3.Pulning funksiyalari va uning turlariga umumiy tavsif
Pulning mohiyatini o’rganishda uning funksiyalarini tahlil qilish ijobiy natija beradi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi olimlar o'rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo'lib kelmoqda. Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya'ni qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi, jamg'arma vositasi va jahon puli funksiyalari bajarishini ta'kidlanadi13. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlarini joriy etgan mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida pulning funksiyalari uchta ekanligi aytilgan. Bular qiymat o’lchovi, muomala vostasi, jamg’arma vositasi.P.Samuelson Aristotelning ta'limotiariga tayangan holda pul faqat ikkita, ya'ni ayirboshlash vositasi, baho masshtabi birligi yoki o'lchov hisobi funksiyalarini bajarishini ta'kidlaydi14 . Angliya -Аmerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi (muomala vositasi, qiymat o'lchovi vajamg'arma vositasi) mavjudligini e'tirof etishadi15. Jumladan, Edvin OJ. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari OJ. Kempbelllar pul muomala vositasi, qiymat o’lchovi va jamg’arma vositasi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi16. Nemis iqtisodchi olimi K Knis (1821 - 1898) pulning to’rtta ya’ni, qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funksiyalarini e’tirof etadi. S. Fisher, R. Dornbush, R. Shmalenzilar ham pulning to’rtta funksiyalarini bajarishlarini e’tirof etib, ularni quyidagi ketma-ketlikda amal qilishinita'kidlaydi: birinchisi-muomala vositasi va to'lovl vositasi, ikkinchisi -o'lchov hisobi, uchinchisi -qiymatni saqlash vositasi, to'rtinchisi-kechiktirilgan to'lovlami o’lchovi17. K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi mavjudligini ta'kidlaydi. . U pulning funksiyalarini quyidagi ketma-ketlikda ifodalaydi. Birinchisi - qiymat o'lchovi, ikkinchisi-muomala vositasi, uchinchisi-moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg'arma vositasi, to'iov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkinligini ilgari suriladi18.Rossiyalik iqtisodchi olim, professor O.I. Lavrushin19, professor V.A. Shegorsova20 , professor V.V. Ivanov va professor Sokolovlar21tahrirlari ostida chop etilgan Pul,kredit va banklar darsliklarning barchasida pul beshta funksiyani bajarishi e'tirof etiladi. O'zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z. Abdullayeva pul to'rtta funksiyani bajarishini, ular qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi vajamg'arma vositasi funksiyalari ekanligini ta'kidlaydi22. Professor O.Yu. Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar darsligida pul beshta, ya'ni qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi, jamg'arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta'kidlanadi23 .Ko'rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning fikrlari turlicha bo'lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funksiyasi mavjudligini ta'kidlashsa. ikkinchi guruh Iqtisodchi olimlar uning to'rtta funksiyani bajarishini e'tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo-amerikaliklar uni uch'ta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funksiya sifatida baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi24. Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalarigaturlicha ta’rif berishining asosiy sabablari deb quyidagilarni keltirish mumkin.Bir guruh iqtisodchi olimlar boshqa davlatlar olimlarining fikrlariga tayangan holda unga talqin berishgan. Boshqa bir guruh iqtisodchi olimlar pulning funksiyalarini talqin qilishda pulni tarixan vujudga kelishiga bog’liq hodisalarga tayanishadi.Yana bir guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funksiyalariga uning xossalaridan kelib chiqqan holda unga ta’rif berishadi.Pulning funksiyalari ta’rif berishda uning asl qiymatga va asl qiymatga ega emasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Asl qiymatga ega bo’lgan pullar to’lov vositasi funksiyasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari bajariladi . Agar asl qiymatga ega bo’lmagan pullar to’lov vositasini bajarsa pulning funksiyalarini hammasi ham bajarilmaydi.Asl qiymatga ega bo’lgan pullarga qimmatbaho metallar va kredit pullarni va yuz foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni kiritish mumkin. Asl qiymatga ega bo’lmagan pullarga qog’oz pullar va oltin bilan ta’minlanmagan kredit pullar kiradi. Qimmatbaho metallar o'rnini qog'oz pullar egallagandan so'ng, qog'oz pullarning inflatsiyaga uchrashi natijasida ular pulning barcha funksiyalarini bajarmay qo'ydi. Shuning uchun vaqt o'tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar vujudga kela boshladi. Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to'rtta, ya'ni qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg'arma vositasi funksiyalarini bajaradi degan fikrga keldik25.
Pulning qiymat o'lchovibarcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o'lchaydi. Barcha tovarlaming qiymati pul o'lchovi vositasi, ya'ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o'rnatiladi. Masalan, metr o'lchovi bilan uzunlikni, kilogramm o'lchovi bilan og'irlikni o'lchagan kabi, pulning qiymat o'lchovi funksiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o'lchanadi. O'zbekistonda qiymat o'lchovi bevosita milliy valyuta «so'm», AQSHda dollar, Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlarda yevro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iyena qiymat o'lchovi vositasi hisoblanadi. Pulning inflatsiya darajasi yuqori bo'lgan paytda uning qiymat o'lchovi funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan1939-yildan 1949-yilgacha Yaponiya iyenasining inflatsiya darajasi yuqori bo'lganligi uchun ko'pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo-sotiqni ham AQSH dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSH dollarining qiymat o'lchovi iyenaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror bo'lgan. Shuning uchun Yaponiyada 1939-1949-yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita narxda, dollar va iyenada yuritilar edi. Ayni paytda, iyenada belgilangan tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esislohoti amalga oshirilgan. Hukumat muomalada mavjud bo’lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul islohotini amalga oshirgan. O’sha davrda o”tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo’lib, xufyona iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to’lig’icha yangi banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko’rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan. Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o'rtasida tovarlarni oldi-sotdisi va xizmatlarni ko'rsatish jarayonida namoyon bo'ladi. Ushbujarayonda pul vositachi rolini bajaradi. Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo'lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatIami ko'rsatish uchun to'lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi. Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta-qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo'lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo'lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi.
Pulning muomala vositasi funksiyasi o'zaro iqtisodiy munosabatIarda ishtirok etayotgan tomonlarning faoliyati ustidannazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. Natijada, odamlaming qo'lida naqd pullar bo'lishiga qaramasdan o'zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib oJishga imkoniyat bo'lmagan. Bozor munosabatalarining takomillashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan-texnika taraqqiyotining tobora jadallashib borishi pulning muomala vositasi fimksiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo'lmoqda. Chunki, rnamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob-kitoblaming ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalarning ko’plab turlari joriy etilishi, hisob-kitoblarda naqd pulsiz to'lovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda. Masalan, 1994-1997-yillarda Angliya va Fransiyada 10%, Kanada va Germaniyada 7%, AQSHda 2% ishchi xodimlargina ish haqlarini naqd pulda olishgan.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko'rsatilganda., ular uchun to'lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to'lov vositasi funksiyasini bajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatlar to'lov jarayonida uzilish bo'lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma'lum davrga uzilishi, ya'ni to'lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda o'zining to'lov vositasi funksiyasini bajaradi. Pulning to'lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo'ladi;
-jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimJash va qayta taqsimlashda;
-davlat budjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsirnlashda;
-xo'jalik subyektlari o'rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda;
-kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o'tkazmalarini arnalga oshirganda;
-korxona va tashkilotlar o'z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan rnablag'larni to'lashda;
-va boshqa holatlarda.
Pulning to'lov vositasi funksiyasi yuridik shaxslar o'rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblarda juda keng foydalaniladi. Bunda naqd pullarning ishtirokiga zaruriyat bo'lmaydi, barcha operatsiyalar bank hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda chop etilgan adabiyotlarda, pulning to'lov vositasi funksiyasi, uning alohida funksiyasi sifatida e'tirof etilmaydi. Pulning ushbu funksiyasi uning muomala vositasi funksiyasi bilan hamoxong tarzda o'rganiladi. Pulning ikkita funksiyasi bir-biriga qo'shib o'rganilganda « ... pul tovarlar va xizmatlarning to'lovi va qarzlarning to'lov vositasi»26tarzida ta'kidlanadi. Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan pulning to'lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir-biriga qo'shib yuborilishi natijasida, pulning to'lov vositasi funksiyasini e'tirof etilmasliklari maqsadga muvofiq emas. Pul o'zining muomala va to'lov vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda jamg'arma funksiyasini bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo'lmaganda, shuningdek, oldindan ko'rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to'lov vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg'arma funksiyasini bajaradi. Agarjamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, pul asosan jamg'arma vositasi funksiyasini bajarayotganligining guvohi bo'lishimiz mumkin. Pulning jamg'arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha foydalanmasdan kishilar o'zi bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda, bankning omonat hisobvaraqlarida saqlanishi, shuningdek, barcha turdagi xo'jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul ko'rinishida kassada saqlanadigan vaqtincha bo'sh mablag'lari va bank hisobvaraqlarida naqd pulsiz ko'rinishda namoyon bo'ladi. Pulning jamg'arma funksiyasi kredit muassasalarida iqtisodiy jihatdan muhim vazifani bajaradi. Kredit muassasalari jamiyat miqyosidagi vaqtincha bo'sh pul mablag'larni (naqd va naqdsiz pul ko'rinishida) ma'lum shartlar asosida o'zidajamlab, ushbu mablag'larga ehtiyoji bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarga to'lovililik, maqsadlilik va qaytarishlik asosida berishi orqali, mamlakatda jami ijtimoiymahsulotni ko'paytirishda pulning jamg'arma funksiyasidan foydalanadi. Iqtisodiyotda yuqori inflatsiya darajasi pulning aholi qo'lidagi va kredit muassasalarida jamg'arma vositasi funksiyasini biT qadar chegaralaydi. Aholi o'zining vaqtincha pul mablag'larini banklarda va uyda saqlashdan ko'radigan iqtisodiy samaradorligi past bo'lishi, iqtisodiyotda tovarlaming bahosini kundan kunga o'sib borish tendensiyasiga ega bo'lgan sharoitda, ushbu, pullarni qimmatbaho metallarni, ko'chmas mulk va xorijiy valutalarni sotib olishga sarflaydi. Buning natijasida, mamlakat Markaziy banki tomonidan olib borilayotgan pul -kredit siyosatining samarasi ko'zlangan maqsadga erishish imkoniyatini bermaydi. Pulning jamg'arma funksiyasining ahamiyatini oshirish uchun quyidagilami ta'minlash lozim:
-omonatchilarning kredit muassasalarda saqlanayotgan pul mablag'laridan iqtisodiy manfaat ko'rish, istagan paytda to'liq va zudlik bilan qaytarib olish imkoniyatini ta'minlanganligi;
-qo'yilgan mablag'larning kafolatianganIigi (sir saqlanishi, iqtisodiy barqarorligi, to'liq qaytarilishi);
-risk darajasining pastligi.
Pulning funksiyalari bir-biriga bevosita bog'liq bo'lib, ular doimo bir-birini to'ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo'ladi.
Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob-kitoblarda qo'llanilayotgan elektron pullar ko'rinishi darajasigacha yetib kelishiga sabab bo'ldi. Albatta, bu juda uzoq davrni o'z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan va natural xo'jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo'lsa, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog’oz pullar, XX asrdan esa electron pullar iqtisodiyotga to’lov vositasi sifatida kirib keldi. Demak,pul bugungi kundagi ko’rinishiga yetib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni bosib o’tgan.Pulning turlarini o’rganishda uni asl qiymatga ega bo’lgan pul va asl qiymatga ega bo’lmagan pul sifatida o’rganish maqsadga muvofiq. Odatda, haqiqiy pullar to’lov vositasini bajarganda ular o’z qiymati bo’yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, lqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo’yicha muammolar mavjud bo’lmagan. Asl qiymatga ega bo'lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha marta past bo'lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim. Ak.s holda, iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi va qog'oz pullar o'zining to'lov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo'qotadi. Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo'lgan:
-nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
-qiymatning qardsizlanmasligi, ya'ni haqiqiy pullar bar qanday sharoitda ham o'zining dastlabki qiymatini yo'qotmagan;
-ularni boshqa tovarlar kabi iste'mol qilish mumkinligi. Biroq, natural pullarning hamrnasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bo'lmagan. Masalan, bug'doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o'tishi bilan o'ziningdastlabki xususiyatlarini yo'qotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |