9-mavzu.
Kasbga yunaltirish diagnostikasi jaraenini boshkarish.Kobiliyatlar xakida
tushuncha.
Reja:
1.Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushuncha
2.Qobiliyat va uning turlari
3. Geniallik va talantlilik haqida
4. Qobiliyat va iste’dodning o‘sishi
Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko‘nikma,
malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin shu xususiyatlarning
o‘zlari mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarga taalluqli bo‘lmaydi. Qobiliyatlar bilim,
ko‘nikma, malakalarni egallashda namoyon bo‘lsa ham, bilimlar va ko‘nikmalarni
egallash bilan bog‘lanib qolmaydi. Qobiliyatlar va bilimlar, qobiliyatlar va
ko‘nikmalar, qobiliyatlar malakalar aynan bir-biriga o‘xshash emas.
Malakalar, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari qandaydir
imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tuproqqa tashlangan don, ana shu dondan unib
chiqishi mumkin bo‘lgan boshoqqa nisbatan atigi imkoniyat bo‘lib hisoblangani
singari (lekin urug‘ tuproqning tuzilishi, tarkibi va namligi, ob-havo va boshqalar
qulay sharoit yaratsagina unib chiqadi) kishining qobiliyati bu bilimlar va
ko‘nikmalarni egallash uchun imkoniyat hisoblanadi, xolos. Bu bilim va
ko‘nikmalar egallanadimi yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga aylanadimi
yoki yo‘qmi, bularning hammasi ko‘plab sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. SHart-
sharoitlar jumlasiga, masalan, quyidagilar kiradi: tevarak atrofdagi odamlar (oilada,
maktabda, mehnat jamoasida) kishining bu bilim va malakalarni egallab olishdan
manfaatdor bo‘ladimi yoki yo‘qmi; unga qanday ta’lim beradilar, ana shu malaka va
ko‘nikmalar kerak bo‘ladigan va mustahkamlanadigan mehnat faoliyati qanday
tashkil etiladi va hokazo.
Qobiliyatlar – bu imkoniyat, u yoki bu ishda mahoratning zarur darajasi esa
voqelikdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqiy qobiliyat uning musiqachi bo‘lishi
uchun biron bir darajada garov bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uchun
unga maxsus ta’lim berilishi, pedagog va bola namoyish qilgan qat’iylik,
salomatlikning yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘plab shart-
sharoitlar bo‘lishi zarur. Bularsiz qobiliyatlar rivojlanmay turiboq so‘nib ketishi
mumkin.
Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish
uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat
qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha
insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi.
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka,
ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning
egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali
mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq
qobiliyat tushunchasi aql-zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga
bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar obekti bo‘lgan. Odamlar qobiliyatlarning
rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga,
ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‘lgan
ko‘rsatgichni o‘lchashga uringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning
verbal (ya’ni, so‘zlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan)
ko‘rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan
bog‘liq jihatlarni ham qo‘shganlar.
CH.Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o‘tilgan
ko‘rsatgichlar o‘rtasida bog‘liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatdan ham
murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan psixik xususiyat ekanligini ko‘rsatdi. Boshqa bir
olim Dj.Gilford esa aqlni bir qator aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, taqqoslash,
mavhumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikatsiya qilish)
natijasida namoyon bo‘ladigan xususiyat sifatida o‘rganishini taklif etgan. Bu
olimlar aql so‘zidan ko‘ra intellekt so‘zini ko‘proq ishlatib, bu so‘zning o‘ziga xos
talqini borligiga e’tiborni qaratganlar. CHunki ularning fikricha, intellektual
potensialga ega bo‘lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb qarash mumkin. Intellektual
potensial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan –
shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki,
u borliqni va bo‘ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi.
Intellekt – lotincha so‘z – intellectus – tushunish, bilish va intellectum – aql so‘zlari
negizidan paydo bo‘lgan tushuncha bo‘lib, u aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni
o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib bo‘lmaydi. Bu – intellekt va u bilan bog‘liq
qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Qobiliyatlar va
intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir
ko‘rsatadi.