Pedagogik motivlarning bir-biri bilan bog’liqligi.
Ta’limda o’rgatuvchi va o’rganuvchi faoliyatlari. Ilg’or pedagogik texnologiyaning markazida ta’lim jarayonning rahbari hamda shu jarayonning sub’ekti ham ob’ekti bo’lgan o’qituvchiva o’quvchi turadi. Shunday ekan, bu ikki shaxsning hamkorligi, o’zaro muloqati, bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida tashkil topishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda, o’qituvchi ta’lim- tarbiya jarayoni oldiga qo’yilgan talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo’llari, o’quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, uni uqishga, o’rganishga yunaltirish, o’quvchi shaxsi faoliyatini tug’ri tashkil etish, ular bilan muloqatga kirishish, muoammo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, sinfda ijodiy, ishchan muxitni vujudga keltirish, o’quvchi faoliyatini aniq va tug’ri baholash metodlari bilan qurollangan bo’lishi lozim. O’qituvchining samarali faoliyat ko’rsatishiga yunaltirilgan, darsning metodik ishlanmasidan farqli ularoq, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga yunaltirilgan bo’lib, bolalarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda, o’quv materiallarini o’zlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi
o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quydagilardan iborat:
kafolatlangan yakuniy natija,
ta’limning maxsuldorligi,
teskari aloqaning mavjudligi,
ta’lim maqsadining aniq shakillanganligi.
U yoki bu pedagogik texnogiyani tanlash, rejalashtirilgan dars va mashg’ulotda qaysi darajadagi bilim va kunikmalarni o’zlashtirish nazarda tutilganligiga bog’liqdir. Pedogogik texnologiya doirasida yangi o’quv materialini o’zlashtirishning boshlang’ich, algoritmik, evristik, ijodiy xarakterdagi darajalari mavjud. Boshlang’ich harakterdagi daraja-o’quvchining eshitganlari, ularga berilgan namunalar, taqdim etilgan algoritm va kursatmalar asosida topshiriqlarni bajarish kunikmasini ifodalaydi.
Algoritmik xarakterdagi daraja-bilim va kunikmalar mazmunini tadbiq qila olish mahorati, bir tipdagi masalalarni yecha olish, yozib olish va eslab qolish faoliyatini amalga oshirish kunikmasini ifodalaydi.
Evristik xarakterdagi daraja-taqdim etilgan o’quv masalalarini yechish yo’llarini izlash hamda bu muammolarni yechish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarizda izlab topish kunikmasiga ega bo’lish bilan xarakterlanadi.
Ijodiy xarakterdagi daraja-o’quv materialini, shuningdek, ilgari o’zlashritilgan bilim va kunikmalarni turli xolatlarda tadbiq eta olish maxorati bilan xarakterlanadi.
Boshlang’ich va algoritm xarakterdagi darajalar reproduktiv bilim va kunikmalarni talab qiladi. O’zlashtirishning ushbu darajalardagi pedagogik texnologiyalarni ijrochi texnologiya deb atash mumkin.
O’quv materialini esda saqlab qolishga va kunikmalarni hosil qilishga yunaltirilgan bilim va maxoratlar darajasi o’quvchilarning reproduktiv va maxsuldor faoliyatlarni uyg’unlashtirishni talab qiladi.
O’quv- bilish faoliyati izlanuvchan, evristik xarakter kasb etganda, yuqori darajadagi muammoli, muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodi, vaziyatni tahlil qiluvchi topshiriqlar metodi ishchan o’yinlar, mustaqil ishlar, muammoli xarakterdagi topshiriqlardan foydalanish zarur. Bu evristik texnologiya deb ataladi.
O’quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiyani tadbiq etish va uning maqsadiga erishish o’qituvchining pedagogik maxorati, muloqot madaniyati, nutqining tug’riligi kommunikativ maxoratining o’quvchilarga ta’siri, pedagogik texnikani egallaganlik darajasi va bu texnikani bevosita darsda qo’llashga ulgura olishga bog’liqdir. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqati ijtimoiy nuqtai nazardan o’quvchi shaxsiga yunaltirilgan bo’ladi. Muloqot guruhlarga muljallangan yoki yakka shaxsga yunaltirilgan bo’lishi ham mumkin.
O’qituvchining o’quvchi bilan muloqati pedagogik xarakterdagi muloqot bo’lishi, aniq pedagogik vazifani bajarilishiga yunaltirishi kerak. Jumladan: optimal, yaxlit, qulay o’quv muxitini, ruxiy vaziyatni, o’quv faoliyatini optimallashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi munosabatni tashkil etish shuningdek, o’quvchilar jamoasi orasidagi munosabatni shakllantirish nazarda tutilada.
Shu asosda ta’limda o’quvchilarga bilim berish yoki ularning o’zlarini bilim olishga undovchi motivlar mavjud ekan. Bugungi kun ta’lim sohasida yuqorida aytib o’tganimizdek ko’rgazmali qurollardan foydalanish eng samarali usullardan biri deb tan olinmoqda. Ularga quydagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |