Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda joriy aktivlar naqdligi tahlili


Xo‘jalik yurituvchi subyektning innovatsion-investitsion strategiyasini shakllantirish



Download 1,1 Mb.
bet11/12
Sana16.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#498317
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning innovatsion-investitsion strategiyasini shakllantirish
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish va moder-nizatsiyalash faqat iste’molchilarning so‘rov (ehtiyoj)larini yanada to‘la-roq qondirish nuqtai nazaridan emas, balki yakuniy mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi moddiy va mehnat xarajatlarini qisqartirish hisobidan XYuS daromadini oshirish uchun ham muhim hisoblanadi. Bozor sharoitida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun ular taraqqiyotning eng ilg‘or tendensiyalariga muvofiqligini aniqlash, ularni amalga oshi-rishning strategik yo‘nalishlarini qidirib topish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan bozor samaradorlik va ish sifatining ijtimoiy-zaruriy ko‘rsatkichlarini ta’minlay olmaydigan ishlab chiqarishning past texnik-texnologik darajasiga iqtisodiy jihatdan yo‘l bermaydi. Ana shu shartga rioya qilingan holdagina iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish, ratsional nisbatlarga erishish, ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to‘liqroq foydalanish va resurslarni tejab-tergashga imkoniyat tug‘iladi. Ana shu muhim vazifani yechishga bozorning barcha iqtisodiy mexa-nizmi, jumladan, baholar, soliqlar, kredit, bank foizi va boshqalar yo‘-naltirilgan bo‘lmog‘i lozim. Bunda iqtisodiyotning ijtimoiy sohasini yu-qori sur’atlarda rivojlantirish, bosqichma-bosqich kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishga o‘tish juda mu-him. Qattiq pul va moliya-kredit siyosatining hayotga tatbiq etilishi, amaliyotning ko‘rsatishicha, inflatsiya sur’atlarining pasayishiga olib kelishi mumkin, lekin bu narsa sifat jihatidan iqtisodiy o‘sishga o‘tish-ning, faol tuzilmaviy qayta qurishning va ishlab chiqarish taraqqiyoti-ning investitsion jihatdan ta’minlashning mustahkam yo‘nalishi bo‘la olmaydi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadallashuviga moliyaviy va investitsion bozorlarning shakllanishi o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi. Bu yerda o‘z qo‘lida juda katta texnologik va resurs salohiyatini mujas-samlashtirgan yirik korporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlari tomoni-dan qattiq raqobat namoyon bo‘ladi. Bu salohiyatdan samarali korpora-tiv foydalanish mexanizmlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobat-bardosh mahsulotni ishlab chiqarish, mamlakatning tashqi bozorlarga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan strategik vazifalarning echilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. XYuSlarning innovatsion strategiyasi uchun ular investitsion faoli-yatini rag‘batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu samarali moliya-kredit va investitsion siyosatni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, bu yerda xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarishning boshqaruvchanlik darajasi va uning investitsion sohasini oshirish talab qilinadi. Takror ishlab chiqarish barcha sikli va u investitsion sohasining dinamikasini qamrab oluvchi asosiy prinsiplarni har bir XYuSda ishlab chiqish juda muhim. Birinchidan, samarali investitsion dasturlar va ishlab chiqarishni yangilash loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘li orqali va bir vaqtning o‘zida bozor o‘z-o‘zini tartibga soluvchilarining ta’siri ostida amalga oshirilmog‘i lozim. Ikkinchidan, ishlab chiqarishni yangilashning yangi texnikasi va ilg‘or texnologiyasi faqat “innovatsiyalar – investitsiyalar – tarkibiy qayta qurish” bloklarining organik jihatdan bog‘liqligi sharoitida yuqori natijalarni berishi mumkin. Muammoni hal etishga bunday yondashuv korporatsiyalar, firmalar va XYuSlarning faqat uzoq muddatli istiqbolda emas, balki o‘rta muddatli davrda ham ishlab chiqarish-tijoriy faoliyati-da integral samaraning o‘sishiga xizmat qiladi. Uchinchidan, ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy jihat-dan qayta qurishning informatsion qismi ham o‘sib boruvchi ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni va takror ishlab chiqarishni butunlay bozor transfor-matsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlarini dasturiy ta’minlashning infor-matsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish mexanizmidagi kamchiliklar asoslangan ishlab chiqarish-texnologik qarorlari qabul qi-lishni, buyurtmalar portfelini shakllantirishni va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni murakkablashtiradi.
XULOSA
Qattiq pul va moliya-kredit siyosatining hayotga tatbiq etilishi, amaliyotning ko‘rsatishicha, inflatsiya sur’atlarining pasayishiga olib kelishi mumkin, lekin bu narsa sifat jihatidan iqtisodiy o‘sishga o‘tish-ning, faol tuzilmaviy qayta qurishning va ishlab chiqarish taraqqiyoti-ning investitsion jihatdan ta’minlashning mustahkam yo‘nalishi bo‘la olmaydi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadallashuviga moliyaviy va investitsion bozorlarning shakllanishi o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi. Bu yerda o‘z qo‘lida juda katta texnologik va resurs salohiyatini mujas-samlashtirgan yirik korporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlari tomoni-dan qattiq raqobat namoyon bo‘ladi. Bu salohiyatdan samarali korpora-tiv foydalanish mexanizmlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobat-bardosh mahsulotni ishlab chiqarish, mamlakatning tashqi bozorlarga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan strategik vazifalarning echilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
XYuSlarning innovatsion strategiyasi uchun ular investitsion faoli-yatini rag‘batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu samarali moliya-kredit va investitsion siyosatni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, bu yerda xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarishning boshqaruvchanlik darajasi va uning investitsion sohasini oshirish talab qilinadi. Takror ishlab chiqarish barcha sikli va u investitsion sohasining dinamikasini qamrab oluvchi asosiy prinsiplarni har bir XYuSda ishlab chiqish juda muhim.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish