Testning afzalligi:
O’quvchi va o’qituvchi vaqtini tejaydi.
O’quvchining bilimini aniqlash sub’ektga bog’lik emas, u bo’lsa o’qituvchiga o’zi xohlagan texnikada testdan o’tishi mumkin.
O’quvchi o’zida ishonch, o’qituvchini xurmat qilish, fanni chuqur o’rganish istagini fikrini hosil qiladi.
O’quv dasturidagi minimum bilim darajasi bilan maksimum talabga chiqish uchun hisob-kitob qiladi.
Qo’yilgan bahoning noto’g’riligini o’quvchi isbotlaydi, kerak bo’lsa shikoyat qilish huquqini beradi.
Test o’quvchining individual ishlash, qobiliyatini yaxshi tahlil kiladi.
Test orqali bir paytning o’zida o’quvchining nazariy va amaliy bilimlari sifatini tekshirish imkoniyatiga ega bo’linadi.
Test bilimlarni aniqlash usuli bo’lmay, o’quvchiga o’rgatuvchi usul hamdir. O’z xatosini bilib, darrov kamchiligini topib oladi va qayta bu xatoga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi.
Turli testlar ko’rsatish bilan o’quv jarayoni faollashadi.
Kichik hajmdagi testlarni o’quv jarayoniga tatbiq etish orqali o’quv materiallarini o’rgatuvchanlik darajasi diagnostika qilinadi, keyinchalik barcha fanlarni kompyuterlashtirib o’qitish imkoniyatini yaratadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, test sinovlaridan foydalanish ta’limning bugungi kun talablariga to’la javob beradi.
Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 1.DTS talabini anik va ijobiy bajarish.
O’quvchining bilim darajasi imkoniyatini aniklash, bunda o’quvchilarning yosh xususiyatini inobatga olish.
O’quvchilarning qizikishi asosida anik maqsadga yo’naltirilish.
O’quvchilarning dastur asosida bilim darajasini shakllantirish. mustaqil fikrlashga e’tibor berish, ijodiy ishlarni to’g’ri va ob’ektiv baholash. Xulqi va tirishqoqligini ijodiy ballar asosida to’g’ri rag’batlantirish, o’quvchilardagi diqqat, idrok xotirasini yaxshilash uchun erkin fikrlatishga e’tibor berish.
Darsda muhitni ilmiy tashkil qilish, uni oqilona rejalashtirish.
Darsda o’quvchilar o’rganishi lozim bulgan tushuncha, ta’rif, teorema, xodisa, vokealarni bolalarga bugungi davr talabiga yetkazish. Bular orqali ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, fanlararo bog’lanishga ahamiyat berish.
O’quvchilarning kunikma va malakasini shakllantirish, o’quvchi imkoniyati va davr talabi asosida kasbga yunaltirish, quruq yodlatish usulidan voz kechish.
Darsda fikrlatuvchi, mashq qildiruvchi, yangilik beruvchi, ijobiy ishlashga urgatuvchi ko’rgazmali qurollardan foydalanish, muammoli darslarni tashkil etish. O’quvchilarning fikrlash malakalarini takomillashtirish, o’quvchilarni axborot va informatsiyalarning tahlil qilishga o’rgatish.
Differensial ta’limni joriy qilib, o’quvchilarning bilim darajasini reyting tizimida xolisona baholash.
O’quvchilarda kunikma va malakalarni kamol toptirish, tahlil, sintezni o’rgatish, vaqtdan unumli foydalanish.
O’quv xonasini zamon talabiga javob beradigan qilib jihozlash, unda ilmiy texnika taraqqiyoti, texnika vositalari, elektron hisoblash texnikasi, yordamchi vositalar bo’lishiga e’tibor berish.
Gigiyena va estetika talablariga e’tibor berish va o’quvchilardan talab qilish. 13.Mavzu uchun o’qitish metodini to’g’ri tanlash, muammoli vaziyatlarning aniq
yechimlarini topish.
14.Darsda o’z-o’zini tahlil qilishga e’tibor berish va o’quvchilar kelgusi darsda nimalarga e’tibor berishlari lozimligini rejalashtirish.
O’qituvchi darsni tushuntirishi, o’quvchi esa uni tinglashi orqali bu ikki subyekt o’rtalarida bog’lanish vujudga keladi, hamda bu bog’lanish orqali o’qituvchi o’quvchining ongiga ta’sir ko’rsatadi. Lekin o’qituvchi o’quvchining boshqa sezgi turlarini, ko’rish va eshitishni faollashtirish orqali mavzuni og’zaki taqdim etilishini
kengaytirsa, bunda o’quvchining ongiga ta’sir kuchayadi va mavzu uning xotirasida chuqurroq o’rnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |