Uglevodlarning ozuqaviy qiymati. Inson iste’mol qiladigan oziq- ovqat mahsulotlari tarkibida uglevodlarning ham bo‘lishi katta aha miyatga ega. Ularning ulushi 50–60 % (kaloriya bo‘yicha), shakar tarkibida (mono va disaxaridlarda) shartli o‘lchovda: saxaroza – 100; fruktoza – 173; glukoza – 74, galaktoza – 32,1; maltoza – 32,5; laktoza – 16; invert shakari – 130. Uglevodlarning asosiy manbayi o‘simliklardan tayyorlangan mahsulotlardir. Inson organizmida hazm bo‘lishiga qarab, ular ikki guruhga bo‘linadi: hazm bo‘ladigan ug- levodlar guruhiga glukoza, fruktoza, galaktoza, saxaroza, maltoza, dekstrin va kraxmal; hazm bo‘lmaydigan uglevodlariga (ozuqaviy tola yoki ballast moddalari) selluloza, gemiselluloza va pektin kiradi. Krax- mal – asosiy polisaxarid bo‘lib, iste’mol mahsulotlari bilan birga uning 80 %idan foydalaniladi. Inson to‘liq faoliyatli harakatda bo‘lishi uchun ertalab 80–100 mg glukoza iste’mol qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |