Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kurs ishining dolzarbligi



Download 421,94 Kb.
bet9/13
Sana07.07.2022
Hajmi421,94 Kb.
#755421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kiorg-9

Metall pullar. Insonlar o'rtasida ayirboshlash jarayonlari chuqurlasha boshladi. Asta-sekin insonlar metallni kashf etishdi. Va undan turli maqsadlarda foydalanishdi. Va metallni tarkibiy tuzilishi va qulayliklari tufayli undan to’lov vositasi sifatida foydalanishdi. So’ngra metalldan tangalar zarb ettirila boshlandi. Insonlar o’tasida ayirboshlash jarayonida mehnat qurollari kabi to’lov vositalari ishlatila boshlandi. Insonlar uchun metall to’lov vositasidan foydalanish juda manfaatli bo’lgan. Chunki metall to’lov vositasidan foydalangan insonlar ularni boshqa maqsadlarda ham ishlatishi mumkin bo’lgan. Pulning natural ko'rinishidan metall tanga shakliga o'tishiga quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan:
-kishilarning metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi;
-davlatchilikning paydo bo 'lishi.
-kishilar o'rtasida tovar ayirboshlash miqdorining ortib borishi natijasida ushbu jarayonning murakkablashuvi.
-natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi.
Dastlab metall tangalar qora rangli va temirdan quyma ko’rinishida yasalgan. Keyinchalik tangalar to’rtburchak, uchburchak va yumaloq shaklida yasalgan yasala boshlangan.
Insonlar dastlab temir tangalarni baho masshttabini uni og’irligi bilan o’lchashgan. Keyinchalik temir tangalar o’rnini qimmatbaho metallar egallagandan so’ng, tangalarni baho masshtabi uning og’irligi va xossasi orqali o’lchanilgan.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa, oltin tangalar pulning vazifasini bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga ehtiyoj bo'lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega bo'lgan asl pul hisoblanib, uning hajmi tovar massasasiga nisbatan avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi. Ya'ni, agar iqtisodiyotda tovar massasi oltin massasiga nisbatan kam bo'lsa muomaladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi. Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam bo'lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag'lar muomalaga chiqarish orqali o‘zaro muvozanat ta' minlanadi.
Qog'oz pullar. Qog'oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda qator muammolarni keltirib chiqargan. Ulardan bir inflatsiya hisoblanadi. Qog'oz pullaming muomalaga chiqarilishi natijasida inflatsiya muammosi paydo bo'lishinining asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo'lmagan, ya'ni haqiqiy pullarning o'rinbosarlari hisoblanadi. Qog'oz pullarda aks ettirilgan nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog'oz pullarning haqiqiy qiymati juda past.
Jamiyatda tovar-pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o'rtasida ayirboshlash hajmi juda tez suratlarda o’sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta'rninlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo'ldi. Oltin saqlovchilar asta-sekinlik bilan odarnlaming ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik bo'sh oltin tangalarini ma'lum haq to'lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga, qachon va qancha oltin kerak bo'lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan hoida bera boshladi. Birinchi shaxs ikkinchi shaxsga sotib olgan tovari uchun to'lagan oltin tangani ikkinchi shaxs ham, o'z navbatida, ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o'rtasida o'zaro ishonchning paydo bo'lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so'ng odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning o'zini to'lov vositasi sifatida bera boshladi. O'z navbatida, sotuvchi ushbu tilxatlarni to'lov vositasi sifatida qabul qiIdi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to'iov vositasi sifatida o'tkazib yubordi. Shu tariqa muomalada qog'oz pullar paydo bo'ldi28. Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, ishonchga ega bo'lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to'lov vositasini bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog'oz pullar to'lig'icha oltin bilan ta'minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suiiste'mol qilishi natijasida muomalada ta'minlanmagan qog'oz pullar paydo bo'la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi. Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo'jalik yuritish va hisob-kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat qog'oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o'z qo'liga oldi. Buning uchun alohida davlat banki, ya'ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog'oz pullarni chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini ko'rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi29. Angliyada qog'oz pullar 1817-1843-yillarda tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan, 1813-yilda Angliya Banki o'z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844-yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R. Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi. Qog'oz pullar ta'minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo'lmaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to'lov vositasi sifatida hisob-kitoblarda keng qo'llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og'ir choralar qo'llanilgan. Masalan, Xitoyda qog'oz pulning o'ziga uni to'lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Fransiyada 25 yil qamoq jazosi berilgan. Angliyada chiqarilgan qog'oz pullarni to'lov vositasi sifatida qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat degan ayblovlargacha olib borishgan. Davlat tomonidan emissiya qilingan qog'oz pullar bevosita va bilvosita ta'minlangan edi. Bevosita ta'minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni shu qog'oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta'minlanganligi sifatida belgilab qo'yildi. Iqtisodiy adabiyotlarda «emissiya qilish» va «muomalaga pul chiqarish» tarzidagi ma'nosi bir-biriga yaqin bo'lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma'nosi va iqtisodiyotga ta'siri jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladi. Pullarni emissiya qilinishi pul massasini oshiradi va bu Markaziy Bank tomonidan amalga oshiriladi. Muomalaga pul chiqarish tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi va mavjud muomalaga chiqariladi. Mamlakatda iqtisodiy inqiroz vaqtlarida xarajatlar ko’payib davlat qo’shimcha pul emissiya qiladi. Va ortiqcha pul massasi vujudga kelib pul inflatsiyaga uchraydi. Shuning uchun ham qog'oz pullar asl qiymatga ega bo'lmagan, o'rinbosar pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi.

Download 421,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish