Kмф= Kq: Kў, Bu yerda:
Kмф– moliyaviy faollik koeffitsiyenti yoki moliyaviy leverij;
Kq – qarziy kapital;
Kў – o‘zlik kapitali.
Bu ko‘rsatkich ko‘pchilik hollarda moliyaviy dastak ko‘rsatkichi deb ham yuritiladi va bunda qo‘shimcha qarz kapitalini jalb qilishning dastagi bo‘lib, kompaniyaning o‘zlik kapitali maydonga chiqayotganligi nazarda tutiladi. Bank ssudalari va kreditorlik qarzlari ko‘rinishlarida jalb qilingan qarz kapitalidan foydalanish ular jalb qilingunga qadar erishilgan rentabellik darajasidan ko‘ra yuqoriroq bo‘lgan rentabellik darajasiga erishishni ta’minlasagina samarali bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, XYuSdan qarz mablag‘larini yanada samaraliroq foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki moliyaviy dastak samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabellikning yangi darajasi XYuS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining foizini va qaytarilish muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari uchun to‘lovlar to‘lashni yetarli darajada (hatto ancha oshgan holda) qoplashi kerak. Qarz mablag‘lari-dan foydalanish XYuSning maksimal qo‘shimcha foyda olishini ta’min-lamog‘i lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi quyidagi chizmada keltirilgan:
Biznesni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maq-sadida kapitalni to‘ldirishning barcha manbalaridan (kreditlar va kre-ditorlik qarzlaridan) maksimal foydalanishga moliyaviy faoliyatni yo‘-naltiribgina qolmasdan, moliyaviy menejment makrodarajada ham mo-liyaning asosiy – kompaniyaning barcha xo‘jalik-ishlab chiqarish fao-liyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlash – funksiyasini aniq bajarishi ham kerak. Agar ana shu prinsip amalga oshirilsa va moliyaviy xizmat hisob-kitob hisobvarag‘iga pullarning doimiy ravishda tushib turishini ta’minlasa, to‘lash muddati kelgan talabnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirsa, to‘lovlarning uzoq muddatli uzaytirilishiga yo‘l qo‘ymasa, bu XYuSning mustahkam moliyaviy holati va sog‘lom to‘lovga qobilligining asosiy belgisidir. XYuSning to‘lov qobiliyati darajasini oshirish uchun debitorlik qarzlarini qisqartirish, moliyaviy resurslarning aylanishini tezlashtirish, ta’sirchan marketing strategiyasi va baho siyosatidan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda yangi texnologiyalar va boshqaruvning inno-vatsion tizimlarini joriy etish bo‘yicha choralarning kompleks tizimi ishlab chiqilishi kerak. To‘lovga qobillik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: