3.5. Aralashtirish
Aralashtirish mexanik jarayon bo‘lib, omixta yem komponentlarini uning butun hajmi bo‘ylab bir tekis miqdorda taqsimlab chi- qishdir. Aralashtirish asosida komponentlarning bir turkumli aralash- masi hosil qilinadi. Omixta yem ishlab chiqarish sanoatida kukunsi- mon komponentlar, masalan: turli navli un mahsulotlari, don, sochi- luvchan va suyuq mahsulotlar aralashtiriladi.
Yuqori darajada aralashtirish natijasida shunday aralashma hosil qilinishi kerakki, bunda aralashmaning xohlagan nuqtasidagi bir kom- ponentga ikkinchi bir komponent retseptda talab etilgan nisbatda yondoshgan bo‘lishi kerak. Lekin amalda bunday nisbatlarga erishish juda qiyin. Yuqori sondagi komponentlarni aralashtirish pirovardida birmuncha o‘zgargan nisbatdagi aralashma hosil qilinadi. Bunda har bir komponentning xohlagan hajmdagi konsentratsiyasini aniqlab bo‘lmaydi. Komponentlarning konsentratsiyasi birmuncha o‘zgargan bo‘ladi.
Aralashtirish jarayonining samaradorligiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Komponentlarning fizik mexanik xususiyatlari aralishtirish sa- maradorligiga yuqori darajada ta’sir etadi. Fizik mexanik xususiyat- lariga ko‘ra komponentlar qanchalik bir-biriga yaqin bo‘lsa, aralash- tirish jarayoni shunchalik oson va tez kechadi. Aksincha, turli o‘lcham va turli xil qattiq yumshoqlikka ega bo‘lgan komponentlarni aralash- tirsh uzoq va turli uslublarda amalga oshiriladi. Shuningdek, juda oz miqdorda qo‘shiladigan komponentni aralashmaga bir tekis qoshish uchun ham uzoq aralashtirish amalga oshiriladi.
Aralashtirish ham, me’yorlash singari uzluksiz yoki davriy tarzda amalga oshirilishi mumkin. Uzluksiz aralashtirishda komponentlar aralashtiruvchi moslamaga uzluksiz ravishda berilib turiladi, shu- ningdek, undan uzluksiz ravishda tayyor aralashma chiqarib turiladi. Davriy aralashtirishda esa komponentlarning belgilangan o‘lchovli ulushi oldindan aralashtirgichga solinadi. Ma’lum vaqt birligida ara- lashtirilgandan so‘ng tayyor mahsulot chiqariladi. Odatda, uzluksiz aralashtirsh uzluksiz me’yorlashda davriy aralashtirish davriy me’- yorlashda qo‘llaniladi.
Davriy aralashtirishda aralashtirshning samaradorligi vaqt birligi- da bog‘liq bo‘ladi: aralashtirish qanchalik uzoq davom etsa, uning samaradorligi (komponentning taqsimlanishi) shuncha yuqori bo‘ladi. Uzluksiz aralashtirishda esa samaradorlik aralashtirish maydoniga, shuningdek, aralashtirgichning uzunligiga, ya’ni mahsulotni qabul qilishdan to tayyor mahsulot chiqqungacha bo‘lgan masofaga bog‘liq bo‘ladi. Aralashtirish maydoni qanchalik katta bo‘lsa, samaradorlik shuncha yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |