“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Magistratura bo‘limi 70710406- “Chiqindilarni boshqarish” mutaxassisligi 1-kurs M21-32 guruh magistranti Turakulova Mehrbonu Ravshanjon qizi universitet rektorining 2022-yil 31-maydagi № 561/t-sonli buyrug‘iga asosan Farg’ona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmaning Qo'qon shahar Ekologiya vа atrof muhitni muhofaza qilish bo'limiga biriktirilsin (2022-yil 13-iyundan 13-iyulgacha) ilmiy amaliyotni o’taldi.
Stajirovka davomida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 30-oktabrdagi 9-2015-sonli “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida” gi nizomiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-may PQ-3003-sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori hamda 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda magistrlik dissertatsiyasi ilmiy-tadqiqot ishini bajarishi uchun ilmiy amaliy ishimni bajarish uchun Qo’qon shaxarida joylashgan Oliy ta’lim va umumiy o’rta ta’lim maktablarda Qo'qon shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limi boshlig'i A.Isroilov va Chiqindi bilan bog'liq ishlarni nazorat qilish bo'limi bosh mutaxassisi A. Xolmirzayevlar bilan tashkiliy ishlar olib borildi.
Stajirovkani ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida yong’in va texnika xafsizligi va tartib qoidalarga qat'iy rioya rioya qilgan holda o’taldi.
13.06.2022 yil kuni stajirovka o’tash joyim Qo’qon shaxar ekologiya qomitasiga soat 09-00 da yetib keldim. Qo'qon shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limi boshlig'i A.Isroilovga uchradim. Menga stajirovkam tugagungacha soat 09-00 dan 18-00 gacha qomitada bo’lishim va tartib qoidaga qat’iyan rioya qilishim xaqida aytib o’tdilar.
O’z mutaxassisligimga oid Chiqindi bilan bog'liq ishlarni nazorat qilish bo'limi bosh mutaxassisi A.Xolmirzayevga biriktirdilar.
Birinchi navbatda A.Xolmirzayev bilan birga 2022-yil 13-iyundan 13-iyulgacha bulgan muddatgacha MD mavzuimga mos ish reja tuzub oldik.
Stajirovkamni birinchi kuni Ekologiya qomita faoliyati bilan tanishdim, xodimlarni ish xujjatlarni yurutishni o’rgandim.
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar
Birinchi ish kunimni Ekologiya qomitaning labaratoriya bo’limida suvning chiqindilar orqali ifloslanganlik darajasini aniqlash bilan boshladim.
Suvni Qo’qon shaxar G’ishtli masjid xududida joylashgan qipchi ariqdan olingan. Bu ariq maxalla ichidan o’tgan bo’lib axolilar tamonidan chiqindilar tashlanib ifloslanganligi aniqlandi.