Oksigenoterapiya (kislorod bilan davolash) nafas va yuraktomir tizimi organlarining talaygina kasalliklarida, ayniqsa kislorodga yolchimaslikni tez bartaraf etadi.
Yo‘talayotgan bemorlarga qilinadigan parvarish avvalo yo‘talga sabab bo‘ladigan kasallik turiga bog‘liq. Chunonchi, o‘tkir respirator kasalliklarda, quruq va og‘riqli yo‘talda ichishga buyuriladigan yo‘talga qarshi vositalar, natriy bikarbonat eritmasi, qaynoq bug‘ni ingalatsiya qilish bilan bosiladi.
Chalg‘ituvchi vosita tariqasida gorchichniklar, oyoqlarni gorchitsali suvga solib o‘tirish, ko‘krak qafasiga isituvchi kompresslar qo‘yish usullari keng qo‘llaniladi. Bemor yo‘talganida bir talay balg‘am tashlab turadigan bo‘lsa, uni balg‘ami yaxshiroq ko‘chadigan holatga keltiriladi. Holi-jonini bezor qiladigan kuchli yo‘tal uyquni buzavermasligi uchun kasallarga yo‘talga qarshi vositalar buyuriladi.
Balg‘am, avvalo sil bilan og‘rigan kasallarning balg‘ami, sog‘lom odamlarga kasallik yuqadigan manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin, shu sababdan bemor shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilib borishi kerak. Odamlarga yaqin turadigan paytda yo‘talish yaramaydi, bordiyu, yo‘talni tutib turish mumkin bo‘lmasa, balg‘am zarralarining yaqin turgan odamga tushmasligi ilojini qilish kerak. Polga tuflash yaramaydi, chunki balg‘am quriydi va kasallik tug‘diradigan mikroblar havoga, u yerdan esa atrofdagi odamlar organizmiga o‘tadi. Balg‘amni qopqog‘i burab yopiladigan tufdonga yig‘ish kerak. Balg‘amni dezinfeksiyalash uchun tufdon hajmining 1/4–1/3 qismini 3%li xloramin eritmasi yoki 2%li kaliy permanganat eritmasi bilan to‘ldiriladi. Bemorlarning balg‘ami xlorli ohak yoki 5%li xloramin eritmasi bilan yuqumsizlantirilgandan keyin kanalizatsiya tarmog‘iga to‘kiladi, sil kasalxonalarida esa maxsus pechkalarda yoqiladi.
O‘pkadan qon ketganida yoki odam ko‘p qon yo‘qotganida bemorlarni batamom tinch qo‘yish kerak, u yarim o‘tirgan holatda bo‘lishi lozim. Bunday bemorlarga gaplashish taqiqlanadi. O‘pkadan qon ketish to‘xtamasa, sutkasiga 2–4 mahal 3–4 g dan aminokapronat kislota ichiriladi, venadan 10% li kalsiy xlorid eritmasi, izotonik natriy xlorid eritmasida 5% li qilib tayyorlanadi: 100 ml aminokapronat kislota; vitamin K yuboriladi, teri ostiga 20–40 ml 10% li jelatin eritmasi yuboriladi. Qon (100–200ml dan) yoki plazma quyish juda yaxshi naf beradi. O‘pkasidan qon ketayotgan bemorlarga oson singadigan, vitaminlarga boy ovqatlar bilan ovqatlantirib boriladi. Ovqat yarim suyuq holda oz-ozdan berib turiladi. Ovqat va ichiladigan narsalarni sovuq holda berish tavsiya etiladi, o‘tkir ovqat va ziravorlar esa taqiqlanadi. o‘pka ayskultatsiyasi. Eshitib ko‘rish mahalida bemor osoyishta, bir tekis va chuqur nafas olib turishi kerak. Nafas organlarini eshi tib ko‘rilganida: nafas shovqinlarini; qo‘shimcha shovqinlar yoki xirillashlarni; krepitatsiya; plevraning ishqalanish shovqinlarini eshitish mumkin.
Nafas shovqinlari ikki xil bo‘ladi: hiqildoq, traxeya, to‘sh suyagining dastasi ustida «X» tovushiga o‘xshash nafas shovqini eshitiladi (qattiqroq, dag‘alroq, cho‘ziqroq bo‘ladi) – bu bronxial nafas; ko‘krak qafasining qolgan qismlarida «F» tovushiga o‘xshash nafas shovqini eshitiladi, ya’ni o‘pka ustida bu vezikular nafas deb ataladi. Bronxial nafas o‘pka to‘qimasining zichlashib qolgan yoki bronxlar bilan tutashgan bo‘shliqlar hosil bo‘lganidan darak beradi. U krupoz zotiljam, o‘pka sili (kaverna) rakida kuzatiladi. Kichikroq zichlashish o‘choqlari yoki ichkarida joylashgan patologik o‘choqlar bo‘lganida – aralash nafas: nafas olish vaqtida vezikular, nafas chiqarish vaqtida bronxial nafas eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |