Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. O`quvchiga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar ( jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, o`quvchilarga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l–yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni o’qituvchi tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga topshirish mumkin. O`quvchi ko’rgazmali materiallardan foydalanish bo’yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi .
Ta’limda ko’rgazmali metoddan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega
Ta’lim tizimida yani dars jarayonlarida ko’rgazmali metodni qo’llash larayonida o`qituvchi mavzuni ko’rgazmal biian bayon qilishi o`quvchilar bilimini yanada yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradi. O`quvchi o`ziga ishonch , unda o`zini hurmat qilish, fanni chuqur o`rganish istagini hosil qiladi. O`quv dasturidagi minumim bilim daraja bilan maksimum talabga chiqish uchun hisob kitob qilib, o`ziga qo`yilgan bahoning noto`g`ri ekanligini isbotlaydi, kerak bo`lsa u shikoyat qilish huquqidan foydalana oladi. Test o`quvchining individual ishlash qobiliyatini yaxshi tahlil qilibgina qolmay,test orqali bir paytning o`zida o`quvchining nazariy va amaliy bilimlari sifatini tekshirish imkoniyatini yaratiladi. Dars jarayonlarida ko’rgazmali metod faqat bilimlarni mustahkamlash usili bo`lmay, o`quvchiga yanada kengroq va chuqurroq bilimga ega bo’ladi. Ta`lim jarayoniga turli ko’rgazmalarni kiritish bilan o`quv jarayonini faollashtirishga erishiladi. Kichik hajmdagi ko’rgazmalarni o`quv jarayoniga tadbiq etish orqali o`quv materiallarni o`zlashtirganlik darajasi diaknostika qilinadi Keyinchalik barcha fanlarni kompuyuterlashtirib o`qitish imkoniyatini yaratadi
Xulosa qilib aytganda, ko’rgazmali qurollardan ayniqsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan hamda test usulidan foydalanish o`quvchilar bilim olganligi,
o`zlashtirish darajasi,qiziqishining ortib borishini doimiy kuzatib borish imkonini beradi. Ayniqsa ko’rgazmali qurollardan foydalanib darsni tashkil qilinsada har bir o`quvchi chetda qolmay imkon qadar darsni yaxshi o`zlashtirishga harakat qilib bilimini oshirishga muvofiq bo`ladi.
3&. 7-sinf “Jahon tarixi” asosida BMI uchun dars ishlanma. Sinf : 7
Do'stlaringiz bilan baham: |