Pulning miqdoriy nazariyasi. Pulning miqdoriy nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530 -1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D. Yum (1711 -1776) va Dj. Mil (1773 -1836), shuningdek, fransuz SH. Monteske (1689 - 1755) rivojIantirdi. D.Yum Angbyaga XVI -XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: «pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi» degan ta'limotini ilgari suradi. Miqdoriy pul nazariyasining dastIabki vakillari pulni faqat to'lov vositasi sifatidagi vazifasiga e'tibor qaratadi, ularning fikricha, pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto'g'ri g'oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta'limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir4. Ular pulning jamg'arma, to'lov vositasi kabi funksiyalarini inobatga olishmaydi. Miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini talqini iqtisodchi olimlar L.Marshall, Fisher, G.Kassel, B. Xansen, M. Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo'nalishdagi ta'limotga asoslangan. Va bular quyidagilarni o’z ichiga oladi;
-birinchisi, I. Fisher va M. Fridman boshchiligidagi monetaristlarning «tranzaksion variant» ta'limoti;
-ikkinchisi, A. Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D. Patinkinning «kassa qoldig'i» konsepsiyasi ta'limoti hisoblanadi.
Miqdoriy pul nazariyasining rivojiga ulkan hissa qo'shgan insonlardan biri amerikalik iqtisodchi I. Fisher (1867 -1977) hisoblanadi. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog'liq ekanligini ta'kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo'lishini asoslab berdi.
M-muomaladagi pul miqdori;
V -pulning aylanish tezligi;
P -o'rtacha tortilgan baho;
Q -tovarlar hajmi;
Ml -bank depozitlari summasi;
V1-depozit-cheklarning aylanish tezligi.
Tovarlar uchun to'lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko'paytirilganiga tengligini e'tiborga olib, Fisher quyidagi «ayirboshlash tengligi»ni ilgari surdi.
MV=PQ5 Fisher chap va o'ng tomoni bir-biriga to'g'ri proporsional bo'lgan funksional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi R muomaladagi pul miqdoriga to'g'ridan-to'g'ri proporsional va tovarlar miqdori Q teskari proporsionaldir degan fikrga keldi. Fisherning funksional bog'liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma'lum bir davrdagi hoI ati ni shartli V va Q ning o'zgaruvchan darajasida e'tiborga olib, unga bog'liq bo'lgan o'zgaruvchan darajalar ikkita, ya'ni tovarlar hajmi va bahosini e'tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o'zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta'sir ko'rsatadi hamda pul muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta'sir qiladi. Shu bilan birga, ta'kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o'zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilaming monopol mavqeyiga egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta'sir ko'rsatadi.
Miqdoriy pul nazariyasining «tranzaksion varianti» ta'limoti asoschilari, monetaristlar M. Fridman , K.Brunner, AMelttserlar hisoblanadi. A. Marshall va L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o'rtasidagi tenglik «nisbiy» baholarning o'zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikni o’zgarib turishini pul massasi bilan bog’laydilar. Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga yangicha holatlarni kiritishdi. Xususan:
-birinchidan, u1ar pul massasi va bahoning o'zaro bir-biriga to'g'ri proporsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta'siri haqidagi ta'limotni yoqladilar;
-ikkinchidan, u1ar pul birligi aylanish tezligini e'tirof etadilar, biroq bungajiddiy e'tibor qaratishmaydi;
-uchinchidan, u1ar I.Fisherning tovarlar hajmining o'zgarmas sharoitida muomaladagi pul miqdori jarni tovarlar bahosini ko'paytirilganiga tengligini inkor etadilar;
-to'rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlami aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul-kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi6.
Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I.Fisher ta'limotidan farqli o'laroq, odamlarning qo'llarida pul ushlab turishlariga asos bo'luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko'rsatishadi. Bular:
-pulning almashuv vositasi ekanligi. Insonlar shartnomalarni amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi;
-pul boylikni saqlash vositasi. Pulga bo'lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog'liq degan fikrni ilgari suradi.
Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so'nggi vakillaridan bo'lib, ularning g’oyalarini rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi asosan XX asrning 30-yillarida bir butun g'oyaviy oqim sifatida to'liq shakllandi. Uning asoschisi Buyuk Britaniyalik olim J. M. Keyns edi. M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya formulasi I.Fishernikidan ko'rinishi bilan farq qilib, pul massasi va baho o'rtasidagi bog'liqlikni asoslab berishga qaratilgan:
M=KRU
bu yerda
M -pul miqdori;
K-pul zaxirasining daromadga nisbati;
R-baho indeksi;
V-o'zgarmas baholardagi milliy daromad.
Monetaristlarning miqdoriy pul nazariyasini aks ettiruvchi yangicha tengligidan shunday xulosaga kelish mumkin, pul massasining o'zgarishi tenglikning o'ng tomonida uchta holatning biriga ta'sir qiladi, ya'ni baholarning oshishiga, real milliy daromadning ortishiga, pul zaxirasini daromadga nisbatan koeffitsiyentini o'zgarishiga olib keladi. Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan o'rganilgan bo'lib, uning vakillari sifatida A Marshal, D. Robertson va D. Patinkinlarni keltirish mumkin.
A.Pigu miqdoriy pul nazariyasining «kassa qoldig'i» haqidagi ta'limotni ilgari surganda uning tarkibiga muomaladagi naqd pulsiz va joriy hisobvaraqlardagi qoldiq summalarni, ya'ni pul miqdorini aniqlashda aholining qo'lidagi naqd pul qoldiqlari va korxona-tashkilotiarning banklardagi hisobvaraqlari qoldiqlarini ham inobatga oladi. A.Piguning pul nazariyasi haqidagi yondashuvlari I.Fishernikidan farq qilsada, miqdoriy pul nazariyasi doirasidan chiqib ketolmagan edi, pul va baho o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqa saqlanib qolgan edi. Buni A.Pigu tomonidan yaratilgan M =RPQ yoki P=M/Q tengligida ham kuzatish mumkin, chunki bu I.Fisherning «ayirboshlashni tenglashtirish» konsepsiyasiga yaqin bo'lib, unda:
M -pul massasi;
P -baho darajasi;
Q -tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi);
V -jismoniy va yuridik shaxslarning pul ko'rinishida saqlashi mumkin bo'lgan daromadlar.
I.Fisher va A. Piguning tengliklari o'rtasidagi farq, Fisherda pul birligining aylanish tezligi V foydalaniladi, ikkinchi koeffitsiyent K, V ga teskari ko'rsatkich bo'lib, agar Piguning tengligidagi K almashtirilsa Fisherning formulasi kelib chiqadi.
Pulning nazariyalarini o’rganishda iqtisodchi olimlarning fikrlari turli bo’lsada, barchasining asosida uning ayirboshlash vositasi ekanligi va pulning mavjudligi asosida mehnat taqsimoti yotishi e’tirof etiladi.
2.Pulning vujudga kelishi va mohiyati
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati taraqqiyotida katta o’zgarishlarga sabab bo’lgan va juda muhim kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Pul paydo bo’lgunga qadar insonlar o’zlari yaratgan tovarlarni ayirboshlashda qiyinchiliklarga duch kelishar edi. Pul insonlar hayotida paydo bo’lishi bilan insonlar o’rtasidagi ayirboshlash bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar asta-sekin yo’qola boshladi. Va insonlarning qo’lida turgan buyumlari orqali ular o’zlari xohlashgan mahsulotlarini ayirboshladilar. Pulning vujudga kelishi haqida ko’plab iqtisodchi olimlar ilmiy va tadqiqot ishlari olib borishgan. Lekin shunday bo’lsa ham pulning qanday vujudga kelganligi haqida aniq yondashuv mavjud emas. Pulning vujudga kelish sababini o’rganish uchun qadimda insonlar o’rtasida vujudga kelgan va hozirgi kundagi foydalanilib kelinayotgan pulning yaralishiga asos bo’lgan ayirboshlash jarayonlariga e’tibor qaratishimiz kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishiga sabab quyidagi ikkita omil ko’rsatiladi:
-qadimgi davrda insonlar o’zlarining ehtiyojlaridan orttirgan va uzoq muddatga saqlab turish mushkul bo’lgan mahsulotlarni o’zlariga yaqin insolarga berishgan va bu o’z navbatida insonlar o’rtasida bir tomonlama ayirboshlash hodisasini vujudga keltirgan;
-vaqtlari o’tishi bilan insonlarning yashash turmushi va ongi o’zgarishi natijasida insonlar o’rtasida ikki tomonlama ayirboshlash vujudga keldi. O’sha davrda insonlar o’zidagi mavjud mahsulotni o’ziga zarur bo’lgan, boshqa bir insonga tegishli mahsulotga ayirboshlashgan. Bu mahsulotlar asosan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ov va mehnat qurollari kabi mahsulotlar hisoblangan. Mana shu davr ishlab chiqarish usuli natural xo’jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Natural xo’jalik tuzumida insonlar o’zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishgan. Shuning uchun ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlari mavjud bo’lmagan. Keyinchalik yuqorida keltirilgan omillar tufayli insonlar ayirboshlash jarayonini amalga oshira boshlashdi