Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kurs ishining dolzarbligi



Download 421,94 Kb.
bet13/13
Sana07.07.2022
Hajmi421,94 Kb.
#755421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kiorg-9

Pul tizimining uchinchi bosqichi 1994-yil iyuldan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o'z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida»gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3-sentabrdagi 952 -XI sonli qaroriga mllvofiq 1994-yil l-iyuldan boshlab O'zbekiston Respllblikasi hududida qonuniy to'lov vositasi bo'lgan milliy valyuta «So'm» muomalaga kiritildi37. Bank muassasalari tomonidan 1994-yil l-iyul holatiga ko'ra mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, respublika hududida ro'yxatga olingan yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy hisobvaraqlaridagi barcha pul mablag'larini, shuningdek, inventarlash va buxgalterlik hisobi ma'lumotlari asosida 1000 so'm–kupon=1 so'm nisbatida barcha asosiy va aylanma fondlarning balans qiymati, boshqa moddiy boyliklar, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari, budjetga qarzdorlik hamda bank balansi aktiv va passivlarining barcha qolgan moddalari, respublika va mahalliy budjetlar mablag'lari qoldiqlari, shuningdek, tashkil topish manbalaridan qat'iy nazar, budjetdan tashqari fondlarning mablag'lari to'lig'icha qayta hisoblandi. Aholiga pulli to'lovlar sifatida banklardan yangi pul belgilarini berildi. Va ma’lum bir muddat ichida eski so’m-kuponlar davlatga qaytarilib, muomaladan chiqarildi. Shuning uchun, o’sha davrda O’zbekiston hududida «so'm» va «so'm-kupon»lar ma’lum bir muddat parallel ravishda muomalada bo’ldi. Shu tarzda mamlakatimiz pul tizining asosi bo'lib hisoblanadigan milliy valyuta barcha hisob-kitoblar va to'lovlar bo'yicha yagona to'lov vositasi sifatida amal qila boshladi. Bu, o'z navbatida, Markaziy bank va tijorat banklariga pul tizimini nafaqat siyosiy jihatdan, balki iqtisodiy jihatdan ham to'liq mustaqil boshqarish imkoniyatini vujudga keltirdi.
Xulosa
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Pul o’z taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan ekan:
1. Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha
2. Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX - asrlar
3. qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar
4. Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o’rtalarida
5. Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan, jamiyatni olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar Tovarpul munosabatlaridir. Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik yuritish bo’lib, u eng uzoq davr (hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi Tovar xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar deb ataladi. Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya, me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishininazariy jihatdan asoslab berishdir. Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi. Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiyma to’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.

1,,O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonun , V bob, 10-bet

2Деньги,кредит,банки: учеб, -2изд, перераб . и доп/под ред.В.В.Иванова,Б.И.Соколова.-М.: ТК Велби, Изд-во проспект, 2008.-С.224.

3 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 135-b

4 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 140-b

5 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 141-b

6 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 142-b.

7A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev. Pul, kredit va banklar.2012. 8,9,10-b

8A.Смит.Исследовные природе и причинах богатства народов.Том 1 .-С 418,421.

9Юм Д. Опыть. –М:Издание К.Т.Солдатенкова, 1986.-С.20.

10 Соколов Б.И. Деньги,кредит и банки. Учебник.-М: ТК Вебли, Изд – во. Проспект, 2008. –С.8.

11AbdullayevaSh.Z.Pul,kreditvabanklar. –T.: «Iqtisod-Moliya»,2007,7-bet.

12Rashidov O.Yu.Pul,kredit va banklar.Darslik.-T.: TDIU , 2008. 11-b. (432-b).

13A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev. Pul, kredit va banklar.2012. 22-b

14 Самуэльсон П. Экономика вводной курс. –М.: 1964. –С.69.

15Харрис .Л. Денежная теория.-М.:1990.-С.75.

16 Эдвин.Дж. Долан, Колин Д.Кэмпбелл, Розмари Дж. Кемпбел. Деньнги, банковское дело и денежно-кредитная политика . Пер.с.англ. к.э.н. А.А.Лукашевич, А.П.Маноцкова, к.ф.н.Е.Б.Ярцева, к.ф-м.н. М.Б.Ярцев.-М.-СПб.1991.-С.26.

17Фишер С. Дорнбуш Р. Шмалензи Р. Экономика.-М.: 1993.-С.474-475.

18 Пезенти А. Очерки политической экономики капитализма:в 2 т.:пер. С итал. Т.1.-С.472-473.

19Деньги, Кредит , банки: Учебник/кол.авт.:под ред.засл.деят.науки РФ, д.э.н. проф . О.И.Лаврушина -5-е изд, стер. –М.:КНОРУС, 2007.-С.57.

20 Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов. Под. Ред.проф. Щегорцова В,А.-М.:ЮНИТИ—ДАНА. 2005-С.14

21 Деньги, кредит, банги: Учеб.-2-е изд,перерап. и доп/под ред В.В.Изванова, Б.И.Соколова.-М.:ТК велби,изд-во Проспект, 2008,-С.26.

22 Абдуллаева. Ш.З. Пул,Кредит и банки.-Т.:,,Иктисод-Молия’’,2007, 13-б

23 Рашидов О.Ю ва бош.Пул, кредит ва банклар. Дарслик.-Т.: ТДИУ, 2008. 22-б

24 Деньги, крерит,банки: Учеб. -2-е изд, перераб. И доп/под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова.-М.: ТК Велби, изд-во Проспект, 2008.-С 25.

25A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012.24-b

26 Долан Э.Кемпбелл Р. Деньги банковское дело и денежно-кредитная политика. –М.:Профико, 1991.-С.Шунингдек, Харриса Л. Денежная теория.-М.: Прогресс,1990.-С.82

27 Деньги мира. Ред.группа: О.Елисеева, Т.Евсеева и др. –М.: Мир энциклопедий Аванта, Астрель,2009. –С.184.

28 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 35-b

29A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012.36-b

30 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012.37-38-b

31 Mullajonov F.M. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. -T.: ,,O’zbekiston” 2001 . 33-b

32 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 111-b

33 Transition Report 2000, EBRD

34 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 112-b

35 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 113-b

36 Ф.Муллажонов. Узбекистон Республикаси банк тизими.-т.:« Узбекистон» 2001 . 25-45-бетлар

37 A.A. Omonov, T.M.Qoraliyev.Pul, kredit va banklar.2012. 114-b


Download 421,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish