Kxf = T : A bu yerda:
Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti;
T – tushum;
A – barcha aktivlarning o‘rtacha qiymati. Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri ke-luvchi tushumni xarakterlaydi.
Uning o‘sishi XYuS boshqa barcha mo-liyaviy ko‘rsatkichlarining oshirishi (ko‘payishi) ga asos bo‘lib xizmat qiladi. Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy aylanadigan va daro-madlarning olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtiril-gan kapital XYuS faoliyatida faol rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham, ay-lanma aktivlarga joylashtirilgan tez aylanayotgan kapitalning barcha foy-dalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyatining oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Kоmm= (Aаа : Kф), Bu yerda:
Kоmm – kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi;
Aаа – aylanma aktivlar;
Kф– barcha foydalanilayotgan kapitallar.
Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida Go‘yo to‘liq tugallangandek bo‘lishiga qaramasdan XYuSda ri-vojlanishning qo‘shimcha resurslarini qidirib topishda doimiy ravishda imkoniyat paydo bo‘ladi. XYuSlarning taraqqiyotini belgilaydigan omil-larning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan po-tensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy fao-liyatining rezervlari sifatida maydonga chiqadi. Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniya-dagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom eta-yotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda inves-titsiyalar o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari oshadi. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi juda keng. Mu-himligiga ko‘ra ularning darajalarini quyidagilarga ajratish mumkin : Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. Rivojlanayotgan intellek-tual inqilob, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o‘tish va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi iqtisodiy o‘sishning strategik omiliga aylanadi. Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish rezervlarining barcha ko‘rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar (bizning amaliyotimizda bunday qa-rorlar juda ko‘p va tez-tez uchrab turadi) makro va mikrodarajada juda katta hajmdagi yo‘qotishlarga olib keladi. Shuning uchun ham, kadrlar-ning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salohi-yatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy mo-liyaviy-iqtisodiy vazifa (muammo) larni yechishning asosiy sharti hisob-lanadi. Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Xomashyo va materiallarni iste’mol qilishdagi o‘zgarishlar, mehnat unumdorligining o‘sishi yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k. – bularning barchasi kompaniyaning daromadi darajasini, uning moliyaviy ahvolini belgilab beradi. Xuddi shu narsa bozor sharoit-larining – baho, raqobatchilarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik va boshqa risklarning – o‘zgarishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar – xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijasi – doimiy ravishda ichki va tashqi omil-larning ta’siri ostida bo‘ladi.
XYuS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, ishlab chiqarish, tashkiliy va innovatsion-investitsion omillari bilan bog‘liq bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezervlari esa bozor konyunk-turasi, XYuSning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni opti-mallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko‘rinishidagi qarz mablag‘larini jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida XYuSga tushumlarning o‘z vaqtida tushishiga, debitorlik qarzlarining kamayishiga erishish, kreditorlik qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak. Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samara-liroq foydalanishni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda asosiy ko‘rsatkich aktivlarning rentabelligi sanalib, uni quyida-gicha hisoblash mumkin: