O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlarida har xil fan to'garaklariga,fizika to'garaklariga,fizika kechalariga va ularni ilmiy dunyoqarashini boyitish maqsadida ularni fizikani ko'p sohalari bo'yicha chuqur bilim olishlari uchun maktablarda talim muassasalarida har bitta fan uchun fan to'garaklari,fan kechalari tashkillashtirilib kelinmoqda.
Ota-onalar bilan o'qituvchilar birgalikda ish olib borishi o'sib kelayotgan o'spirin avlodni kamol topishida katta rol o'ynaydi..Fizika fani juda ham qiziqarli fan bo'lib,u o'zining ichiga ko'pgina fanlarni qarab olganligi va tabiat bilan bog'liqligi,o'quvchilarni aqliy dunyoqarashini shakillantirishi,mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirishi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi.
Sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda o'quvchilarning ta'lim olishi,tarbiyalanishi va rivojlanishi dielektrik birlikda hal etishiga alohida e'tibor beriladi.Bu ishlar bir necha tashkiliy elementlardan tashkil topadi.Fizikadan sinfdan tashqari ishlarning maqsadini belgilashda quyidagilar hisobga olinadi:
-o'quvchilarni bilim darajasi;
-o'quvchilarni bilishga qiziqishi;
-uning o'quv mehnat faoliyatida o'ziga xos xususiyatlari;
-aqliy taraqiyot darajadi;
-shaxs sifatida shakillanishi;
-kasbga yo'naltirish.
O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarining mazmuni tanlash muhim ahamiyatga ega.Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari fizikadan hali chuqur va mustahkam bilimga ega emasligini,mustaqil ishlash qobilyati ham yetarli shakillamanganligi hamda ularning yosh xususiyatidan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari ishlarining mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas,balki ahamiyatligiga asosiy e'tibor qaratish kerak. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar:misol uchun fizika to'garagi -bu sinfdan tashqari ishning muntazam shaklidir.Unda avvaldan tayyorlangan dastur adosida o'quvchilar qo'shimcha ma'lumotlar to'plamini oladilar,mavjud bilim va ko'nikmalarni chuqurlashtiradi.
Fizika to'garagi tartibli ravishda o'tkaziladigan mashg'ulot hosoblanadi. Bundan tashqari fizika kechalari-bu maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun ko'p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan bori.Ular fizikaning ko‘p sohalari bo'yicha o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi.O'quvchilarni sinfdan tashqari bo'sh vaqtlarini shular kabi fan to'garaklari , fan kechalari kabilar bilan mazmunli va foydali o'tkazish juda ham muhim. Shuning uchun bu faoliyatni to'xtatmasdan yanada takomillashtirishimiz zarurdir.
Maktabdan tashqari mashg'ulotlarning tanlovlar, olimpiada va shoular kabi ommaviy shakllari dolzarbligicha qolmoqda. Ular bolalarning faolligini rag'batlantiradi, tashabbuskorlik va ijodkorlikni rivojlantiradi. Xarakterli jihati shundaki, ular katta yoshliroq, ko'proq tajribali talabalar o'z tajribalarini yoshlarga topshirganlarida o'zaro o'rganish tamoyilining to'liq amalga oshirilishidir. Bu jamoaning ta'lim funktsiyalarini amalga oshirishning samarali usullaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda darsdan tashqari mustaqil o’qish o’quvchilarning bilmalari va fikrlash faoliyatlari kengayib boradi.