Shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim о‘z moxiyatiga kо‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining tо‘laqonli rivojlanishin kо‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyixalashtirish jarayonida ma’lum bmr ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq о‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan xolda yondashishni nazarda tutadi.
Tizimlik yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini о‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bо‘g‘inlarining о‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |