomalada ortiqchalik holatining vujudga kelishi, ularni jamg'arma va boylik sifatida saqlashga yo'naltirilishi orqali bartaraf etiladi. Agar muomalaga qo’shimcha ayirboshlash qiymati zarur bo'lsa, ular qiymat o'lchovi, muomala va to'lov vositasi sifatida qaytadan muomalaga chiqariladi. Oltinning muomalada amal qilishi XX asming 30 -70 yillarida bekor qilindi, ya'ni oltin demonitizatsiyasi yuz berdi. Oltin ayirboshlash vositasi sifatida muomaladan chiqarilishining dastlabki davrida avval muomala va to'lov vositasi funksiyasini, 1 975-yildan so'ng esa jahon puli funksiyasini to'xtatdi.
1.rasm. Eramizdan avvalgi VII asrda Lidiyada va boshqa davlatlarda zarb etilgan tangalar.
5. Qiymatning qog'oz -pul shakli. Dastlabki qog'oz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to'g'ri keladi. Shu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o'rnini qog'oz pullar egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan parallel ravishd to'lov vositasi sifatida qog'oz pullarni kirib kelishining sabablari sifatida quyidagilarni ta'kidlash lozim:
• qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta'minlash yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi;
• oltin va kumush muomalada qo'ldan-qo'lga o'tishi natijasida yedirilib, o'zining dastlabki hajmini va xossasini yo'qotishi;
• qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi;
• iqtisodiy taraqqiyotningyuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog'oz pullarning asosi oltin bilan ta'minlangan bo'lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan. Qog'oz pullar mustaqil qiymatga ega bo'lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda to'lov va muomala vositasi rolini bajaradi. Shuning uchun qog'oz pullarning qiymati o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo'lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatlar ta'sirida o'zgarib turadi.
Rossiyadagi birinchi banknotalar Xitoydagi dastlabki qog’oz pullar
2-rasm.
P ulning mohiyati to’g’risida iqtisodiy adabiyotlarda ko’plab ta'riflar mavjuddir. Lekin pulning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo'jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitining o’zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Iqtisodchi olimlar pulni-iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o’lchovi vositasi, umumiy ekvivalent tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini ta’kidlashadi. Xorij iqtisodchilari pulning mohiyatiga alohida e’tibor qaratmaganlar.Lekin soha mutahassislari o’z asarlarida pulga berilgan fikrlarni uchratish mumkin.Masalan, Adam Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko’tarib, unga «pul -bu muomalaning buyuk g’ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta’rif beradi8. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, «рul bu -savdo -sotiqning g’ildiragi emas, balki u yog’, shu savdo-sotiq g’ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir»9degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e'tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to'lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi»10deya ta'kidlaydi. 0'zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishlangan iqtisodiy aadabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkiletadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo'ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin»11.Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda«Pul -bu umumiy ekvivalent sifatida qo'llaniladigan universal tovarning alohida turi bo'lib, boshqa barcha tovarlarningqiymati u orqali ifodalanadi. Pul -bu boshqa ne'matlarning qiymatini o'lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne'matdir. Pul -bu mutlaq likvidlilikka ega bo'lgan ne'matdir.Pul -bu iqtisodiy kategoriya bo'lib, odamlar o'rtasidagi munosabatlar unda nomoyon bo'ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o'zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat»12.
Pul-iqtisodiy kategoriya bo'lib, barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul-faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo'ladigan, hukumat tomonidan o'rnatilgan to'lov vositasidir. U oddiy tovar, lekin qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi va likvidligi yuqori bo’lganligi uchun ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |