Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Yaradan qon ketishi


343 
Yaradan qon ketish yashirin va ochiqdan-ochiq bo’ladi. Qon me’da va o’n 
ikki barmoqli ichak kapillyarlari, venalari, arteriyalaridan va a’zolardan 
tashqaridagi tomirlardan oqadi. «Kichik» degan nom olgan kam qon 
yo’kotishlarda (50 ml gacha) klinik manzara amalda ifodalanmagan bo’ladi, 
garchi davomli «kichik» qon ketishlar ham kamqonlikka olib kelishi mumkin. 
Yaradan profuz qon ketishi. Uning sababchisi ko’pchilik hollarda me’da va 
o’n ikki barmoqli ichakning penetratsiyali yaralari hisoblanadi. Ko’p marta qon 
ketib, ahvol tobora yomonlasha borishi mumkin. Yara kasalligi qo’zigan davrda, 
bahor-kuz mavsumida qon ketish hollari ko’payishi qayd qilinadi. Qon 
ketishining paydo bo’lishida ichkilik ichish, dori-darmonlar qabul qilish 
(atsetilsalitsilat kislota, butadion, rezerpin, glyukokortikoidlar, antikoagulyantlar 
va boshqalar) ham sababchi bo’la oladi. 
Yara kasalligining qon ketish bilan asoratlanishi 15-20 foizni tashkil etadi. 
Yara kasalligidan bemorlarning o’limi sabablari orasida
 
qon ketishi birinchi 
o’rinni egallaydi. 
O’tkir gastroduodenal qon ketishlarining klinik manzarasi ularning 
sabablariga, qon yo’qotish darajasiga va asosiysi, qon ketish intensivligiga 
bog’liq. 
Qon ketishining asosiy belgilari – umumiy holsizlik, bosh aylanishi, teri va 
shilliq pardalarning bo’zarganligi, taxikardiya, yurak urishi, arterial bosim 
pasayishi; kollaps rivojlanishi mumkin. 
Gastroduodenal qon ketishining bosh belgilaridan biri «kofe quykasi» 
turidagi yoki qirmizi qon rangli qon aralash qayt qilish (gematemezis) 
hisoblanadi. Qusuq massalarining xarakteri bo’yicha aksariyat qon ketish 
manbai to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Qirmizi qizil qon yoki olcha rang 
ivindi manbai me’dada bo’lgan qon ketishi uchun, «kofe quykasiga» o’xshash 
qon manbai o’n ikki barmoqli ichakdan qon ketishi uchun xos. Ko’p qon 
ketishlarda hatto duodenal yaradan qon aralash qusish kuzatilishi mumkin. 
Me’dadan qon ketishining boshka patognomik simptomi qatronsimon axlat 
(melena), ayrim hollarda olcha rangli axlat bo’lishi mumkin. Qon rangining 


344 
o’zgarishi me’dada gematin xlorid (yara kasalligida kislotalilik normal yoki 
oshgan) hosil bo’lishi bilan, qatronsimon axlat – ichakda gemoglobinlar temir 
sulfat hosil bo’lishi bilan bog’liq. Ko’p qon ketishi me’daning tez bo’shalishiga, 
peristaltikasi kuchayishiga va qora rangli yoki kam o’zgargan qon aralash 
badbo’y mo’l suyuq ich kelishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Qon ketish boshlangan vaqtdan 2-3 sutka o’tgach bemorlarda tana harorati 
qon parchalanish maxsulotlarining ichakdan so’rilishi hisobiga ko’tarilishi qayd 
qilinishi mumkin. Jigar-buyrak etishmovchiligi ro’y berishi mumkin. 
Qon ketishi boshlanishining dastlabki soatlarida va hatto sutkalarida qizil 
qon ko’rsatkichlarini o’rganish haqiqiy o’zgarishlarni va qon yo’qotilishini aks 
ettirmaydi, shunga gemoglobin va eritrotsit ko’rsatkichlarinigina emas, balki 
gematokrit, markaziy vena bosimi (MVB), globulyar hajm (GH) tanqisligini 
ham dinamik o’rganish lozim. 
Qon ketishining 4 darajasini farq qilinadi: 
I darajasi – kam qon yo’qotadi, gemodinamikaning buzilishlari kam 
bo’ladi. Qon tomir urishi oz-moz tezlashadi, arterial bosim normal. MVB 
tanqisligi keragidan 5 foizgacha, gemoglobin 100 g/ l dan yuqori. 
II darajasi – ko’proq qon yo’qotadi. Bemorning ahvoli o’rtacha og’irlikda, 
bo’shashgan, teri qoplamlari rangpar. Qon tomir urishii tezlashgan, arterial 
bosimi simob ustuni hisobida 80 mm gacha. Gemoglobin 80 g/l. 
III darajasi – bemorning umumiy ahvoli og’ir, rangi keskin bo’zargan, uni 
sovuq ter bosgan, qon tomir urishi tezlashgan, arterial bosimi simob ustuni 
hisobida 60 mm gacha pasaygan. MVB tanqisligi keragidan 30 foizgacha, 
gemoglobin 50 g/l. 
IV darajasi – mo’l qon yo’qotib, bemor uzoq vaqtgacha hushidan ketadi, bu 
holat agonal holatga yaqin bo’ladi. Qon tomir urishi va bosim amalda 
aniqlanmaydi. MVB tanqisligi 30 foizdan yuqori. Bunday ko’p qon yukotishlar 
bemor hayoti uchun jiddiy xavf tug’diradi va zudlik bilan globulyar hajm 
tanqisligini, qonning plazma hajmini qon quyish, eritrotsitar massa quyish, 
izotonik eritmalar yuborish bilan to’ldirishni talab etadi. 


345 
Transfuzion terapiya qon yo’qotilishiga bog’liq: chunonchi, MVBning 10 
foizga tanqisligi deyarli korrektsion terapiyani talab etmaydi, MVB tanqisligi 20 
foiz atrofida bo’lsa, qon o’rnini bosadigan suyuqliklar (plazma, albumin, protein 
va b.) quyilishi shart. 25-35 foiz MVB atrofida qon yo’qotilishi eritrotsitar 
massa (1/2 g hajm) va keyinchalik qon o’rnini bosadigan suyuqliklar (yuqori 
molekulyar dekstranlar, kristalloid preparatlar) bilan to’ldiriladi. 
Qon ketish sababini, uning kuchini differentsial diagnostika qilishda, hozir 
shoshilinch gastroduodenofibroskopiyaga katta ahamiyat beriladi. 
Gastroduodenal qon ketishi bo’lgan hamma bemorlar uning kuchi va 
darajasidan qat’i nazar, kechayu kunduz, shoshilinch yordam ko’rsatadigan 
xirurgik bo’limlarga yotqiziladi. Qon yo’kotishning og’ir darajasidagi, aktiv qon 
oqadigan bemorlar, yoshi ulg’aygan va keksa odamlar reanimatsion bo’limga 
yoki intensiv terapiya palatasiga yotqizilishlari kerak, bu erda quyidagi 
diagnostik va davolash tadbirlari o’tkaziladi: 1) MVB ni o’lchash; 2) o’mrov 
osti venasini katetrlash; 3) me’dani zondlash, uni sovuq suv yoki 
epsilonaminokapron 
kislota 
bilan 
yuvish; 
4) 
shoshilinch 
ezofagogastrofibroskopiya; 5) oksigenoterapiya; 6) kardioterapiya; 7) qon 
yuqotish darajasini aniqlash; 8) gemostatik preparatlar yuborish. 
Gemostatik davolash uchun qon ivish xususiyatini oshiradigan va qon 
ketayotgan sohadagi qon oqimini kamaytiradigan dori-darmonlar qo’llaniladi: 1) 
quruq va nativ plazmani 20-30 ml dan har 4 soatda bo’lib-bo’lib yuborish; 2) 
1% li vikasol eritmasini sutkasiga 6-8 ml gacha mushak to’qimasiga yuborish; 
3) vena ichiga 1% li kaltsiy xlorid eritmasi yuborish (uning 10% li eritmasini 
yuborishdan saqlanish kerak, chunki u qayta qustirib qon ketishini kuchaytiradi); 
4) jelatinol, polivinolni vena ichiga yuborish; 5) epsilonaminokapron kislota 5% 
li eritmasini 100-200 ml dan har 5-6 soatda yuborish; 6) qon ivish sistemasini 
yaxshilashga yordam beradigan ditsinon, pituitrin va boshka preparatlarning 
eritmalarini vena ichiga yuborish; 7) me’dani lokal gipotermiya qilish – muzli 
xaltacha qo’yish, muz bo’lakchalarini shimdirish, maxsus apparat bilan 


346 
gipotermiya qilish; 8) endoskopik to’xtatish (diatermokoagulyatsiya, lazer 
ta’siri). 
Volemik buzilishlar MVB, umumiy statusni qat’iy nazorat qilib turgan 
holda korrektsiya qilinishi (izga solinishi) kerak. Bemorga qon ketishi 
to’xtagandan keyin ham 10-12 kungacha o’rinda yotish tavsiya etiladi. 
Shoshilinch operatsiyaga ko’rsatmalar bo’lmaganda keyingi taktika va 
operatsiya usulini tanlash aniqlanmagan o’zgarishlarga, bemorning ahvoliga 
bog’liq bo’ladi. 
Dastlabki 12-24 soat ichida massiv qon ketishi fonida ro’yrost gemorragik 
shokda shoshilinch operatsiya konservativ davolash naf bermaganda, 
statsionarda qon ketishi qaytalangan bemorlarda o’tkaziladi. 
Shoshilinch operatsiya (dastlabki 24-48 soatda) ko’p qon ketganda 
anchagina mikdorda qon, suyuqlik quyish bemor ahvolini yaxshilamaganda
MVB avvalgi past raqamlarda qolganda, ya’ni konservativ davolashdan foyda 
bo’lmaganda o’tkaziladi. 
Yoshi ulg’aygan va keksa yoshdagi odamlarda, yara anamnezi 
davomliligidan qat’iy nazar qonab turadigan yaralar bo’lganda shoshilinch 
operatsiyalarga ko’rsatmalarni ayniqsa kengaytirish lozim, chunki bu 
kategoriyadagi bemorlarda kallyoz yaralar qonab turadi, qon yo’kotishdagi 
kompensator mexanizmlar esa birmuncha pasaygan bo’ladi. 
Qonab turadigan gastroduodenal yaralarda operatsiya qilishdan maqsad qon 
ketishini to’xtatish va bemorni yara kasalligidan holi qiladigan radikal 
operatsiyani imkon boricha erta o’tkazishdan iborat bo’ladi. Me’da yaralarida 
me’da rezektsiya qilinib, qonab turgan yara olib tashlanadi (qon kam yo’qotilsa 
va operatsiyadan xavf kam bo’lsa); og’ir yotgan, yoshi ulg’aygan va keksa 
bemorlarda – yarani kesish yoki qonayotgan tomirni gastrotomik kesma orqali 
tikish, vagotomiya va piloroplastika bilan o’tkaziladi. 
Ko’pincha penetratsiya qiladigan duodenal yaralarda qonab turgan yarani 
piloroplastika va vagotomiya (yaxshisi, tutam vagotomiyasi) bilan tikish eng 


347 
ma’qul operatsiya hisoblanadi. Qo’shilib kelgan yaralarda tutam vagotomiyasi 
va antrumektomiya yoki me’daning birlamchi rezektsiyasini qilish kerak. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish