ΔFр = (Rh1- Rh0)x(F0: Rh0),
Bu yerda:
ΔFр – realizatsiya omilining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi;
Rh1, Rh0 – tegishli yillardagi realizatsiya hajmi;
F0 – bazis yildagi foyda miqdori.
– realizatsiya qilingan mahsulot assortimenti o‘zgarishining foyda miqdoriga ta’siri.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda foyda o‘sishi (kamayishi)ning umumiy o‘lchami har bir omillarning foydaga ta’siri yig‘indisidan tashkil topib, uni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
ΔFу = ΔFт + ΔFб+ΔFр+ ΔFас,
Bu yerda:
ΔFу – omillarning ta’siri ostidafoyda o‘sishi (kamayishi) ning umumiy o‘lchami (miqdori);
ΔFт– tannarx omilining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi (+,-);
ΔFб– baho omilining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi;
ΔFр – realizatsiya omilining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi;
ΔFас– realizatsiya qilingan mahsulot assorti mentining o‘zgarishi natijasida foydaning o‘zgarishi;
Albatta, foydaning miqdoriga XYuSning soliq siyosati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki barcha soliqlar tovar bahosining tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda, bahoning darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu-ningdek, soliqlar XYuSning sof foydasiga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans (umumiy) foyda va uning budjetga to‘langan qismi o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Hozirgi sharoitda iloji boricha XYuSlar foydasining asosiy qismi budjetga olinmasligi va XYuSning ixtiyoriga qoladigan sof foyda uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmog‘i lozim. Bu, eng avvalo, investitsiyalarga tegishli bo‘lib, joriy XYuSlarda ularning man-bayi sof foydadir. XYuSlarda sof foyda bo‘yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning realizatsiya hajmiga nisbati) yuqori bo‘lib, ularning sog‘lom faoliyatini ta’minlashga yetarli bo‘lishi kerak. Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning quyidagi parametrlariga erishishga harakat qilmog‘i lozimki, ular XYuS ishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarkibiy tuzilmasining ijobiyligidan darak beradi:
– to‘lovga qobillik koeffitsiyenti - ≥ 1;
– joriy likvidlik koeffitsiyenti - ≥ 2;
– aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti – ≥ 0,1;
– absolut likvidlik koeffitsiyenti – ≥ 0,2;
– zaxira va xarajatlarning hajmi (o‘lchami) ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga teng (≤) bo‘lishi kerak.
XYuS faoliyatini zararsiz va tanazzulsiz bo‘lishini ta’minlash uchun kompaniya ishtirokchilari va moliyaviy menejment tomonidan bu ko‘rsatkichlar doimiy ravishda monitoring qilib borilishi va zarur hollarda ularning darajasi o‘z vaqtida o‘zgartirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |