Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda joriy aktivlar naqdligi tahlili.
REJA:
Kirish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari:mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali hamda resurslaridan foydalanish samaradorligi
Xo‘jalik yurituvchi subyektning innovatsion-investitsion strategiyasini shakllantirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining negizini iqtisodi-yotdagi real sektor moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqa-rish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga salmoqli ta’sir ko‘rsatuv-chi moliyaviy munosabatlar shakllanadi. XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ish-lab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi. Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYuS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim ahami-yatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi. YaIM va MD ni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqli undirish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi. XYuSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kredit va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish ko‘rinishida shakllarida sodir bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish
XYuSlar faoliyatida sifat o‘zgarishlarini amalga oshirmasdan turib, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jara-yonining mazmuni bozor munosabatlari rivojlanishining qonuniyat-laridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (XYuSlar) ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalarning umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma):
Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir-lashadi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniq-lab) berganligi uchun XYuS (firma, korporatsiya va h.k.) larning moli-yaviy ahvoli bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraq-qiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi) ni har tomonlama hi-sobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsafa-sini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYuSlarni bozor sha roitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYuSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subyektiga aylantirish ularni moliyaviy isloh qilish-ning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 18 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz XYuSlarining ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayot-ganligi yo‘q. Ayrim ekspertlarning bahosiga ko‘ra, sanoat XYuSlarining ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘laqonli subyektlari safiga kiri-tish mumkin. Yangi sharoit talabiga ko‘ra munosabati bilan XYuSlarni moli-yaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va eng yangi texnolo-giyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash;
XyuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish;
XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;
ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYuSlarning investitsion jozibadorligini oshirish;
aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunkturasini ba-shoratlash, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalash.
XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbayini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiri-ladigan sof foydani o‘stirish alohida o‘rin egallaydi. Sof foydani kapi-tallashtirish koeffitsiyenti aktiv (kapital) ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining XYuS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqla-nadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin: