Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kurs ishining dolzarbligi



Download 421,94 Kb.
bet3/13
Sana07.07.2022
Hajmi421,94 Kb.
#755421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kiorg-9

Pul nazariyasining mohiyati. Pul nazariyasi barcha iqtisodiy fanlar uchun bazis hisoblanadi. Barcha iqtisodiy adabiyotlarda pul bilan bog’liq munosbatlar haqida fikr borgan. Pulning nazariy tabiati bir nechta bo'lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keitiriladi. Shartli ravishda buni «tovarli» va «tovarsiz}) konsepsiyalarga ajratish mumkin2. Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e'tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e'tiborga olinadi. Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko'rinishi kabi belgilariga e'tibor qaratiladi. Pul nazariyasini iqtisodiy kategoriya sifatida ko’plab iqtisodchi olimlar tan olishgan. Lekin olimlarning qarashlari bir-biridan farq qiladi. Buning sabablaridan deb olimlar pul nazariysi haqidagi ilmiy ishlarini turli vaqt va joylarda ishlab chiqqanliklari ko’rsatiladi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyutsiyasi bilan bog'liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotIarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib o'rganiladi.
Pulning metallik nazariyasi. Pulning metallik nazariyasi XVI-XVII asrlarda vujudga keldi. Bu nazariya kapitalistik tuzumning rivojlanayotgan paytida vujudga keldi. Pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi, metall tangalar o'zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tangalar zarb etilgan. Shuning uchun metall pul nazariyasini qo'llab-quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog'oz-pul nazariyasini inkor etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari metall pullarni asosan nodir metallar bo’lmish oltin, kumush va mis kabi tangalarni nazarda tutadilar. Chunki ularning ta’kidlashi bo’yicha oltin va kumush tangalar o’z qiymatini yo’qotmaydi va inflyatsiyani vujudga keltirmaydi. Metall pul nazariyasi birinchi angliyalik olimlar asarlarida paydo bo’la boshladi. Metall pul nazariyachilari deb U.Stafford (1554-1642) T.Men (1571-1641) va D.Nors mumkin. Ular metall pullarni vujudga kelishini qadimgi davrda rivojlangan ayirboshlash munosabatlari bilan bog’laydi. Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari Fransua Kene va Adam Smitdir. Klassik maktabining fiziokratlar yo’nalishining asoschisi Fransua Kene o'zining ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish munosabatlariga bag'ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha e’tibor qaratadi. Xususan, u takror ishlab chiqarish qo'shimcha xarajat (investitsiyalar) hisobiga uzluksiz yangilanib turadi va qo'shimcha xarajatlar metall ko'rinishida pullar hisobiga amalga oshirilib, metall pullar ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami amalga oshirishda ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok etadi, iste'mol qiymatiga ega bo'lgan tovarlar ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so'ng ushbu jaryonni tark etadi va iste'mol qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash jarayonida takror va takror ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullarning metalll tangalardan iborat bo'lishi, birinchidan ular o'zining dastlabki xossasini yo'qotrnaydi, ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati o'z aksini topgan ta'limot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi3. Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit bozorda ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar talab va taklif qoidalari yordamida amalga oshiriladi, aynan shu munosabatlarda metall tangalar ushbu jarayonni amalga oshirishda muhim moliyaviy mexanizm sifatida ishtirok etadi, degan ta'limotni ilgari suradi. Metall pul nazariyachilari naznida bozor sharoitida agar mahsulot pul hajmidan ko’p bo’lsa, tovarning narxi tushadi . Agar pul miqdoridan mahsulot miqdori kam bo’lsa pul egasi tomonidan jamg’ariladi. Va shu jarayon tufayli yani metall tangalaridan foydalanganillik tufayli mahsulotlarning narxi oshib ketishi oldi olinadi. Buning asosiy metall pullarning haqiqiy qiymatga egaligi. Metall pul nazariyachilarini kamchiliklari ham mavjud. Ular haqiqiy qiymatga ega bo’lmagan yani qog’oz pullarni haqiqiy pulga almashtirilishini inkor etdilar. Va ular boylikni asosini savdo tashkil etadi, boylikni asosi oltin va shu kabi metallarni jamg’arishda deb ta’kidlaydilar.
Bu jamiyatda boylikning asosini insonlarning moddiy va ma’naviy yetukligi tashkil etadi. Va har qanday boylikning asosida mehnat yotishini inkor etishdi. XVIII asr va XIX asing birinchi yarmida metallik pul nazariyasi bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari talablarini to'liq qondirmay qoldi, bu ushbu nazariyaning o'z o'rini yo'qotishiga olib keldi. Bu jarayon uzoq davom etdi. Va oxir-oqibat metall pullar o’z o’rnini qog’oz pullarga bo’shatib berdi.
Pulning nominallik nazariyasi. Nominal pul nazariyasini qog’oz pul nazariyasi ham deyish mumkin. Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining ta’limotlarida aynan qog’oz pullar e’tirof etilgan. Pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi, uning ta’minlanishi va buni davlat tomonidan amalga oshirilishi nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili hisolanadi. Nominal pul nazariyasi to’g’risidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta'limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII -XVIII asrlarda, yani odamlar o’rtasiga to’lov vositasi sifatida metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini haqiqiy bo'lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Pulning nominal nazariyasi ilk tarafdorari Dj.Styuart (1712-1780) va Dj.Berkli (1685-1780) lar hisoblanadi. Ularning nazariyalari zamirida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya'ni qog'oz pulda ko'rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi. Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning ta'limotiga ko'ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanigini inkor qiladi. Biroq bozar iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo'jalik doirasida to'lov vositasini bajaradigan pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valutalarga bo'lgan talab asosida o'zgarib turadi. Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to'g'ri kelib, uning ko'zga ko'ringan tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 -1926) hisoblanadi. G.Knappning pul nazariyasini, uning ta'limoticha ma'lum qiymatga ega bo'lmagan monetalarda emas, balki xazna biletlari asosida asoslashga harakat qiladi. Nominal pul nazaryachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta'limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g'oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta'limotida inobatga olinmaydi va e'tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bo'lib, ushbu qiymat o'zgarishga moyildir, ya'ni ulami muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar. Nominal pul nazariyachilari qog’oz pullarni qiymatini qimmatbaho metallardan ajratib olishadi va pulninng sotib olish qobilyati davlat tomonidan aniqlanadi ddegan noto’g’ri go’yani ilgari surishgan. Nominal pul nazariyachilarinning ta’limoti birinchi bo’lib Germaniyada 1920-yilda birinchi jahon urushini moliyalash uchun qo’llanildi. Germaniyada o’sha payti juda katta emmisiya jarayoni yuz berdi. Qog’oz pullar muomalaga asossiz chiqarilgandi. Bu esa o’z navbatida qog’oz pullarni te muddatda juda katta miqdorda inflyatsiyaga uchashiga olib keldi. Va Germaniyada moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida aholi o’rtasida ishlab chiqarishga bo’lgan qiziqish pasaydi. Tahlillar natijasi shuni ko'rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o'rnatilib, uning amal qilishi ham to'liq nazorat ostiga olinadi.

Download 421,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish