O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI
“Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi
Norova Gulzoda
MAVZU: 7-SINF TARIX DARSLARIDA “XI-XV ASRLARDA FRANSIYA” MAVZUSINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Ilmiy rahbar: Dots. Z.Hayitov
Navoiy – 2016
7-SINF TARIX DARSLARIDA “XI-XV ASRLARDA FRANSIYA” MAVZUSINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
REJA
BOB. XI-XV ASRLARDA FRANSIYADA SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY VAZIYATLAR.
XI-XV ASRLARDA FRANSIYANING MANBALAR ASOSIDA O’RGANISH.
XI—XIII ASRLARDA FRANSIYANING IQTISODIY TARAQQIYOTI. FRANSIYA DEHQONLARINIIG AHVOLI.
YUZ YILLIK URUSH VA JAKERIYA QO’ZG’OLONI FRANSIYANI SIYOSIY JIHATDAN BIRLASHTIRISHNING TUGALLANISHI
BOB. “XI-XV ASRLARDA FRANSIYA” MAVZUSINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
TARIX DARSLARINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI.
DARS ISHLANMASI.
XULOSA.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Bugungi kunda yurtimizda O`zbekiston tarixini o`rganish bilan birga jahon tarixini o`qitishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki dunyo xalqlarining, turli millatlarning urf-odatlari, an’analari, boshdan kechirgan og’ir sinovlari, bosib o`tgan shonli yo`lini o`rganish har bir jamiyat uchun ko`p jihatdan keljakni qurish, tarixda yuz bergan xatoliklarni qayta takrorlamaslik, tarix yutuqlaridan unumli foydalanish kabi tajribalarni hosil qiladi. Bundan tashqari minglab yillardan buyon xalqimiz ko`pgina dunyo davlatlari bilan doimo uzviy aloqada bo`lgan. Xalqlar bilan muloqotga kirishgan. Ko`p hollarda ularning taqdiri bilan o`xshash, ayrimlari bilan bir bo`lgan. Shu jihatdan biz vatan tarixini jahon tarixining bir bo`lagi sifatida olib qaraymiz va uni ayro o`rgana olmaymiz. Turli davrlarda tarix maslasida, xususan, uni o`rganish, yoritish va tadbiq qilish siyosiy tuzumlar bilan bog`liq holda kechdi. Bugungi kun esa unga haqqoniy va xolis baho berishni talab qilayapti.
Tarixni o`rganishni obyektiv tashkil qilish barcha davrlarda ham murakkab masala bo`lgan. Shuning uchun biror bir xalq yoki voqeya tarixini o`rganishda uning xarakteri, sabablarini, muhitni hisobga olish kerak. “Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o`z maqsad-muddaolarini, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yani, tarixiy xotira tuyg`usi to`laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi.”1 Bularning barchasini inobatga olish zarur.
“Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlar qo`yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o`z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.”2 Bu esa hech qachon o`z-o`zidan, oson yo`l bilan amalga oshirilgan emas. Jahon tarixi tajribalaridan ma’lumki bir tuzumdan ikkinchi bir tuzumga, eski jamiyatdan yangisiga o`tish og`ir silkinishlar bilan amalga
1 И.А.Каримов. “Юксак маънавият – енгилмас куч” Т., Маънавият, 2008. 97-б.
2 И.А.Каримов. “Юксак маънавият – енгилмас куч” Т., Маънавият, 2008. 3-б.
oshadi. Gohida katta yo`qotishlar evaziga sodir bo`ladi. XVIII asr oxirida yuz bergan Buyuk fransuz inqilobi bunga yaqqol misol bo`ladi. U barcha davrdagilardan ham ko`ra tubdan, to`liq va har sohada amalga oshganligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |