Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti “Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti Biznesni boshqarish yo’nalishi



Download 1,48 Mb.
Sana22.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#572705
Bog'liq
Marketingda reklama faoliyatini boshqarish

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti

“Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti

Biznesni boshqarish yo’nalishi

4BB-20-guruh talabasi

Namozov Shohjahonning “Marketing” fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi

Marketingda reklama faoliyatini boshqarish

Marketingda reklama faoliyatini boshqarish


Reja:
  • Reklama tushunchasi va markrtingda reklamaning mohiyati

  • 2. Reklama turlari va qo’llanilish usullari.
    3. Reklama faoliyatini tashkil etish.

Reklama ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” ma’nosini anglatadi. Reklama talabga ega bo‘lmagan tovarlarni sotilishini tezlashtirish uchun ishlatilgan. Bozorning shakllanishida boshlangan yangi jarayon reklamadan foydalanish va rivojlanishida o‘ziga xos yangi yo‘llarini talab qiladi. Reklama faoliyatining asosiy vazifasi bu tovarlar va xizmatlarni kerakli joyda va kerakli vaqtda, kerakli iste’molchiga yetkazib berishdan iboratdir. U faqatgina tovar va xizmatlarni iste’molchiga yetkazib berish vositasi bo‘lishi kerak. Reklama amaliyotida shuni esda tutish lozim: reklama muvaffaqiyat qozonishi uchun u to‘g‘ri, haqiqatga mos bo‘lishi, reklama qilinayotgan tovarning haqiqatdan ega bo‘lgan sifatlarini ko‘rsatishi kerak. Noinsof reklama balki shovqin ko‘tarishi mumkin va ma’lum muvaffaqiyat olib kelishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyatdek vaqtinchalik ko‘rinishi mumkin, aslida esa tadbirkorning bozordan chiqib ketishini tezlashtiradi.
Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi. Xorijiy marketologlarning fikricha, bozorda talabni shakllantiruvchi va rag‘batlantiruvchi tadbirlar tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:1. Reklama. 2. Rag‘batlantirish vositalari. 3. Targ‘ibot-tashviqot.
Marketingda reklama muhim elementlaridan biri bo‘lib, sotishni rag‘batlantirish vositasi, servis siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi. “Reklama – moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash manbasi aniq ko‘rsatish bilan pullik axborot tarqatish vositalari vositachiligi orqali amalga oshiriladigan kommunikatsiyaning shaxsiy bo‘lmagan shakllarini namoyon qiladi”
“Reklama – bu tovar yoki tadbirkor faoliyati tovarining iste’mol xususiyatlarini tijorat tashviqoti, tadbirkorning bo‘lajak xaridorlarni xaridga faol tayyorlovchi faoliyati fazilatlari haqidagi axborotlarning ishontiruvchi vositasidir”.
Hozirgi sharoitda boshqa ko‘plab reklama ta’riflari ham mavjud. Ularning barchasi bo‘lajak iste’molchilarning shakllanishini ta’minlovchi, tadbirkor va tovar haqidagi axborotlar kabi elementlar bilan birlashtirilgandir.
Marketing reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
– ko‘rgazma reklamalari;
– matbuotdagi reklama;
– bosma reklamalar;
– plakat-grafika reklamalari;
– kino reklamalari;
– radio-reklamalari;
– yoritish reklamalari.
Tadbirkorning imidjini shakllantirish uning faoliyat turlarini tavsiflash va uning afzal tomonlari, ustunliklari, xislatlari va imkoniyatlariga e’tiborni jalb qilish orqali firma va uning mijozlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini yaratish haqida bormoqda. Bunda reklamaga boy bo‘lgan, xaridorlar xilma-xil tovarlarning reklamasidan zerikkan muhitda alohida kommunikatsiya yo‘llarini topish zarurdir.
Marketingda reklama faoliyatini tashkil qilish jarayonlarida bir necha bosqichlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.
Birinchi bosqichda reklama tadbirkorlik faoliyati obyektlari va Tovar haqida faol va bo‘lajak xaridorlarga xabar berish zarur bo‘lgan axborotlar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda reklama subyekti, ya’ni iste’molchilar va xaridorlar guruhi yoki xarid haqidagi qarorga ta’sir qiluvchi shaxslar aniqlanadi, reklama e’lonlari ularga murojaat qiladi.
Uchinchi bosqich – bu reklama sabablari, ya’ni xaridorlarni tovarga e’tiborini jalb qilish uchun urg‘u beriladigan narsa.
To‘rtinchi bosqich – bu reklama vositalari turini tanlash, ya’ni nisbatan eng ma’qulini tanlash

E’tiboringiz uchun

rahmat !!!


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish