Kфк = Kаа : Kба, Bu yerda:
Kфк– kapitalning faollik koeffitsiyenti;
Kаа– aylanma aktivlar (ishlayotgan kapital);
Kба– barcha aktivlar (XYuSning barcha kapitali).
Shuning uchun ham, XYuS rezervlarining butun bir qismi aylanma mablag‘lardan foydalanish, ular aylanishining tezligi bilan bog‘liq. Ana shu maqsadda ishlab chiqarish zaxiralarining ortiqcha qismini qidirib topish va realizatsiya qilish asosida aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzilishini optimallashtirish, debitorlik qarzlari va tayyor mahsulot zaxi-ralariga qo‘yilmalarni qisqartirish talab etiladi. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishning rezervlarini qidirib topish uchun ularning absolut va nisbiy ozod bo‘lishini (bo‘sh bo‘lishini, bo‘-shashini) aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tahlil qilinayotgan davrning boshi va oxiridagi aylanma mab-lag‘lar haqiqiy o‘lchamlari o‘rtasidagi farq ularning absolut ozod bo‘li-shini (absolut iqtisod qilinganligini) ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘lar-ning nisbiy ozod bo‘lishi esa ularning hisobli o‘lcham taqqoslaganda qancha iqtisod qilinganligi tavsiflaydi, o‘tgan davrda ulardan foyda-lanish samaradorligini hisobga olgan holda haqiqatdagi aylanishga xiz-mat qilish uchun XYuSga qancha aylanma mablag‘lar kerak bo‘lishi mumkinligidan darak beradi.
Nisbiy ozod bo‘lish XYuS aylanma mablag‘laridan foydalanishning samaradorlik darajasini xarakterlaydi – ularning shartli ozod bo‘lishini ko‘rsatadi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
Oн = Aхў - Aбўx (Rж: Rў), Bu yerda:
Oн– aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi;
Aхў– tahlil qilinadigan davrdagi aylanma mablag‘larning haqiqiy miqdori (yillik o‘rtachasi);
Aбў– bazis (o‘tgan) davrdagi aylanma mablag‘larning miqdori (yillik o‘rtachasi);
Rж– hisobot (joriy) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi;
Rў – o‘tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi.
Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish XYuS moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim rezervi hisoblanadi. Buning natijasida ozod bo‘lgan mablag‘lar investitsiyalarga, innovatsion faoliyatga, aktivlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga va h.k. larga yo‘naltirilishi mumkin. Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan foydala-nish katta ahamiyatga ega. Kompaniyaning aylanmasiga turli shakllarda qarz mablag‘larini jalb qilish evaziga rentabellikning o‘sishiga mo-liyaviy leverij deyiladi. Moliyaviy leverij XYuS qarz kapitalining XYuS o‘z kapitaliga nisbatini ko‘rsatuvchi moliyaviy faollik koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi tarzda ko‘rsatish mum-kin: